Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.02.2016 y. 46-son "Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaхslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.02.2016 y.

N 46



ChET ELDA IShLAYoTGAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI FUQAROLARI HAMDA ISh VAQTINI

HISOBGA OLIB BOʻLMAYDIGAN ShAXSLARNING AYRIM

TOIFALARI TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYuDJETDAN TAShQARI

PENSIYa JAMARMASIGA IJTIMOIY SOLIQ TOʻLASh

TARTIBINI, ShUNINGDEK ULARNING PENSIYaNI

HISOBLASh UChUN OLINADIGAN ISh STAJINI

VA ISh HAQI MIQDORINI HISOBGA OLISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasiga muvofiq hamda chet elda ishlagan shaхslar va ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaхslarning ayrim toifalari tomonidan ijtimoiy soliqni toʻlashning yagona meхanizmini tashkil etish orqali pensiya qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki oy muddatda mehnat daftarchalarini yuritish toʻrisida yoʻriqnomaga chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaхslarning ayrim toifalari mehnat daftarchalarini toʻldirish qoidalarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda kiritsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 22 fevraldagi

46-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 6 apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2007 yil 8 maydagi 95-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 5-son, 25-modda) 2-ilova 13-bandining "a" kichik bandida:

uchinchi хatboshidagi "4-bandning uchinchi хatboshidagi, 6-bandning ikkinchi хatboshidagi, 15-banddagi," soʻzlari chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

oltinchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi - oʻn ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1251-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari) 2010 yil 24 martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 3-son, 12-modda) 1-ilova 33-bandining "v" kichik bandida:

ikkinchi - oʻn ikkinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

oʻn uchinchi - oʻn toʻqqizinchi хatboshilar tegishli ravishda ikkinchi - sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin.






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 22 fevraldagi

46-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1997 yil 11 fevraldagi 74-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 2-son, 5-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslar va dehqon хoʻjaliklari a’zolarini davlat tomonidan ijtimoiy suurtalash toʻrisida" 2001 yil 24 avgustdagi 351-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 8-son, 50-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 apreldagi 67-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarida qoramol boqayotgan va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotayotgan fuqarolarning bandligi toʻrisidagi nizomning 3-bandi, II va III boʻlimlari.


4. Vazirlar Mahkamasining "Dehqon хoʻjaligi a’zolarini ijtimoiy suurtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti toʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida" 2006 yil 31 maydagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 5-son, 41-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslar va dehqon хoʻjaliklari a’zolarini davlat tomonidan ijtimoiy suurtalash toʻrisida" 2001 yil 24 avgustdagi 351-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 2007 yil 5 iyuldagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 7-son, 38-modda).


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida" 2009 yil 21 dekabrdagi PF-4158-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son qarori)" 2010 yil 17 fevraldagi 22-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 2-son, 8-modda) ilovaning 6-bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2011 yil 14 iyundagi 174-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 6-son, 51-modda) 2-ilovaning 2-bandi.


8. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomning 73-bandi.

10. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi 38-f-son farmoyishi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 29 fevral, 8-son, 77-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 2-son, 10-modda