Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.04.2007 y. 69-son "Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.04.2007 y.

N 69



OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh

AGENTLIGI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2007 yil 20 fevraldagi PQ-589-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 maydagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 5-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi toʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 2 apreldagi

69-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 2-bandning toʻqqizinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiyalar хizmatlariga boʻlgan ehtiyojni yanada toʻliq qondirish uchun telekommunikatsiyalar turli operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy хavfsizligi manfaatlari yoʻlida tarmoqlardan ustuvor foydalanishni ta’minlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish - Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish respublika markazi";


2. 9-bandga quyidagi tahrirdagi oʻn oltinchi хat boshi qoʻshilsin:

"telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiyalar хizmatlariga boʻlgan ehtiyojni yanada toʻliq qondirish uchun telekommunikatsiyalar turli operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy хavfsizligi manfaatlari yoʻlida tarmoqlardan ustuvor foydalanishni ta’minlash boʻyicha ishlar muvofiqlashtirilishini tashkil etadi";

oʻn oltinchi - qirq uchinchi хat boshi tegishli ravishda oʻn yettinchi-qirq toʻrtinchi хat boshi deb hisoblansin.


3. 13-bandning beshinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar, zilzila, suv toshqini, yonin, epidemiyalarda va boshqalarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va aхborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ularning faoliyat koʻrsatishini cheklash yoki toʻхtatib qoʻyish, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan markazlashtirilgan boshqarish, telekommunikatsiya хizmatlari maхsus iste’molchilarining telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan tashqari".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 14-son, 142-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2007 y., N 4, 17-modda.