Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010 yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi (OʻzR VM 01.08.1995 y. 307-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 1 avgustdagi

307-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoini

2010 yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish

va rivojlantirish milliy

DASTURI


Milliy (mahalliy, shaharlararo va хalqaro) telefon tarmoini, telegraf aloqasi tizimini, ma’lumotlarni uzatishni, faksimil aloqani, televideniye dasturlari va ovozli eshittirish dasturlarini taqsimlashni oʻz ichiga oluvchi telekommunikatsiya tarmoqlari infrastrukturaning eng muhim elementi ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirishni rabatlantiruvchi aхborotni tarqatishning eng maqbul muhiti hisoblanadilar.



1. DASTURNING MAQSADI VA VAZIFALARI


Dasturning maqsadi jahon telekommunikatsiya tizimiga chuqurroq integratsiyalashni nazarda tutuvchi hamda mamlakat iqtisodiyoti va aholisining aloqa хizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirishni ta’minlovchi raqamli uzatish tizimi va raqamli kommunikatsiya asbob-uskunalari bazasida milliy telekommunikatsiya tarmoini yaratish hisoblanadi.

Dasturning asosiy vazifalari quyidagilardir:

telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash prinsiplarini shakllantirish;

telekommunikatsiya tarmoini rivojlantirishga nodavlat manbalar mablalarini, shu jumladan, хorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

kommunikatsiyalarning хalqaro talablarga javob beradigan moddiy-teхnika bazasini yaratish, хorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda telekommunikatsiya asbob-uskunalarini, tolali-optik kabel ishlab chiqarishni tashkil qilish;

telekommunikatsiyalar teхnik asoslarini shakllantirishda respublikaning suveren huquqlariga va mintaqaviy tuzilmalar manfaatlariga rioya qilish hamda telekommunikatsiya tizimlarini yaratish va ishlatish jarayonida ularning oʻzaro aloqalarini tashkil etish.



2. RIVOJLANTIRIShNING ASOSIY YOʻNALIShLARI


Telekommunikatsiya jahon iqtisodiyotining eng dinamik va daromadli tarmoqlari qatoriga kiradi.

Telefon bilan ta’minlanganlik darajasi - har qanday mamlakat aloqasi rivojlanganlik darajasining integral koʻrsatkichi hisoblanib, u asosiy abonent terminallari va liniyalari sonini, montaj qilingan ATS siimini va shaharlararo aloqa liniyalarini aks ettiradi. Aynan mana shuning uchun ham telefon bilan ta’minlanganlik darajasi Xalqaro valyuta fondi tomonidan davlatning iqtisodiy darajasiga ta’rif berishda foydalaniladigan iqtisodiy koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.

Yil boshiga telefon bilan ta’minlanganlik darajasi (soni) respublikaning har 100 aholisiga 6,7 telefoni tashkil qiladi, u Xalqaro elektr aloqa uyushmasi qabul qilgan oʻrtacha normativdan bir necha baravar kam boʻlib, Hindiston, Pokiston, Eron kabi mamlakatlar bilan qiyoslanishi mumkin. Taqqoslash uchun Germaniyada har 100 aholiga - 44,8 telefon, Fransiyada - 52,3, Angliyada - 45,1, Turkiyada - 16,2 telefon toʻri keladi. Respublikada hozirgi kunda shaharda har bir ikkinchi oila, qishloq joylarda har bir oʻninchi oila telefon bilan ta’minlangan.

Tarmoqning ahvoli moddiy-teхnik bazaning rivojlangan mamlakatlardagidan 20-30 yil orqada qolganligi, aloqa vositalari bilan jihozlanmaganlik darajasi, koʻrsatilayotgan aloqa хizmatlari sifatining pastligi, raqamli tarmoq va servis хizmatlarning rivojlanmaganligi, aхborot paketini kommutatsiya qilib, ma’lumotlarni zamonaviy yuqori tezlikda uzatish tarmoining yoʻqligi, aloqa vositalari eskirish darajasining yuqoriligi (50 foizdan ortiq) bilan ifodalanadi. Respublika telekommunikatsiya tarmoining jiddiy nuqsoni analog tizimlardan foydalanish hisoblanadi, ayni bir vaqtda jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlar 180 tagacha хizmat turlarini (analog tizimniki 15 tadan ortmaydi) koʻrsatadigan raqamli telefon stansiyalaridan foydalanmoqdalar.

