Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11.05.2001 y. "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2001 yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

11.05.2001 y.



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BYuDJETINING 2001 YIL

BIRINChI ChORAGIDAGI IJROSI

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2001 yil birinchi choragidagi ijrosi toʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2001 yil birinchi choragidagi ijrosi toʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2001 yil birinchi choragidagi koʻrsatkichlari Oliy Majlis tomonidan ma’qullangan doiralarda ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

mikroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish bilan boliq хarajatlar, shuningdek, muhim davlat dasturlarini bajarishga doir хarajatlar oʻz vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2001 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi yakunlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hisobot taqdim etsin.


3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari moliya va soliq organlari bilan birgalikda byudjetga daromadlar tushumini soʻzsiz ta’minlash, mahalliy byudjetlardan qilinadigan хarajatlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish hamda davlat mablalaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat olib borilishiga rioya etish choralarini koʻrsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                              E. Xalilov