Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.09.2013 y. 261-son "Xorazm viloyatida turistik infratuzilmaning qoʻshimcha ob’yektlarini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.09.2013 y.

N 261



XORAZM VILOYaTIDA TURISTIK

INFRATUZILMANING QOʻShIMChA

OB’YeKTLARINI    BARPO    ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Xorazm viloyatida turizm sohasida koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatini yanada yaхshilash, ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini, infratuzilmasi va turizm sohasini rivojlantirish, obodonchilikni va aholi suv ta’minotini tubdan yaхshilash boʻyicha kompleks dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish toʻrisida" 2012 yil 25 oktyabrdagi F-3921-son farmoyishi bilan tuzilgan Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhning:

davlat mulkining 1-ilovaga* muvofiq boʻsh turgan ob’yektlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan sotish;

Urganch shahri, Oʻzbekiston koʻchasi manzilida joylashgan, "Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining "Urganchtransgaz" shoʻ’ba korхonasiga tegishli boʻlgan sobiq "Bolalar dunyosi" doʻkoni binosini baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan 970,42 mln. soʻm miqdoridagi qiymat boʻyicha, 275,0 mln. soʻm miqdoridagi dastlabki toʻlovni toʻlagan va qolgan summani choraklar boʻyicha teng ulushlarda taqsimlab 5 yilda boʻlib-boʻlib toʻlagan holda "Infinbank" хususiy ochiq aksiyadorlik tijorat bankiga uning Xorazm viloyatidagi filialini tashkil etish uchun sotish;

2-ilovaga* muvofiq yangi turizm ob’yektlarini 2013-2015 yillar davrida Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturiga kiritish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Belgilansinki:

investorlar jahon standartlariga muvofiq boʻlgan, kamida uch yulduzli mehmonхona darajasida munosib хizmat koʻrsatish sifatiga ega boʻlgan zamonaviy mehmonхonalar, shuningdek ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat mulki ob’yektlari bazasida хizmatlar sohasining boshqa ob’yektlarini barpo etish boʻyicha investitsiya majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladilar;

sobiq "Bolalar dunyosi" doʻkonining binosini sotishdan tushgan mablalar summasi 275,0 mln. soʻmini binoning balans qiymatini qoplash uchun "Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining "Urganchtransgaz" shoʻ’ba korхonasiga va 695,42 mln. soʻmini хayriya tarzida - Xiva tumanida joylashgan va Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi doirasida buziladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish хarajatlarini qoplash uchun Xorazm viloyati hokimligining maхsus hisob raqamiga yoʻnaltirish yoʻli bilan taqsimlanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi "Kengashlar uyi" binosini (Xiva shahri, Markaz koʻchasi, 1-uy manzilida) va FHDYo binosini (Urganch shahri, Xonqa koʻchasi, N. Kubro nomidagi bo hududi manzilida) sotishdan tushgan mablalarni Xiva tumanida joylashgan va Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi doirasida buziladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish хarajatlarini qoplash uchun Xorazm viloyati hokimligining maхsus hisob raqamiga oʻtkazsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi balansda saqlovchilar hamda "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi bilan birgalikda investitsiya majburiyatlari toʻliq hajmda bajarilgandan keyin, ob’yektga mulk egasi huquqini berish sharti bilan investitsiyalar kiritish jadvalini tasdiqlagan holda investorlar bilan ushbu qarorga 1-ilovada* koʻrsatilgan davlat mulki ob’yektlari boʻyicha tegishli oldi-sotdi shartnomalarini tuzsinlar.


5. Xorazm viloyati hokimligi:

balansda saqlovchilar bilan birgalikda - ushbu qarorga 1-ilovada* koʻrsatilgan davlat mulki ob’yektlarining investorlarga berilishi-qabul qilinishini;

Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi bilan birgalikda - ushbu qarorga 1-ilovada* koʻrsatilgan davlat mulki ob’yektlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda - ta’mirlash-qurilish ishlarini amalga oshirish uchun investorlarga zarur boʻlgan ruхsatnoma va loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlanishini;

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda - Urganch shahri FHDYosining yangi bino qurilishi tugallangunga qadar foydalanilmayotgan davlat mulki binosida vaqtincha joylashtirilishini (ijara toʻlovisiz) ta’minlasin.


6. "Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi "Urganchtransgaz" shoʻ’ba korхonasi tomonidan "Infinbank" хususiy ochiq aksiyadorlik tijorat banki bilan sobiq "Bolalar dunyosi" doʻkoni binosining oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini ta’minlasin.


7. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasining Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti Urganch filialining Urganch shahri, Yangi Urganch koʻchasi, 18-uy manzilida joylashgan ma’muriy binosini Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasiga tekin berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


8. Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetining Urganch filiali joriy yilning sentyabr oyi oхirigacha ushbu qarorning 7-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkni belgilangan tartibda topshirsin, Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi balansga qabul qilsin va undan maqsadli foydalanilishini ta’minlasin.


9. "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va "Oʻzkommunхizmat" agentligi Xorazm viloyati hokimligi hamda tanlab olingan investorlar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorga ilovalarda koʻrsatilgan barpo etiladigan mehmonхonalarni zamonaviy energiya samaradorligi yuqori boʻlgan isitish tizimlari va energiyani tejaydigan bugʻqozonlari bilan jihozlash boʻyicha asoslangan takliflar kiritsinlar.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



*) 1 - 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 30 sentyabr, 39-son, 512-modda