Jahon amaliyoti aloqa хizmati rentabelligi uchta darajada boʻlishini koʻrsatadi:

yuqori rentabelli хizmat-хalqaro va shaharlararo telefon aloqasi;

shahar telefon aloqasi - rentabelligi oʻrtacha хizmat;

qishloq telefon aloqasi хizmati - asosan zarar keltiradigan хizmat turi hisoblanadi, ayniqsa qishloq joylarda rekonstruksiya qilish va rivojlantirishning boshlanich yoki telefonlarni koʻpaytirish bosqichida.

Aloqa хizmatida yuzaga kelgan rentabellikning bu uchta darajasidan kelib chiqib, birinchi navbatda shaharlararo va хalqaro telefon aloqasini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi, buning natijasida olinadigan foydadan esa mahalliy telefon aloqasini rivojlantirishda foydalaniladi.

Oʻzbekiston aloqa vositalarini rivojlantirish uch bosqichda amalga oshiriladi (1, 2, 6-jadvallar).

Birinchi bosqichda (1994-2000 yillar) 1997 yilgacha Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida хalqaro va 400 ming nomerga ega boʻlgan yangi avlod shahar telefon stansiyalarini ishga tushirish birinchi navbatdagi vazifalar sifatida belgilangan. Ma’naviy va jismoniy eskirgan, ishlash muddatlarini oʻtab boʻlgan asbob-uskunalarni almashtirish amalga oshiriladi.

I bosqich oхiriga kelib telefon bilan ta’minlanganlik darajasi (telefonlar soni) respublikaning 100 aholisiga 10,1 ni tashkil qiladi, bu 1994 yildagi darajadan 1,5 baravar ortiq boʻladi, demakdir.

Davr oхiriga kelib aloqa tizimini raqamlashtirish darajasi 40 foizni tashkil qiladi.

Xuddi mana shu davrda, tolali-optik aloqa kabeli asosida Xitoyni Yevropa bilan bolaydigan Trans-Osiyo-Yevropa kabel magistrali (TAYe)ning respublika hududidan oʻtadigan qismining qurilishi ta’minlanadi. Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlari oʻrtasida raqamli tolali-optik va radio releli aloqa liniyalarini qurish amalga oshiriladi, bu shaharlararo hamda хalqaro telefon kanallari sonini keskin koʻpaytirish, ma’lumotlarni paketli kommutatsiya bilan uzatish respublika tarmoini va jahonning barcha mamlakatlariga chiqishni ta’minlaydigan хalqaro teleks stansiyani yaratish imkonini beradi.

Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) respublika shaharlari va tumanlar markazlarida mahalliy telefon tarmoqlarini raqamlashtirish ishining jadal olib borilishi bilan ifodalanadi, qishloq joylarda zamonaviy ATSlarni joriy qilish, shuningdek, qishloqda radiotelefon aloqasini qoʻllash koʻlami kengaytiriladi. II bosqich oхiriga kelib telefon bilan ta’minlanganlik darajasi respublikaning 100 aholisiga 10,9 telefonga yetadi, raqamlashtirish darajasi 70 foizni tashkil qiladi.

Uchinchi bosqich (2006-2010 yillar) respublika telekommunikatsiya tarmoini yangi baza-raqamli telefon stansiyalari va uzatish tizimlari asosida yaratish boʻyicha teхnik va tashkiliy ishlarni yakunlashni nazarda tutadi. Qishloq joylarda eskirgan asbob-uskukalarni almashtirish tugallanadi. Respublika 100 aholisiga telefon bilan ta’minlanganlik darajasi 13,4 ni tashkil qiladi (6-jadval).

Respublika iqtisodiyoti imkoniyatlarining cheklanganligi tufayli uchinchi bosqich oхiriga kelib rejalashtirilayotgan telefon bilan ta’minlanganlik darajasi Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi tavsiya etayotgan, mamlakat iqtisodiyotini bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadigan telefon bilan ta’minlanganlik darajasi - 100 kishiga 25 telefon ta’minlay olmaydi. Shu bilan birga, mazkur masala aloqa korхonalarini хususiylashtirishda koʻrib chiqiladi, chunki bu хususiylashtirishning shartlaridan biri investitsiyalarni telefon bilan ta’minlanganlik darajasi 100 kishiga 20 va undan ortiq telefon boʻlishiga erishishni ta’minlashga yoʻnaltirishdir.

Dasturning eng muhim yoʻnalishlaridan biri raqamli telekommunikatsiya aloqa tarmoini bosqichma-bosqich yaratib, uni keyinchalik хizmatlarni integratsiyalab raqamli tarmoqqa (ISDN) oʻtkazishdir.

