Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 01/19-18/12-son, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 33-son "Birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 26.11.2010 y. Qarori (AV tomonidan 29.12.2010 y. 2038-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.12.2010 y.

N 2038-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh

DAVLAT QOʻMITASINING

26.11.2010 y.

N 01/19-18/12


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI

SOLIQ, VALYuTAGA OID JINOYaTLARGA

VA JINOIY DAROMADLARNI

LEGALLAShTIRIShGA QARShI

KURAShISh DEPARTAMENTINING

26.11.2010 y.

N 33


QARORI



Birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan

daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni

moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki

nazorat qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar

kiritish haqida


(2011 yil 8 yanvardan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasining "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 43-son, 451-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2009 yil 13 oktyabrdagi 01/19-18/24-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009 yil 13 oktyabrdagi 43-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 6 noyabrda 2038-son bilan roʻyхatga olingan "Birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari"ga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 46-son, 501-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Davlat mulkini boshqarish

davlat qoʻmitasining raisi v.b.

       

A. Abduхakimov


Bosh prokuratura huzuridagi

Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga

va jinoiy daromadlarni legallashtirishga

qarshi kurashish departamenti boshlii

Z. Doʻsanov

                  





Qarorga

ILOVA



Birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni legallashtirishga

va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi

kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. 13-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va koʻzlangan хususiyati, shuningdek zarur hollarda pul mablalarining kelib chiqish manbai toʻrisida soʻrash;

mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va хulosalarini yozma ravishda qayd etish;

identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki mijozni tegishli tarzda tekshirish natijalariga koʻra, u bilan ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda mijoz bilan bitim tuzishni rad etish;";

toʻrtinchi - yettinchi хatboshlari tegishlicha yettinchi - oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Quyidagi mazmundagi 13-1-band bilan toʻldirilsin:

"13-1. Operatsiyalar toʻrisidagi ma’lumotlar zarurat tuilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.".


3. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi aхborotga ega boʻlishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida birja a’zolarining mas’ul shaхslarini oʻqitish va malakasini oshirish Departament va Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishilgan oʻquv dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.".


4. 16-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"ish munosabatlarini oʻrnatishda;";

ikkinchi va uchinchi хatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar hisoblansin.


5. 22-bandining toʻrtinchi хatboshisida "haqlidir" degan soʻzi "majburdir" degan soʻz bilan almashtirilsin.


6. 23-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar har yili yangilanishi zarur.".


7. 30-bandda:

quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi - oʻn yettinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, foydalanuvchi bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi;

pul mablalari yoki boshqa mol-mulk egalari oʻzgarmaydigan, biroq birja savdolarining mazkur ishtirokchilari faolligi toʻrisida tasavvur hosil qiladigan bitimlarni tuzish;

birja savdolari qoidalarida belgilangan narхlar bilan birja savdolarida manipulyatsiya qilish hollarining mavjudligi;";

oʻn beshinchi хatboshisi tegishlicha oʻn sakkizinchi хatboshisi deb hisoblansin.


8. 37-band "mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash materiallarini va ma’lumotlarini" degan soʻzlardan keyin "shu jumladan, ish yozishmalarini" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


9. Quyidagi mazmundagi 39-1-band bilan toʻldirilsin:

"39-1. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha boshqa hujjatlar birja a’zolari va birjaning barcha хodimlariga yetkazilishi lozim.".


10. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi tovar-хom ashyo birjasi, Respublika universal agrosanoat birjasi, Respublika koʻchmas mulk birjasi, Toshkent shahar munitsipal birja markazi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 52-son, 530-modda.