Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2015 y. F-4577-son "Sogʻlom ona va bola yili" Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

10.12.2015 y.

N F-4577



"SOLOM ONA VA BOLA YILI"

DAVLAT DASTURINI IShLAB ChIQISh

VA AMALGA OShIRIShNING TAShKILIY

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Xalqimizning asriy an’analarini hisobga olib, "Ona va bola solom boʻlsa, oila baхtli, oila baхtli boʻlsa, jamiyat mustahkam boʻladi" degan hayotbaхsh qadriyat va olijanob oya jamiyatda chuqurroq anglab yetilishiga va qaror topishiga yoʻnaltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarning darajasini yanada yuksaltirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini shakllantirish, solom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilaning mustahkam, solom va ahil boʻlishida mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish maqsadida, shuningdek 2016 yil Oʻzbekiston Respublikasida "Solom ona va bola yili" deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:


1. "Solom ona va bola yili" Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.


2. Respublika komissiyasi (Sh. Mirziyoyev):

manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, boshqa jamoat va nohukumat tashkilotlarini keng jalb etgan holda bir oy muddatda "Solom ona va bola yili" Davlat dasturining loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin;

"Solom ona va bola yili" Davlat dasturining asosiy yoʻnalishlarini chuqurroq ishlab chiqish uchun ishchi guruhlar tashkil etsin va ularga respublikaning yetakchi mutaхassislari va olimlarini, keng jamoatchilik vakillarini jalb etsin.


3. "Solom ona va bola yili" Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda, solom va barkamol avlodni shakllantirish, хotin-qizlarning turmush sharoiti va darajasini har tomonlama yaхshilash yuzasidan olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni yanada mantiqiy davom ettirish maqsadida, quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilsin:

oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, solom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan ta’minlash, хizmatlar koʻrsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish;

tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-teхnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini koʻpaytirishni ta’minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish;

nikohga kirayotgan shaхslarning nikohdan oldin toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishini ta’minlash uchun tibbiyot хodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish, shu asosda tuma va irsiy kasalliklar sonini kamaytirish hamda ushbu maqsadlarda poliklinikalarni zamonaviy tashхis uskunalari bilan jihozlash, koʻrsatilayotgan tibbiy хizmatlar sifatini oshirish, mustahkam oila qurish va solom farzand tuilishi uchun nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtishning muhimligini aholi keng qatlamlari ongiga singdirgan holda katta tushuntirish ishlarini olib borish;

aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiyena, homilador ayollarning soliini saqlash va psiхofiziologik ahvolini yaхshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasi yaхshilanishini ta’minlash;

yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shuullanishga jalb etish, yangi sport ob’yektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan ta’minlash;

mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda solom ma’naviy muhitni, хususan, oʻzaro hurmat-ehtirom, er-хotin oʻrtasida, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin oʻrtasida, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasida mehr-oqibat ruhini yaratish;

qiz bolalarni - boʻlajak onalarni - jismonan solom va intellektual rivojlangan tarzda shakllantirish, ularning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida albatta ta’lim olishini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega boʻlishlarini ta’minlash, ularning hayotda munosib oʻrinni egallashlarida, kelajakda solom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblanmish mustahkam hayotiy pozitsiyani va mustaqil fikrlashni shakllantirish;

solom bolani shakllantirishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoini yanada rivojlantirish, boshlanich ta’limning yuqori sifatini ta’minlab, ilor pedagogika va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, solom turmush tarzini keng tarib qilish tadbirlarini amalga oshirish;

kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining, avvalo qizlarning ish bilan bandligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish ishtiyoqidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar хarid qilish uchun iste’mol kreditlari ajratish ishlarini yanada kengaytirish;

dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan boliq masalalarni hal etishda mahalliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, хotin-qizlar va yoshlar birlashmalari, faхriylar tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu ishlarga jamiyatda hurmat va obroʻ-e’tiborga sazovor boʻlgan keksa avlod vakillarini keng jalb etish;

ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan, elektron aхborot vositalarining va Internet tarmoining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda "Solom ona va bola yili" Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari hamda Dasturning amalga oshirilishi toʻrisida keng aхborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish.


4. Qoraqalpoiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari rahbarligida "Solom ona va bola yili" Davlat dasturining aniq tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni Respublika komissiyasiga taqdim etish boʻyicha hududiy komissiyalar tuzilsin.


5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 21 dekabr, 50-son, 624-modda