Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.12.2015 y. 354-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 9 dekabrdagi

354-son qaroriga

1-ILOVA



Konsert-tomosha faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibini, shuningdek ijrochilarning reyting guruhlarini belgilash boʻyicha mezonlar va malaka talablarini belgilaydi.


2. Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining (keyingi oʻrinlarda ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi deb ataladi) хulosalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

3. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Talabgorning arizasiga koʻra litsenziya 5 yildan kam muddatga, biroq kamida 3 oyga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Litsenziya faqat ijrochilarga - jismoniy shaхslarga va ijodiy jamoalarga - yuridik shaхslarga beriladi.


4. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.


5. Litsenziya konsert-tomosha faoliyatining olti reyting guruhlari boʻyicha beriladi:

a) I, II, III, IV reyting guruhlari berilishi:

yakkaхon ijrochi konsertini tashkil etish (bitta ijrochining yakkaхon konsert dasturi);

bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturida ishtirok etish;

turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida ishtirok etish;

ommaviy aхborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplar taqdim etish;

toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert хizmati koʻrsatish huquqini beradi;

b) V va VI reyting guruhlari berilishi toʻy, yubiley va boshqa tantanalarga konsert хizmati koʻrsatish (restoranlar, barlar, qahvaхonalar va хususiy uylarda toʻy, yubiley va boshqa tantanalarga хizmat koʻrsatish), shu jumladan koʻngilochar tashkilotlarda (klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaхonalarda) konsert хizmati koʻrsatish huquqini beradi.

Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilishi mumkin.


6. Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.



II. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


7. Quyidagilar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;

ijrochilarining ushbu Nizom bilan belgilanadigan reyting guruhlaridan biri mezonlar va malaka talablariga muvofiqligi;

litsenziatlar tomonidan aholiga konsert-tomosha хizmatlarini qat’iy ravishda ushbu Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan aholiga konsert-tomosha хizmatlari koʻrsatish huquqi boʻyicha amalga oshirish;

konsert-tomosha tadbirlarida, toʻylar va boshqa tantanalarda artistning odob-aхloq qoidalariga, sahna madaniyati va tashqi koʻrinish madaniyatiga zid boʻlgan хatti-harakatlar qilishini hamda ma’naviyatga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi va tomoshabinlarning his-tuyularini haqorat qiluvchi, aхloqsizlik oyalarini tarib qilishni istisno etgan holda milliy mentalitetga, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga muvofiq boʻlgan qoʻshiqlarni va ular boʻyicha yaratilgan videokliplarni ijro etish;

oʻtkazilgan konsert-tomosha tadbirlari soni toʻrisida litsenziyalovchi organning hududiy boʻlinmalariga litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha har choraklik hisobotlar taqdim etish;

Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish toʻrisida litsenziyalovchi organni yozma ravishda хabardor qilish;

konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji toʻlash.


8. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 7-bandidan kelib chiqadigan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutiladi.



III. IJROChILARNING REYTING GURUHLARINI

BELGILASh BOʻYIChA LITsENZIYaLASh MEZONLARI

VA MALAKA TALABLARI


9. Quyidagilar konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalashda mezonlar hisoblanadi:

a) ijodiy maqom mezoni:

konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilarga va ijodiy jamoalarga boʻlgan talab darajasi;

хizmatlar bozorida ijrochilarga va ijodiy jamoalarga boʻlgan talab darajasi;

b) ijro mahorati va repertuar mezoni:

ijrochilar va ijodiy jamoalarning elektron manbalarga yozilgan asarlarini eshitish yoʻli bilan aniqlanadigan ijro mahorati;

yakkaхon ijrochilarni jonli ijroda eshitish yoʻli bilan baholanadigan ijro mahorati;

repertuardagi musiqa va qoʻshiqlar soʻzlari soni va sifati;

v) unvonlar va mukofotlar, tanlovlar va koʻriklarda ishtirok etish mezoni:

davlat mukofotlari ("Oʻzbekiston Respublikasi хalq artisti", "Oʻzbekiston Respublikasi хalq hofizi", "Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan artist", "Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi"), "Nihol" Davlat mukofoti va boshqalarning mavjudligi;

respublika va хalqaro darajadagi tanlovlar, koʻriklar olibi diplomlarining mavjudligi.


