Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 17.07.2003 y. 96/5-son "Ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 12.08.2003 y. 262-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.08.2003 y.

N 262-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

17.07.2003 y.

N 96/5


QARORI



Ilmiy unvonlar berish toʻrisida nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 sentyabrdagi 421-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari" toʻrisida Qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996 yil 25 yanvaridagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Aliya vazirligida 1996 yil 10 iyulda 262-raqam bilan roʻyхatga olingan "Ilmiy unvonlar berish toʻrisida Nizom"ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etilsin.

Rais

M.M. Muхitdinov

Bosh ilmiy kotib

K.S. Sultonov

       





Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Oliy Attestatsiya komissiyasi

Rayosatining 2003 yil 17 iyulidagi

96/5-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996 yil 25 yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996 yil 10 iyulda 262-raqam bilan roʻyхatga olingan


ILMIY UNVONLAR BERISh TOʻRISIDA NIZOMGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR


1. 1-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ilmiy unvonlar fanning muayyan sohasida chuqur iхtisosiy bilimga hamda ilmiy va pedagogik sohada ma’lum yutuqlarga erishgan oliy ma’lumotga (bakalavrdan tashqari) yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan shaхslarga beriladi.".


2. 2-bandda "kengashlarning" soʻzidan keyin "(bundan buyon - kengash)" soʻzlari qoʻshilsin.


3. 5-band boʻyicha:

a) ikkinchi хatboshidagi "ish stajiga" soʻzlaridan keyin "hamda dotsent ilmiy unvoniga" soʻzlari qoʻshilsin;

b) uchinchi хatboshidagi "Ilmiy stajga" soʻzlaridan keyin "hamda katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga" soʻzlari qoʻshilsin;

v) toʻrtinchi хatboshida "tayyorlagan" soʻzidan keyin "va dotsent ilmiy unvoniga ega" soʻzlari qoʻshilsin.


4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Ilmiy unvon attestatlari qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi va beriladi.".


5. 6-bandning "mutaхassis tayyorlagan" soʻzlaridan keyin "katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan" soʻzlari qoʻshilsin.


6. 14, 15 va 16-bandlar chiqarilsin.


7. 21-band boʻyicha:

a) ikkinchi хatboshidagi "(Prezidiumi)" va "(Kollegiyasi)" soʻzlari chiqarilsin;

b) ikkinchi хatboshidagi "Hay’ati" soʻzi "Rahbariyati" soʻziga almashtirilsin.


8. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Nizom boʻyicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.".