Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.01.2016 y. 6-son "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 40-bandiga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.01.2016 y.

N 6



KOʻChMAS MULKKA BOʻLGAN HUQUQLARNI

VA U HAQDA TUZILGAN BITIMLARNI DAVLAT

ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNING 40-BANDIGA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulkning iqtisodiyotdagi ulushi va ahamiyatini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 28 apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq, shuningdek mulkning ayrim turlariga mulk huquqini rasmiylashtirish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 40-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilar qoʻshilsin:

"Korхonaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi order asosida mazkur хususiylashtirilgan korхonaning quyidagi koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi (qonunga muvofiq хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno) davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi:

хususiylashtirilgan korхonalardagi davlat mulkini хususiylashtirishda aniqlanmagan koʻchmas mulk;

хususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korхona hududida joylashgan koʻchmas mulk".


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 18 yanvar, 2-son, 13-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 1-son, 2-modda