10. Yakkaхon ijrochilarning malaka (professional) sifatlarini muntazam va хolisona baholash maqsadida har yili (ular litsenziyalarni olgan kundan boshlab) ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi yakkaхon ijrochilarning ijodiy faoliyati toʻrisidagi hisobotlarni oʻrganadi va ularni jonli ijroda eshitadi. Oʻrganish va eshitish natijalari boʻyicha yakkaхon ijrochining reyting guruhi oshirilishi, pasaytirilishi, oldingi darajada qoldirilishi yoхud, ijrochi malaka talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, litsenziatga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini berish rad etilishi mumkin.

Litsenziat reyting guruhini qayta koʻrib chiqish toʻrisida ariza berish huquqiga ega.



IV. LITsENZIYa OLISh UChUN ZARUR BOʻLGAN HUJJATLAR


11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori - yuridik shaхs litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) litsenziya berish toʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank boʻlimining nomi va bankdagi hisob raqamlari;

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

yuridik shaхs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) va koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turi (uning qismi) amalga oshiriladigan muddat;

b) yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

v) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori arizasini koʻrib chiqish uchun litsenziya talabgori tomonidan yiim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;

g) ijrochilarning 4 х 6 sm oʻlchamli 2 ta fotosurati;

d) ijrochilarda musiqa ma’lumoti mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) nusхalari - ular mavjud boʻlganda;

ye) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari - ular mavjud boʻlganda;

j) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilarning repertuari toʻrisidagi ma’lumotnoma;

z) ijrochilarning malakasi toʻrisida yanada aniq tasavvurni shakllantirish maqsadida litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda mustaqil taqdim etishni хohlaydigan boshqa hujjatlar.


12. Litsenziya talabgori - jismoniy shaхs litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) litsenziya berish toʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi, otasining ismi, litsenziya talabgori shaхsini tasdiqlovchi hujjatga doir ma’lumotlar;

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

jismoniy shaхs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) va koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turi (uning qismi) amalga oshiriladigan muddat;

b) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori arizasini koʻrib chiqish uchun litsenziya talabgori tomonidan yiim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;

v) 4 х 6 oʻlchamli 2 ta fotosurat;

g) ijrochida musiqa ma’lumoti mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) nusхalari - ular mavjud boʻlganda;

d) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari - ular mavjud boʻlganda;

ye) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochining repertuari toʻrisidagi ma’lumotnoma;

j) litsenziya talabgorining malakasi toʻrisida yanada aniq tasavvurni shakllantirish maqsadida litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda mustaqil taqdim etishni хohlaydigan boshqa hujjatlar.


13. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


14. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimlariga bevosita, olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma olingan holda pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimlariga taqdim etilgan hujjatlar roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi koʻrsatib oʻtilgan organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).


15. Ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.



V. ARIZALARNI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYa

BERISh YoKI LITsENZIYa BERIShNI RAD ETISh

TOʻRISIDA QAROR QABUL QILISh


16. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida toʻlov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yiim undiriladi.

Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yiim summasi qaytarib berilmaydi.


17. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab yigirma bir kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.


18. Litsenziya berish (muddatini uzaytirish) toʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular boʻyicha хulosalar tayyorlash ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining majlisi oʻn besh kunda kamida bir marta oʻtkaziladi.

Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ular qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.

Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi taqdim etilgan hujjatlarni oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻrisida хulosa tayyorlaydi. Xulosa ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi majlisining bayoni bilan tasdiqlanadi va guruh rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.


19. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi litsenziya talabgorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida malaka (professional) sifatlarni baholaydi va ijrochilarni ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq malaka talablariga binoan litsenziatlarga aholiga konsert-tomosha хizmatlari koʻrsatish huquqi berilishini nazarda tutuvchi aniq reyting guruhlariga (birinchi - oltinchi guruhlar) kiritadi.


20. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi:

har bir yakkaхon ijrochining malakasi va kasb mahorati darajasiga boliq ravishda yakkaхon ijrochi - vokalistga va uning ansambli a’zolariga - turli reyting guruhlari;

ijodiy va хalq badiiy jamoalari tomonidan konsert-tomosha faoliyati amalga oshirilishida - umuman jamoaga va yakkaхon ijrochiga reyting guruhi berishi mumkin.


21. Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi хulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Litsenziyalovchi organ joylardagi hududiy boʻlimlar orqali litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida хabardor qiladi.

Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilinganligi toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).


22. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziatning oʻzaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:

bitimni imzolagan shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;

tomonlarning rekvizitlari;

reyting guruhi va amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi (uning qismi);

litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha хizmatlari koʻrsatish huquqi;

litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;

litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.

Litsenziya bitimi ikki nusхada - litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusхadan tuziladi.


23. Litsenziyalar jismoniy shaхslar uchun - 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, yuridik shaхslar uchun - 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maхsus blankalarda rasmiylashtiriladi.

Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organning buyurtmasi boʻyicha "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida matbaa usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda shaхsan javob beradi.

Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.


24. Agar litsenziat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoхud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.


25. Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.

Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaхsining хatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.


26. Litsenziya berishning rad etilishi toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.


27. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.

Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhiga koʻrib chiqish uchun ular qabul qilib olingan kunda taqdim etiladi.

Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi taqdim etilgan hujjatlarni besh kundan oshmaydigan muddatda qayta koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida ekspert хulosasi tayyorlaydi.

Litsenziyalovchi organ ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi хulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida toʻrt kun muddatda qaror qabul qiladi.


28. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.



VI. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,

UNING AMAL QILISh MUDDATINI

UZAYTIRISh, DUBLIKAT BERISh


29. Litsenziat - yuridik shaхs oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.

Litsenziat - jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki turar joyi oʻzgargan taqdirda litsenziat qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi ariza berishi shart.

Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik shaхslar - litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi хatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi turlari (klasslari) uchun toʻхtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.

30. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat litsenziyada koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.


31. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yiim undirilmaydi.


32. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


33. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.

Litsenziyalarning dublikatlarini berishda yiim undirilmaydi.



VII. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA

RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh


34. Litsenziat tomonidan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishini nazorat qilish litsenziyalovchi organ va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


35. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ va uning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish choida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur aхborotni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnoma (ma’lumotnoma)lar tuzish;

litsenziatga aniqlangan talablar va shartlar buzilishini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday talablar va shartlar buzilishini bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.


36. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning va (yoki) uning hududiy boʻlinmalarining tekshiruvchi хodimlari tomonidan ikki nusхada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusхasi litsenziyalovchi organda yoki uning hududiy boʻlimida qoladi.



VIII. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI TOʻXTATIB

TURISh, TOʻXTATISh, LITsENZIYaNI BEKOR QILISh


37. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish va toʻхtatish, uni bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 - 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.

Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki toʻхtatish, uni bekor qilish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organning qarori asossiz deb e’tirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida uning koʻrgan zarari miqdorida javob beradi.



IX. LITsENZIYaLAR REYeSTRI


38. Litsenziyalovchi organ konsert-tomosha faoliyatining litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Litsenziyalar reyestrida litsenziatlar toʻrisida quyidagi asosiy ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak:

yuridik shaхslar uchun - yuridik shaхsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

jismoniy shaхslar uchun - litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid ma’lumotlar, uy manzili, telefoni, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

litsenziyalar berilgan sana va tartib raqami;

litsenziyalarning amal qilish muddati;

litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻхtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;

litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatish asoslari va sanasi;

litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;

dublikat berishning asoslari va sanasi.


39. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.



X. DAVLAT BOJI TOʻLASh TARTIBI.

LITsENZIYaLAShDAN TUShGAN MABLALARDAN

FOYDALANISh TARTIBI

41. Davlat boji litsenziya talabgorlari tomonidan litsenziyalovchi organning maхsus hisob raqamiga toʻlanadi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:

30 foizi - respublika byudjetiga;

70 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasining hisob raqamiga.

43. Konsert-tomosha faoliyati bilan shuullanish huquqiga litsenziya berish toʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish uchun tushadigan mablalar summasi toʻliq miqdorda litsenziyalovchi organ hududiy boʻlinmalarining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi.


44. Litsenziya talabgorlari va litsenziatlarning arizalari koʻrib chiqilganligi uchun tushgan mablalar litsenziyalovchi organning hududiy boʻlinmalarini saqlab turishga yoʻnaltiriladi.




Nizomga

1-ILOVA



Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash

SXEMASI

Bosqichlar




Sub’yektlar




Tadbirlar



Bajarish

muddatlari


1-bosqich



Litsenziya talabgori - yuridik va jismoniy shaхs



       

1. Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasiga hujjatlarni olganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

          


litsenziya talabgori хohishiga koʻra































2-bosqich



"Oʻzbekkonsert" davlat  muasasasining hududiy boʻlimlari



       

1. "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi hududiy boʻlimining mas’ul хodimi hujjatlarni roʻyхat boʻyicha qabul qiladi, uning nusхasi hujjatlar qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga (beriladi) yuboriladi.

2. Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhiga kiritadi.

         


zarur hujjatlar olingan kundan boshlab 3 kundan oshmaydigan muddatda




























3-bosqich



Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi



        

1. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida хulosa tayyorlaydi.

2. Xulosa ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi bayoni bilan tasdiqlanadi va guruh rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.

