Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14.12.2000 y. 157-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yilga moʻljallangan Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

14.12.2000 y.

N 157-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2001 YILGA MOʻLJALLANGAN DAVLAT

BYuDJETI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan, muhokama davomida Oliy Majlis deputatlari bildirgan taklif va mulohazalarni hisobga olgan holda qoʻshimcha ravishda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yilga moʻljallangan Davlat byudjeti loyihasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yilga moʻljallangan Davlat byudjeti byudjet taqchilligining yuqori darajasi (davlat maqsadli fondlarisiz) yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,5 foiz miqdorida belgilangan holda ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

kadrlar tayyorlash, soliqni saqlash tizimini isloh qilish va mamlakat хavfsizligini ta’minlash dasturlarini ustuvor tarzda moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratgan holda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik yanada mustahkamlanishini, faol investitsiya siyosati oʻtkazilishini, aholini ijtimoiy himoya qilish kuchaytirilishini ta’minlasin;

davlat byudjetining taqchilligini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditlari, davlat qimmatli qoozlarini joylashtirishdan va davlat mulkini хususiylashtirishdan olinadigan daromadlar jalb etilishini nazarda tutsin.


3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari byudjetga toʻlovlar toʻliq tushishini, хarajatlar mahalliy byudjetlardan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini va davlat mablalaridan maqsadga muvofiq foydalanilishi ustidan qattiq nazorat qilinishini ta’minlasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki 2001 yilda Davlat byudjetining taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz doirasida qoplanishini nazarda tutsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                    E. Xalilov