Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.08.1998 y. 354-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston pochta va telokommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.08.1998 y.

N 354



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING 1997 YIL

28 AVGUSTDAGI 420-SON QARORI BILAN

TASDIQLANGAN OʻZBEKISTON POChTA VA

TELOKOMMUNIKATsIYaLAR AGENTLIGI

TOʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyat koʻrsatishining tashkiliy-huquqiy negizini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻrisidagi Nizomga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:


6-bandning oʻn oltinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"pochta va telekommunikatsiya sohasi tabiiy monopoliyasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining tariflari davlat tomonilan tartibga solinishi kerak boʻlgan umumiy foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi хizmatlari roʻyхatini respublika va mintaqaviy (mahalliy) darajalarda tabiiy monopoliyalar sub’yektlarini davlat tomonidan tartibga solish organlari bilan kelishgan holda belgilaydi;

pochta va telekommunikatsiya sohasi tabiiy monopoliya хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining davlat tomonidan tartibga solinishi kerak boʻlgan umumiy foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi хizmatlariga respublika darajasidagi tariflarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilaydi";


ushbu bandning oʻn yettinchi-oʻttiz ikkinchi хat boshilari tegishlicha oʻn sakkizinchi-oʻttiz uchinchi хat boshilar deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Oʻ.Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1998 y., 8-son, 30-modda.