Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 23.09.1992 y. 442-son "Aloqa хizmatlari uchun tariflarni oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.09.1992 y.

N 442



ALOQA XIZMATLARI UChUN TARIFLARNI

OʻZGARTIRISh TOʻFRISIDA


Elektr energiyasi, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar qiymati va pochtalarni tashish uchun tariflar oshgan sharoitlarda aloqa tarmoqlarining moʻ’tadil ishlashini ta’minlash va ularni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1992 yilning 1 oktyabridan boshlab aholiga koʻrsatiladigan aloqa хizmatlarining ayrim turlari boʻyicha erkin tariflarga oʻtish amalga oshirilsin, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan: хatlar va pochta kartochkalari, telegrammalarni joʻnatish va telefon apparati uchun abonement toʻlovi boʻyicha tariflar bundan mustasnodir.


2. 1992 yilning 1 oktyabridan boshlab aholiga cheklangan tariflar saqlanadigan aloqa хizmatlari koʻrsatish uchun amaldagi tariflar, shu jumladan:

хatlar va pochta kartochkalarini joʻnatish uchun 4 baravar;

telegramma berish uchun 2 baravar;

telefon apparati uchun abonement toʻlovi 3 baravar oshirilsin.


3. 1993 yilning 1 oktyabrigacha amalda boʻlgan, ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq respublika aholisining alohida toifalariga aloqa хizmatlari uchun toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlar saqlab qolinsin.


4. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan aloqa хizmatlari uchun tariflarning cheklangan miqdorlari bekor qilinsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov