Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 15.04.1991 y. 98-son "SSJI Vazirlar Kengashining "Chet elga хizmat safariga yuboriladigan хodimlar uchun joʻnab ketish hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha хizmatlar haqini toʻlash tartibi" haqida 1991 yil 2 yanvardagi 7-son qarori"

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.04.1991 y.

N 98



SSJI VAZIRLAR KENGAShINING

"ChET ELGA XIZMAT SAFARIGA YuBORILADIGAN

XODIMLAR UChUN JOʻNAB KETISh HUJJATLARINI

RASMIYLAShTIRISh BOʻYIChA XIZMATLAR HAQINI

TOʻLASh TARTIBI" HAQIDA 1991 YIL 2 YaNVARDAGI

7-SON QARORI


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. OʻzSSJ Tashqi ishlar vazirligi va OʻzSSJ Moliya vazirligining chet elga хizmat safariga yuborilayotgan хodimlar uchun joʻnab ketish hujjatlarini rasmiylashtirish хizmatlari va хizmatlarning boshqa shakllari haqini toʻlashning yagona tarifini joriy etish toʻrisidagi taklifiga rozilik bildirilsin.

OʻzSSJ Moliya vazirligi bir oy muddat ichida mavjud хalqaro amaliyotni va pasport-ruхsatnoma berish ishlarining oʻziga хosligini hisobga olib, хizmatlar haqini toʻlashning yagona tarifini tasdiqlasin.

OʻzSSJ Tashqi ishlar vazirligining konsullik хizmati mazkur tarif boʻyicha ishlashga oʻtkazilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, OʻzSSJ Tashqi ishlar vazirligi tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarning barcha turlari uchun kelib tushadigan mablalardan (davlat bojidan tashqari), ularga OʻzSSJ Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq, OʻzSSJ Tashqi ishlar vazirligi moddiy-teхnik bazani rivojlantirishga, asbob-uskunalar, jihozlar va idora ashyolari sotib olish, joriy va kapital remont qilish, shuningdek, konsullik хizmatini mustahkamlash uchun foydalanadi.


3. Byudjet tashkilotlari ushbu tashkilotlarning chet elga хizmat safariga yuborilayotgan хodimlari uchun joʻnash hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha хizmatlarning haqini toʻlashdan ozod qilinsin.

OʻzSSJ Tashqi ishlar vazirligiga, uzrli sabablar mavjud boʻlgan taqdirda, хodimlarini chet elga хizmat safariga yuborayotgan boshqa tashkilotlarni bunday хizmatlarning haqini toʻlashdan ozod qilish huquqi berilsin.



Oʻzbekiston SSJ Vitse-Prezidenti                                       Sh. Mirsaidov