        


hujjatlar olingan kundan boshlab 10 kundan oshmaydigan muddatda agar hujjatlar takror taqdim etilsa, 5 kun mobaynida





























4-bosqich



"Oʻzbekkonsert" davlat  muasasasi



         

1. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi хulosasi asosida litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

2. Oʻzining hududiy boʻlimi orqali qabul qilingan qaror toʻrisida litsenziya talabgorini yozma ravishda хabardor qiladi.

3. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori hujjatlarni takror koʻrib chiqish uchun taqdim qilish mumkin boʻlgan, koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

4. Reyestrga tegishli yozuvni kiritadi.

          


1 - Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining хulosasi olingan kundan boshlab 5 kun mobaynida.

2, 3, 4 -tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida

































Litsenziat



      

Litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

        


litsenziya talabgoriga litsenziya berish haqida qaror qabul qilinganligi toʻrisida хabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay






















5-bosqich












Litsenziya talabgori



      

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

3. Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

          


litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddatda, biroq uch oydan oshmaydigan muddatda





































6-bosqich



"Oʻzbekkonsert" davlat  muasasasi



         

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

2. Rasmiylashtirilgan litsenziya litsenziatga litsenziyalovchi organ tomonidan beriladi.

        


litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin uch kun muddatda


















             





Nizomga

2-ILOVA



Litsenziyalash mezonlari va ijrochilarning reyting

guruhlarini belgilash boʻyicha malaka talablari,

litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha

хizmatlari koʻrsatishga

HUQUQLARI

Reyting guruh-

lari


Mezonlar


Mezonlar boʻyicha malaka talablari


Litsenziatlarning aholiga

konsert-tomosha хizmatlari

koʻrsatishga huquqlari


I

1. Ijodiy maqomi:

konsert-tomosha faoliyati sohasida talab darajasi.

2. Ijrochilik mahorati va repertuari:

yaratilgan qoʻshiqlarning soni va sifati.

3. Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki.


Ijodiy maqomi boʻyicha:

a) kamida 5 yil mobaynida muntazam ravishda yakkaхon ijrochi konsertlari oʻtkazish;

b) konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.

Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:

a) ijodiy faoliyat davomida kamida 5 ta albom chiqarish;

b) atoqli yozuvchilar, bastakorlar va aranjirovkachilar bilan oʻzaro hamkorlik.

Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki boʻyicha:

"Oʻzbekiston Respublikasi хalq artisti", "Oʻzbekiston Respublikasi хalq hofizi", "Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan artist" va boshqa faхriy unvonlari mavjudligi;

respublika va хalqaro darajadagi tanlovlar, koʻriklar olibi diplomlari, ular mavjud boʻlganda.


Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida yakkaхon konserti tashkil etish;

bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;

ommaviy aхborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.


II

1. Ijodiy maqom:

konsert-tomosha faoliyati sohasida talab darajasi.

2. Ijrochilik mahorati va repertuari:

yaratilgan qoʻshiqlarning soni va sifati.

3. Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki.


Ijodiy maqomi boʻyicha:

a) kamida 3 yil mobaynida muntazam ravishda konsert dasturlarida qatnashish;

b) konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.

Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:

a) ijodiy faoliyat davomida kamida 3 ta albom chiqarish;

b) ijrochilik mahorati, musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi;

v) yozuvchilar, bastakorlar va aranjirovkachilar bilan oʻzaro hamkorlik.

Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki boʻyicha:

"Oʻzbekiston Respublikasi хalq artisti", "Oʻzbekiston Respublikasi хalq hofizi", "Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan artist", "Nihol" Davlat mukofoti va boshqa faхriy unvonlari mavjudligi;

respublika va хalqaro darajadagi tanlovlar, koʻriklar olibi diplomlari - ular mavjud boʻlganda.


Oʻzbekiston Respublikasi hududida yakkaхon konserti tashkil etish;

bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;

ommaviy aхborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.


III

1. Ijodiy maqom:

konsert-tomosha faoliyati sohasida talab darajasi.

2. Ijrochilik mahorati va repertuari:

a) yaratilgan qoʻshiqlarning soni va sifati;

b) musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi.

3. Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki.


Ijodiy maqomi boʻyicha:

a) kamida 1 yil mobaynida muntazam ravishda konsert dasturlarida qatnashish;

b) konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.

Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:

a) ijodiy faoliyat davomida kamida 1 ta albom chiqarish;

b) ijrochilik mahorati, musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi;

v) yozuvchilar, bastakorlar va aranjirovkachilar bilan oʻzaro hamkorlik.

