Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 03.09.1992 y. 406-son "Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.09.1992 y.

N 406



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

RADIOChASTOTALAR BOʻYIChA

DAVLAT KOMISSIYaSI

TOʻFRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻrisida"gi Qonunga muvofiq hamda radiochastotalarni rejalashtirish, ulardan foydalanish va ularni belgilash masalalari boʻyicha Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida respublika manfaatlarini ifodalash, huquqiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tuzilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining ilova qilinayotgan Nizomi tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining raisi etib - Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi tayinlansin.


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Mutalov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1992 y., N 9, 27-modda.