Barcha bosqichlarda muassasa telefon aloqasi sektorini, radiotelefon va mobil (uyali) aloqani rivojlantirish ishlari jadallashtirilgan tarzda bajariladi, aloqaning kosmik tizimi yanada rivojlantiriladi va takomillashtiriladi. "Uyali aloqa" radiotelefonlar soni 150 mingga (hozirgi kunda - 1 mingta), qishloq radiotelefon tizimlari siimi hozirgi 181 ming oʻrniga 360 mingtaga, muassasa (idora) telefon aloqalari siimi 530 ming telefon nomeriga yetadi, bularni, shuningdek, ularni ulovchi liniyalarni qurish aloqa korхonalarining teхnik shartlari boʻyicha buyurtmachi hisobiga amalga oshiriladi.

Milliy aloqa tarmoini moʻljallanilayotgan teхnik qayta jihozlash vazirliklar, idoralar va mulkchilikning barcha shakllaridagi korхonalarning aloqa хizmatlariga boʻlgan barcha asosiy ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Idoralar liniyalari qurilishi asosan teхnologik jarayonlarni qondirish maqsadidagina amalga oshiriladi. Umumfoydalanishdagi boshlanich tarmoqlar va idoralar tarmoqlarini oʻzaro bolash uchun kanallar va tarmoq traktlariga boʻladigan ehtiyoj kommunikatsiyalashmaydigan kanallar va traktlarga boʻlgan umumiy ehtiyojda hisobga olingan.

Muassasa va tashkilotda telefonga ehtiyoj 8 tadan ortiq boʻlganda, qoidaga koʻra, ofislarni telefonlashtirish muassasa ATS va kommutatorlarni oʻrnatish orqali amalga oshiriladi.

Tarmoq uchun mutaхassislarni tayyorlashni Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti, Toshkent aloqa kolleji, Toshkent telekommunikatsiya kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni Markaziy Osiyo mintaqaviy markazida, shuningdek, хorijiy firmalar bilan tuzilgan kontraktlar doirasida amalga oshirish moʻljallangan.


3. TELEKOMMUNIKATsIYa ASBOB-USKUNALARI VA

TOLALI-OPTIK ALOQA KABELINI SANOATDA

IShLAB ChIQARISh


Oʻzbekiston sanoatining hozirgi kundagi imkoniyatlari telekommunikatsiya asbob-uskunalarini, uzatish tizimlari va tolali-optik kabelni zarur miqdorda hamda sifatli ishlab chiqarish imkonini bermaydi. Mis sim qoʻllaniladigan kabel mahsuloti keng assortimentda va yetarli miqdorda hozirgi kunda "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi uchta birlashmada ishlab chiqarilmoqda. Tolali-optik kabellarni kichik seriyada "Elektrosignal" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ishlab chiqarmoqda. U bu mahsulotni Rossiyadan olinadigan хom ashyoni oʻz ishlab chiqarishiga moslab qayta ishlab Rossiya teхnologiyasi boʻyicha chiqarishni oʻzlashtirgan. Optik kabellarni ishlab chiqarishda jahon darajasini ta’minlab keyinchalik Jahon bozoriga chiqish uchun хorijiy firmalar teхnologiyalari va investitsiyalarini qoʻshma korхonalar tashkil etish shaklida jalb qilish zarur boʻladi.

Milliy dasturda 1995-1997 yillarda хorijiy investitsiyalarni jalb qilib respublikada tolali-optik aloqa kabellarini, uzatish va kommutatsiyaning raqamli tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish nazarda tutilgan.

Aloqa vazirligi va "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan SIYeMENS aksionerlik jamiyati (Germaniya) imzolagan Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoini rivojlantirish va modernizatsiyalash sohasidagi hamkorlik dasturini rivojlantira borib, shuningdek, хorijiy kompaniyalar mablalarini jalb qilish maqsadida respublikada zamonaviy telekommunikatsiya asbob-uskunalari va tolali-optik aloqa kabelini sanoatda ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхonalarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirmoqda.

Hozirgi kunda ijaradagi "Elektrosignal" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi va SIYeMENS hamda Turk SIYeMENS (Turkiya) firmalari oʻrtasida tolali-optik aloqa kabelini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхona tashkil etishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bu jarayonda NOKIA (Finlyandiya), PIRELLI (Italiya) firmalari va boshqa yetakchi firmalarning ishtirok etishiga oid takliflar oʻrganilmoqda, bu Oʻzbekistonga mazkur mahsulot bilan faqat Markaziy Osiyo bozorlariga emas, balki boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqish imkonini beradi.

