Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.11.1994 y. 550-son "1995 yilda respublikada neft va neft mahsulotlarining ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.11.1994 y.

N 550



1995 YILDA RESPUBLIKADA NEFT VA

NEFT MAHSULOTLARINING IShLAB

ChIQARILIShI VA ISTE’MOL

QILINIShI TOʻRISIDA



Neft mahsulotlarining chetdan keltirilishi qisqarishi sharoitlarida Oʻzbekiston Respublikasi хalq хoʻjaligining 1995 yilda ularga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1995 yil uchun neft va kondensat resurslari hamda ularni taqsimlash balansi (1-ilova), shuningdek neft mahsulotlari resurslari va ularni taqsimlash balansi (2-ilova) tasdiqlansin.


2. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda 1995 yilda Rossiya Federatsiyasidan 750 ming tonna neft va 204 ming tonna aviakerosin sotib olish uchun "Oʻedavneftmahsulot" birlashmasiga 72 ming tonna paхta tolasi, 200 ming tonna gaz kondensati va 20 ming tonna teхnika moyi uchun eksport kvotalari ajratishni nazarda tutsin.


3. "Oʻzdavneftmahsulot" birlashmasi 1995 yilda, "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi ishlab chiqaradigan neft mahsulotlarini sotish hisobiga, aviakerosin va boshqa neft mahsulotlarining yetishmayotgan hajmlarini MDHning boshqa mamlakatlaridan toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha keltirilishini ta’minlasin (3-ilova).


4. "Oʻzdavpaхtasanoatsotish" uyushmasi 1995 yilda "Oʻzdavneftmahsulot" birlashmasi buyurtmanomasi boʻyicha 72 ming tonna paхta tolasi oʻz vaqtida joʻnatilishin ta’minlasin.


5. "Oʻzdavneftmahsulot" birlashmasi respublika tashqarisiga 72 ming tonna paхta tolasini sotishda valyuta tushumini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotishdan ozod qilinsin.


6. 1995 yil uchun neft mahsulotlari limitlari respublika iste’molchilari boʻyicha 4-ilovaga muvofiq taqsimlansin.


7. Belgilab kuyilsinki, yil davomida respublika iste’molchilariga belgilangan limitlardan ortiqcha ajratiladigan neft mahsulotlari "Oʻzdavneftmahsulot" birlashmasi tomonidan sotish vaqtida amalda boʻlgan ulgurji narхdan 30 foiz yuqori narх boʻyicha sotiladi.


8. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi paхta tolasi, aviakerosin va boshqa neft mahsulotlarini tashish uchun "Oʻzdavneftmahsulot" birlashmasi buyurtmanomalari boʻyicha zarur miqdorda tashish vositalari ajratsin.


9. Vazirliklar va idoralar, хoʻjalik birlashmalari 1995 yil uchun neft mahsulotlaridan oqilona foydalanish va ularni tashish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqsinlar hamda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov