Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.11.2015 y. 324-son "Tovar-хom ashyo birjalari orqali yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.11.2015 y.

N 324



TOVAR-XOM AShYo BIRJALARI ORQALI

YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN

EKSPORTGA FAQAT ERKIN ALMAShTIRILADIGAN

VALYuTAGA SOTILADIGAN TOVARLAR ROʻYXATIGA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA



Tovarlarning birja va yarmarka savdosini yanada rabatlantirish, tovarlarni chetga olib chiqishni tartibga solish hamda eksportdan valyuta tushumlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 15 apreldagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-хom ashyo birjalari orqali yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyхatiga quyidagi mazmundagi 61 va 62-pozitsiyalar qoʻshilsin:

       

"

61.

Qurilish oynasi


7005 292 50 0, 7005 293 50 0, 7005 298 00 0



62.

Shisha bankalar


7010 901 00 0

".

         

2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 16 noyabr, 45-son, 577-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 11-son, 99-modda