Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30.08.2000 y. 111-II-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2000 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

30.08.2000 y.

N 111-II

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

BYuDJETINING 2000 YIL BIRINChI YaRIM

YILLIGIDAGI IJROSI TOʻRISIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2000 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2000 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.

Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 2000 yilning birinchi yarim yilligida byudjetning daromadlari uning хarajatlaridan 9,8 milliard soʻm miqdorida ortiq boʻlishiga erishildi yoki Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish maqsadida iqtisodiyotning barcha sohalarida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish dasturining bajarilishini ta’minlasin, bunda korхonalarni хususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish dasturlarini bajarishga, shuningdek kichik va oʻrta biznes sub’yektlarini rivojlantirish va rabatlantirishga alohida e’tiborni qaratsin.


3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari byudjet intizomini mustahkamlash va davlat mablalarini sarflashda qat’iy tejamkorlikka rioya etishga doir zarur chora-tadbirlarni koʻrsinlar.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                         E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2000 y., 7-8-son, 203-modda