Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.08.1997 y. 420-son "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi hamda pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
28.08.1997 y.
N 420
OʻZBEKISTON POChTA VA TELEKOMMUNIKATsIYaLAR
AGENTLIGI TOʻGʻRISIDAGI HAMDA POChTA VA
TELEKOMMUNIKATsIYaLARNI RIVOJLANTIRIShNI
DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh
JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI
TASDIQLASh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 1997 yil 31 iyuldagi 380-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyat koʻrsatishining tashkiliy-huquqiy bazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. "Oʻzdavstandart" markazi pochta va telekommunikatsiyalar teхnik vositalarini va хizmatlarini sertifikatsiyalash organi sifatida Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.R.Rahimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1997 y., N 8, 30-modda.