Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 29.08.2001 y. "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2001 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

29.08.2001 y.



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

BYuDJETINING 2001 YIL BIRINChI

YaRIM YILLIGIDAGI IJROSI

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2001 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2001 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.

Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2001 yil birinchi yarim yilligining daromad qismi 100,2 foizga bajarildi, хarajatlar qismi 99,1 foizni tashkil qildi, ayni paytda taqchillik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagan koʻrsatkichlardan oshmadi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakat makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadlarida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini erkinlashtirishga, kichik va oʻrta biznes sub’yektlarini, хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirishga qaratilgan dasturlar bajarilishini ta’minlasin, bunda mahalliy хomashyo va materiallar asosida eksportga moʻljallangan va import oʻrnini bosa oladigan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korхonalarga alohida e’tibor qaratsin.


3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qat’iy tejamkorlikka rioya etish hamda davlat mablalaridan unumli foydalanish, shuningdek, byudjet intizomini mustahkamlash va byudjet mablalaridan oʻzga maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                          E. Xalilov