Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 06.12.2001 y. 305-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

06.12.2001 y.

N 305-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2002 YILGI DAVLAT BYuDJETI

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan, uni muhokoma qilish mobaynida Oliy Majlis deputatlari bildirgan taklif va mulohozalarni hisobga olgan holda maromiga yetkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yilgi Davlat byudjeti loyihasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yilgi Davlat byudjeti byudjet taqchilligining eng yuqori darajasi (davlat maqsadli jamarmalari bunga kirmaydi) yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 2,0 foiz miqdorida belgilangan holda ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

- valyuta bozorini va tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkmnlashtirish sharoitida Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlash dasturini, iqtisodiy oʻsish, tuzilmaviy oʻzgarishlarni rabatlantirishga va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan investitsiya dasturini, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini va havfsizligini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlansin;

- Davlat byudjetini taqchilligini qoplash uchun davlat mol-mulkini хususiylashtirishdan tushadigan daromadlar va boshqa inflyatsiyaga ta’sir etmaydigan manbaalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlar jalb qilinishini nazarda tutsin.


3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari byudjetga toʻlovlar toʻliq tushishini, хarajatlar mahalliy byudjetlardan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini va davlat mablalaridan belgilangan maqsadda foydalanish ustidan jiddiy nazorat qilinishini ta’minlasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:

- 2002 yil 1 yanvar holatiga koʻra Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishga beriladigan Markaziy bank kreditlarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ichki qarzi hisobiga kiritilsin;

- Moliya vazirligiga 2002 yilda Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz miqdorida kreditlar ajratsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                              E.Xalilov