Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.12.2011 y. 327-son "Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq pochta aloqasini amalga oshirish maqsadida tayinlangan operatorni belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.12.2011 y.

N 327



UMUMJAHON POChTA ITTIFOQINING

HUJJATLARIGA MUVOFIQ POChTA ALOQASINI

AMALGA OShIRISh MAQSADIDA TAYINLANGAN

OPERATORNI BELGILASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasining "Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Sakkizinchi qoʻshimcha bayonnomani (Jeneva, 2008 yil 12 avgust) ratifikatsiya qilish toʻrisida" 2011 yil 6 sentyabrdagi OʻRQ-290-son Qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻrisida" 2011 yil 4 martdagi PQ-1495-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Pochta aloqasi milliy operatori - "Oʻzbekiston pochtasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq pochta aloqasini amalga oshirish maqsadida tayinlangan operator etib belgilansin.


2. "Oʻzbekiston pochtasi" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklansin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻrisida" 2004 yil 19 iyuldagi 339-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 67-modda) 2-bandining beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"pochta joʻnatmalarini, pochta orqali pul mablalari joʻnatmalarini хalqaro ayirboshlashni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish".


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 50-son, 517-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 12-son, 97-modda