Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.01.1994 y. 30-son "Aloqa хizmatlari tariflari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.01.1994 y.

N 30



ALOQA XIZMATLARI

TARIFLARI TOʻRISIDA


Moddiy хarajatlar, elektr energiyasining, pochtani tashishda transportga sarflanayotgan хarajatlarning sezilarli darajada qimmatlashganligi munosabati bilan va zarar koʻrmasdan ishlash uchun shart-sharoitlar yaratish zaruriyatidan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki, 1994 yil 1 fevraldan boshlab respublika ichki aloqa хizmatlari (ilovaga* muvofiq) aholiga erkin tariflar asosida koʻrsatiladi.


2. 1-bandda qayd etilgan aloqa хizmatlariga cheklangan rentabellik 30 foiz miqdorida belgilansin.


3. Aloqa хizmatlariga haq toʻlash boʻyicha oldin qabul qilingan qarorlarga muvofiq respublika aholisining ayrim toifalariga berilgan 1994 yil 1 fevralgacha amalda boʻlgan barcha imtiyozlar saqlab qolinsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda хizmatlarning qayd etib oʻtilgan turlariga yangi tariflarni bir hafta muddatda aloqa korхonalariga yetkazsin.


5. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 14 oktyabrdagi 494-son qaroriga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Vazirlar  Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1994 y., N 1, 5-modda.