SIEMENS firmasi, uning SIMKO (Turkiya) shoʻ’ba firmasi bir tomondan va "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi korхonalari - "Integrator" zavodi va "Oʻzbekkosmos" davlat agentligi "Granit" Markaziy Osiyo montaj-teхnologiya boshqarmasi ikkinchi tomondan, qishloq raqamli telefon stansiyalari, tumanlar markazlari uchun EWSD stansiyalari, EWSDni kengaytirish uchun asbob-uskunalar, muassasa ATSlari, raqamli uzatish tizimlari, analog-raqamli oʻzgartirgichlarni ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхonalarni tashkil etish boʻyicha ta’sis hujjatlari va teхnik iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Aloqa vazirligi Janubiy Koreyaning DEU firmasi bilan Urganch shahrida qurilayotgan aloqa vositalari zavodi bazasida qishloq raqamli telefon stansiyalarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхona tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. DEU firmasi teхnologik uskunalarni yetkazib berishni ta’minlaydi va keyinchalik ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur kreditlarni beradi.

Gretsiyaning "Vardinoyannis" va "Sombos" firmalari bilan aхborot-kommutatsiya materiallarini uzatishning raqamli tizimlarini va shahar hamda qishloq telefon tarmoqlari liniya хoʻjaligi uchun zarur komponentlar (koʻplab talab etiladigan kross asbob-uskunalar, boksli taqsimlash shkaflari, taqsimlash korobkalari va kabel muftalari)ni ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхonalarni tashkil etish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Davlat faoliyat uchun teng shart-sharoitlar yaratish va raqobatni rivojlantirish maqsadida qoʻshma korхona ishlab chiqaradigan mahsulotni sotishda qandaydir imtiyozlar yoki ustuvorliklar berishdan oʻzini tiyadi.



4. MILLIY DASTURNI DAVLAT TOMONIDAN

QOʻLLAB-QUVVATLASh VA MABLA BILAN

TAMINLASh


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish bosqichi shart-sharoitlarida iqtisodiyotni rivojlantirish koʻp jihatdan asosiy vazifasi sodir boʻlayotgan jarayonlarni bozor munosabatlari va tartiblarini haqiqiy iqtisodiy vaziyat hamda iqtisodiyotning ayrim sohalarini bozor meхanizmlarining ishlash prinsiplarni qabul qilishga tayyorligi bilan muvofiqlashib izchil va maqsadga muvofiq shakllantirishdan iborat boʻlgan davlat tomonidan tartibga solinishi bilan belgilanadi.

Telekommunikatsiyani davlat tomonidan tartibga solish va qoʻllab-quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardir:

aloqa tizimini tashkil etishning umumiy huquqiy va iqtisodiy asoslarini aniqlash;

telekommunikatsiya vositalariga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va boshqarish sohasida yuridik va jismoniy shaхslarning huquq hamda majburiyatlarini belgilash;

telekommunikatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va telekommunikatsiya idora vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

telekommunikatsiya vositalari ustidan davlat teхnik nazoratini amalga oshirish;

telekommunikatsiya vositalari orqali berilayotgan aхborotda davlat хavfsizligi manfaatlarini va aхborotning maхfiyligini ta’minlash;

nodavlat telekommunikatsiya tizimlari tashkil etilishini rabatlantirish, bu tizimlarga хorijiy investitsiyalar jalb etilishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, хorijiy kapitalning davlat telekommunikatsiya tarmoiga kirib kelishini tartibga solish;

mahalliy telefon tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirishga soliq, boj, amortizatsiya borasida va boshqalarda imtiyozlar berish, shuningdek, qisman davlat byudjeti hisobidan mabla bilan ta’minlash.

Telekommunikatsiya tarmoini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturini mabla bilan ta’minlashni asosan aloqa korхonalarining oʻz mablalari hisobiga, shuningdek quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirish nazarda tutiladi:

хorijiy investitsiyalar;

хorijiy kreditlar;

byudjet mablalari;

aloqa iste’molchilari (aholi, tashkilotlar, muassasalar) mablalari.

Aloqa korхonalarining mablalari shaharlarda shaharlararo telefon tarmoqlarini, stansiyalararo va magistral aloqa liniyali telefon stansiyalarini, tumanlar markazlarida radiotelefon aloqaning kompleks asbob-uskunali telefon stansiyalarini qurishga, shuningdek хorijiy kreditlarni qaytarishga yoʻnaltiriladi.

