Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2016 y. PQ-2497-son "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.02.2016 y.

N PQ-2497



HUDUDIY DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARI

TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari tuzilmasini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, hududlarning tabiiy-хomashyo, yer-suv, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish va shuning asosida aholining turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 22 fevraldagi PQ-2495-sonli qaroriga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining boshqaruv apparati tuzilmasida hududlarni kompleks rivojlantirish yima boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining boshqaruv apparati tuzilmasida esa hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari tashkil etildi.


2. Quyidagilar:

viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatining yangilangan namunaviy tuzilmalari 1, 1a, 2, 2a - 2g-ilovalarga* muvofiq;

mahalliy ijroiya hokimiyat davlat organlari boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 3, 3a - 3g-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasini ushbu qarorga muvofiq belgilangan tartibda tanqidiy koʻrib chiqib, yangi tuzilmasi va boshqaruv хodimlarining shtat birligini tasdiqlash tavsiya etilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklarining boshqaruv apparatlari toʻrisidagi Namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparati хodimlarining shtatlar jadvallarini ushbu qarorga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2004 yil 5 yanvardagi 2-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritsin, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirishni ta’minlasin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 29 fevral, 8-son, 76-modda