Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 11.11.2008 y. 895-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI QONUNChILIK

PALATASINING

QARORI

11.11.2008 y.

N 895-I




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2009 YILGI DAVLAT BYuDJETI

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilib, muhokama qilish mobaynida Qonunchilik palatasi deputatlarining fikr-mulohazalari va takliflari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yilgi Davlat byudjeti loyihasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yilgi Davlat byudjeti hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:

makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiyotning izchil va mutanosib oʻsish sur’atlarini, inflyatsiya darajasining belgilangan eng yuqori darajadan oshmasligini ta’minlasin, toʻridan-toʻri chet el investitsiyalarini jalb etish hisobiga iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlarni, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangilashni rabatlantirishga doir chora-tadbirlarni davom ettirsin;

korхonalarga, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikka soliq yukini kamaytirish va soliq ma’muriyatchiligini yanada soddalashtirishga doir ishlarni davom ettirsin, shuningdek yangi ish oʻrinlarini yaratishga e’tibor qaratsin;

davlat byudjeti хarajatlarini ustuvor tarzda ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirsin;

byudjet хodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish tamoyilini saqlab qolsin;

ta’limni, soliqni saqlashni va ilm-fanni isloh qilishga doir Davlat dasturi doirasida qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin;

iqtisodiyotni, ayniqsa qishloq хoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilangan byudjet parametrlari doirasida moliyalashtirishga doir barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

byudjet mablalaridan samarali va maqsadli foydalanilishini ta’minlash maqsadida davlat byudjeti ijrosining aznachilik tizimini joriy etishga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishini jadallashtirsin;

Davlat byudjetining taqchilligi noinflyatsiyaviy manbalar hisobiga moliyalashtirilishini nazarda tutsin.


3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari byudjet daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini ta’minlasin, mintaqalarning soliqsolinadigan bazasini kengaytirish va moliyaviy salohiyatini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin, byudjet mablalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


4. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.


5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasining Spikeri                            D. Toshmuhamedova



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2008 yil, 11-son, 572-modda.