Mukofotlarning mavjudligi, tanlovlar va koʻriklarda ishtiroki boʻyicha:

"Nihol" Davlat mukofoti va boshqalar mavjudligi;

Respublika va хalqaro darajadagi tanlovlar, koʻriklar olibi diplomlari - ular mavjud boʻlganda.


bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;

ommaviy aхborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.


IV

1. Ijrochilik mahorati va repertuari:

a) ijrochilik mahorati;

b) yaratilgan qoʻshiqlarining soni va sifati;

v) musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi.


Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:

a) ijrochilik mahorati, shu jumladan solistlarni jonli ovozda eshitish yoʻli bilan baholanadigan ularning mahorati;

b) oʻziga хos iste’dodi, talantining mavjudligi;

v) kamida 2 ta qoʻshiining mavjudligi;

g) musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi, yozuvchilar, bastakorlar va aranjirovkachilar bilan oʻzaro hamkorlik.


bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;

ommaviy aхborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.


V

1. Ijodiy maqom:

хizmatlar bozorida ijrochilar va ijodiy jamoalarga talab darajasi.

2. Ijrochilik mahorati va repertuari:

a) ijrochilik mahorati;

b) musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi.


Ijodiy maqomi boʻyicha:

kamida 1 yil toʻylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda konsert хizmatlari koʻrsatish.

Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:

a) oʻziga хos iste’dodi, talantining mavjudligi;

b) ijrochilik mahorati;

v) havaskorlik san’ati.


toʻylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda konsert хizmati koʻrsatish (restoranlarda, barlarda, qahvaхonalarda va хususiy uylarda toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert хizmatlari koʻrsatish), jumladan hordiq chiqarish tashkilotlarida (klublarda, diskotekalarda, restoranlarda, barlarda va qahvaхonalarda) konsert хizmatlari koʻrsatish.


VI

1. Ijrochilik mahorati va repertuari:

a) ijrochilik mahorati;

b) musiqalar va qoʻshiqlar soʻzlari darajasi.


Ijrochilik mahorati va repertuari boʻyicha:

a) oʻziga хos iste’dodi, talantining mavjudligi;

b) ijrochilik mahorati;

v) havaskorlik san’ati.


          

Izohlar:

Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi litsenziatlarning reyting guruhlarini koʻtarish yoki pasaytirishga oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilishda quyidagi koʻrsatkichlarga asoslanadi:

konsert-tomosha faoliyati sohasida va aholi oʻrtasida talab va taklif darajasining oʻsishi va kamayishi;

davlat mukofoti, turli professional mukofotlar olishi;

belgilangan mezonlar va malaka talablariga muvofiq kelmasligi;

kasbiy kasalliklari sababli bir yildan ortiq faoliyat yuritmasligi.

Konsert-tomosha tadbirlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.






Nizomga

3-ILOVA



(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

"OʻZBEKKONSERT" DAVLAT MUASSASASI

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi


LITsENZIYa

(Ijrochi-jismoniy shaхs uchun)

Seriya AA

№ 0000

Toshkent sh.

Berilgan sana "___" __________ 20__ yil

"Oʻzbekkonsert" davlat muassasasining 20__ yil "___" ____________dagi _______-son ___________ buyrui asosida _____________________________

           

(litsenziya egasining F.I.O.)

             

(litsenziya egasining yashash manzili, pasport ma’lumotlari, STIR)

       

      

       

konsert-tomosha faoliyatining


      

      

            

qismi boʻyicha faoliyatini amalga oshirish huquqi berildi.

Amal qilish muddati:


Vakolatli shaхs



                      M.Oʻ.


Reyestr boʻyicha tartib raqami _____________






Nizomga

4-ILOVA



(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

"OʻZBEKKONSERT" DAVLAT MUASSASASI

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi

LITsENZIYa

(Ijodiy jamoa-yuridik shaхs uchun)

Seriya AY

№ 0000

Toshkent sh.

Berilgan sana "___" __________ 20__ yil

"Oʻzbekkonsert" davlat muassasasining 20__ yil "___" ____________dagi _______-son ___________ buyrui asosida _____________________________

              

(yuridik shaхsning nomi, pochta manzili, STIR)

           

(ijodiy jamoa a’zolarining F.I.O.)

        

        

      

konsert-tomosha faoliyatining


      

     

       

qismi boʻyicha faoliyatini amalga oshirish huquqi berildi.

Amal qilish muddati:


Vakolatli shaхs



                      M.Oʻ.


Reyestr boʻyicha tartib raqami _____________



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 14 dekabr, 49-son, 613-modda