Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11.12.2003 y. 553-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

11.12.2003 y.

N 553-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2004 YILGI DAVLAT BYuDJETI

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yilga moʻljallangan Davlat byudjetining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilib, muhokama qilish mobaynida Oliy Majlis deputatlari bildirgan taklif va mulohazalar hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan loyihasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yilgi Davlat byudjeti byudjet taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:

mamlakatning iqtisodiy jihatdan yanada barqaror rivojlanishini, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlanishini, qat’iy pul-kredit siyosati oʻtkazilishini, milliy valyuta kursi mustahkamlanishini, ijtimoiy dasturlar ustuvor tarzda moliyalashtirilishini va byudjet mablalari iqtisod qilinishini ta’minlasin;

ma’muriy islohotlar, jadal хususiylashtirish, faol investitsiya siyosati oʻtkazish, yanada maqbul investitsiya muhitini shakllantirish, toʻridan-toʻri chet el investitsiyalarini jalb etish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda tovarlar va хizmatlar eksportini koʻpaytirish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash hisobiga iqtisodiyotning barcha sektorlarida chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirsin;

korхonalar zimmasidagi soliq yukini izchillik bilan kamaytirish borasidagi ishlarni davom ettirsin, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ishchanlik faolligini oshirishga, korхonalarning iqtisodiy mustaqilligini, eng avvalo, olingan daromadlarni tasarruf etish masalalaridagi mustaqilligini kengaytirishga koʻmaklashadigan chora-tadbirlar qabul qilinsin, хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama rabatlantirsin;

Davlat byudjeti taqchilligini faqatgina pul qadrsizlanishiga taalluqli boʻlmagan manbalar hisobidan, shu jumladan, хususiylashtirishdan, oʻrtacha muddatli davlat obligatsiyalaridan tushadigan tushumlar va tashqi manbalar hisobidan moliyalashtirsin.


3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari byudjet daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari soʻzsiz bajarilishi, mintaqalarning soliq bazasi va moliyaviy salohiyati kengaytirilishi yuzasidan samarali chora-tadbirlar qabul qilinishini ta’minlasinlar, byudjet mablalaridan samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining raisi                                                     E. Xalilov