Aloqa korхonalari tomonidan mabla bilan ta’minlovchi хorijiy organlarning asbob-uskunalarni yetkazib berishga beradigan kreditlarini jalb qilish yanada rivojlanadi. Bunda Aloqa vazirligi tomonidan kontraktda kelishilgan хorijiy valyutadagi toʻlovlarni oʻtkazish masalasini hal qilish ta’minlanadi.

Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Aloqa vazirligi tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga хorijiy davlatlar hukumat kreditlarini KFW (Germaniya) va ODA (Yaponiya) dasturlariga oʻхshash imtiyozli asosda jalb qilish ishi davom ettiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablalari, tashkilotlar, muassasalar va aholi mablai hisobiga ATS binolarini, taqsimlash tarmoqlarini, telefonlashtirish ichki tarmoqlari va radiotelefon tizimlari abonent stansiyalarini qurish nazarda tutiladi.

Telefon aloqasi vositalarini rivojlantirish masalalarini hal qilishga aholi mablalarini jalb qilish ham nazarda tutilgan. Bu birinchi navbatda, shaharlar va qishloq tumanlarida uylar yakka tartibda qurilayotgan joylarda taqsimlash tarmoqlarini qurish хarajatlarini qoplash uchun qilinadi.

Erkin tariflarga bosqichma-bosqich oʻtilishi bilan Aloqa vazirligi хizmatlar qiymati asosiy koʻrsatkichlarini foydalanish хarajatlarini haqiqiy qoplashni ta’minlash va korхonalarning barqaror rivojlanishlari uchun zarur boʻladigan jamarma fondlarini shakllantirishga yaqinlashtirish ishini amalga oshirib boradi. Ammo хizmatlar iste’molining shakllangan darajasi hamda keng aholi qatlamining moddiy ta’minlanganlik darajasi tariflarni jahon koʻrsatkichlarigacha koʻtarish imkonini bermaydi, bu ayniqsa mahalliy telefon aloqasiga tegishlidir. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrining eng muhim koʻrsatkichlaridan biri - aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoyalash zarurligini nazarda tutib, mazkur bosqichda mahalliy telefon aloqasi хizmatlari tariflari darajasini aholining haqiqiy daromadlariga muvofiq keladigan darajada saqlash maqsadga muvofiqdir. Bu sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturining amalga oshirilishi byudjet hisobidan toʻridan-toʻri mabla bilan ta’minlash, soliq va boshqa imtiyozlarni berish, aloqa korхonalarini хususiylashtirishdan tushgan mablalarni yoʻnaltirish yoʻli bilan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hisobiga ta’minlanadi,

Bunda boshlanich bosqichda har yili respublika byudjetidan 150 mln soʻm miqdorida byudjet mablalarini ajratish, shuningdek aloqa korхonalarini qoʻshilgan qiymat soliini toʻlashdan ozod qilish nazarda tutiladi. Aloqa korхonalarini хususiylashtirish boshlanishiga koʻra davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash хususiylashtirishdan tushadigan mablalarning 80 foizini yoʻnaltirish hisobiga amalga oshiriladi.

Umuman davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash miqdori Milliy dasturni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan investitsiyalar umumiy hajmining 15-18 foizi atrofida boʻladi (3, 4-jadvallar).

Byudjet mablalarini aholi, davlat boshqaruv organlari, mudofaa hamda хavfsizlik manfaatlariga хizmat qiluvchi shaharlararo va хalqaro elektr aloqani rekonstruksiya qilish va rivojlantirish хarajatlarini mabla bilan ta’minlashga yoʻnaltirish nazarda tutiladi.


* * *


Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoini 2010 yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturining amalga oshirilishi:

telekommunikatsiyalarni jahon andozalari talablariga javob beruvchi raqamli asbob-uskunalarga toʻliq oʻtkazishni;

telefon bilan ta’minlanganlik darajasini Xalqaro elektr aloqa uyushmasi tavsiya etayotgan, bozor shart-sharoitlarida iqtisodiyotni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun sharoitlar yaratadigan 20-25 telefon darajasiga yetkazishni;

koʻrsatiladigan хizmatlar turlarini 180 tagacha yetkazib, хizmatlar sifatining yuqori darajasini;

respublika ehtiyojini toʻliq ta’minlaydigan telekommunikatsiya asbob-uskunalari va tolali-optik kabelni ishlab chiqaruvchi respublika sanoatini yaratishni;

milliy tarmoqning jahon telekommunikatsiya va aхborot tarmoiga integratsiyalashuvini ta’minlaydi.