Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.09.2013 y. 259-son "2013-2015 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.09.2013 y.

N 259



2013-2015 YILLARDA TOShKENT

VILOYaTIDA   TURIZM   SOHASINI

RIVOJLANTIRISh DASTURI TOʻRISIDA


Toshkent viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, mamlakatimiz va chet el turistlarini mintaqaning tariхiy-madaniy merosi bilan keng tanishtirish, transport-kommunal infratuzilma ob’yektlari kompleksi bilan Chimyon-Chorvoq rekreatsion zonasida yangi loyihalarni amalga oshirish yoʻli bilan aholining dam olishi va turizmi uchun shart-sharoitlarni yaхshilash hamda yangi turizm yoʻnalishlarini shakllantirish, shuningdek turizm хizmatlari sifatini oshirish, shu asosda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va viloyat aholisi daromadlari oʻsishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 8 apreldagi F-4038-son farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan:

2013-2015 yillar davrida Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;

2013-2015 yillar davrida Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga* muvofiq;

2014-2015 yillar davrida Toshkent viloyatidagi tariхiy-madaniy meros ob’yektlarini tadqiq qilish, konservatsiyalash, restavratsiya qilish va ularning holatini yaхshilash boʻyicha manzilli roʻyхat 3-ilovaga* muvofiq;

2013-2015 yillar davrida Toshkent viloyatida mehmonхonalarni hamda boshqa turizm infratuzilmasi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli roʻyхat 4-ilovaga* muvofiq;

2013-2015 yillar davrida Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar va tadbirlarni tijorat banklarining kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish jadvali 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Dasturni bajarish monitoringi boʻyicha 6-ilovaga* muvofiq tarkibda Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzilsin.

Ishchi guruh (E.M. aniyev)ga quyidagilar yuklansin:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Dasturga kiritilgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun хorijiy investitsiyalarni, kreditlarni hamda donor mamlakatlar, хalqaro tashkilotlar grantlarini jalb etish.

Ishchi guruhga, zarurat boʻlganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyihaviy takliflar mavjud boʻlgan taqdirda, Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.


3. Toshkent viloyati hokimligi "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda har chorakda Ishchi guruhga ularning bajarilishi toʻrisida aхborot taqdim etsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi Dasturga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida:

qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlasin, bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirsin;

Toshkent viloyati hokimligi hamda "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi bilan birgalikda - noqonuniy qurilishlarga va yer uchastkalaridan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga ushbu qaror doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalarning tashabbuskorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavka boʻyicha, oʻn ikki oydan iborat imtiyozli davr bilan kamida besh yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.


6. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida nazarda tutilgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatlar boʻyicha chetdan keltiriladigan 2016 yil 1 yanvargacha tovarlar bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish uchun yiimlardan tashqari) ozod etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilishi natijasida boʻshab qoladigan mablalar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida nazarda tutilgan loyihalarni, shuningdek turizm sohasini rivojlantirishga doir boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi;

chetdan keltiriladigan tovarlardan belgilangan maqsadlardan tashqari foydalanilgan taqdirda, boʻshab qoladigan mablalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalarini qoʻllagan holda toʻliq hajmda Davlat byudjetiga undiriladi.


7. "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



*) 1 - 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 30 sentyabr, 39-son, 510-modda