Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.07.2005 y. PQ-127-son "Oʻzbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya хalqaro hamkorlik bankining imtiyozli krediti mablagʻlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.07.2005 y.

N PQ-127



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

TELEKOMMUNIKATsIYa        TARMOINI

RIVOJLANTIRISh (II BOSQICh) UChUN YaPONIYa

XALQARO HAMKORLIK BANKINING IMTIYoZLI

KREDITI MABLALARIDAN SAMARALI

FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yaponiya хalqaro hamkorlik banki (JBIC) oʻrtasida 1999 yil 14 dekabrdagi UZB - R4-sonli Kredit bitimida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit mablalaridan samarali foydalanish maqsadida:


1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Yaponiya хalqaro hamkorlik bankining imtiyozli (12 692 mln. yapon yenasi) krediti doirasida "Oʻzbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoini rivojlantirish (II bosqich)" loyihasini amalga oshirish davomida jami 2 738,0 mln. yapon yenasi miqdoridagi mabla tejab qolindi;

Oʻzbekiston Aloqa va aхborotlashtirish agentligi, moliya va iqtisodiyot vazirliklari, tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining JBIC imtiyozli krediti mablalarini qayta taqsimlash va shu mablalarning oʻzlashtirishning uzil-kesil muddatini 2006 yilning 10 oktyabrigacha uzaytirish toʻrisidagi, shuningdek tejalgan mablalardan "Oʻzbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoini rivojlantirish (kengaytirish) (II bosqich)" loyihasini moliyalashtirish boʻyicha ilovaga* muvofiq foydalanishning yoʻnalishlari toʻrisidagi takliflarini hisobga olgan holda Kredit bitimiga kiritilgan tuzatishlar Yaponiya хalqaro hamkorlik banki tomonidan ma’qullandi.


2. Oʻzbekiston Aloqa va aхborotlashtirish agentligi (A. Aripov), Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi (N. Najimov) mazkur Kredit bitimi doirasida tuzilgan kontraktlarga imtiyozli kreditning tejalgan mablalaridan foydalanishga doir qoʻshimcha bitimlar tuzilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasinlar.


3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.