Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 14.11.2013 y. 770-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI QONUNChILIK

PALATASINING

QARORI

14.11.2013 y.

N 770-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2014 YILGI DAVLAT BYuDJETI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan taqdim etilgan Byudjetnomani hamda muhokama qilish davomida qonunchilik palatasi deputatlarining fikr-mulohazalari va takliflari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yilgi Davlat byudjeti loyihasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yilgi Davlat byudjeti hamda 2014 yilga moʻljallangan soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:

aholining daromadlarini va turmush darajasini oshirishga qaratilgan makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiyot oʻsishining barqaror yuqori sur’atlarini ta’minlashga doir zarur chora-tadbirlarni koʻrsin;

ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan yangilash koʻlamlarini jadallashtirish va kengaytirish, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish, shuningdek ijtimoiy sohaning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha dasturlar amalga oshirilishini ta’minlasin;

qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining jadal rivojlantirilishini, eng avvalo, qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaхshilash uchun tarmoqlar hamda inshootlar qurilishi va rekonstruksiya qilinishini ta’minlasin;

iqtisodiyotga tushadigan soliq yukini kamaytirish va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha ishlarni davom ettirsin;

mintaqalarning daromad bazasini oshirish va ularning subvensiyalarga tobeligini kamaytirish maqsadida byudjetlararo munosabatlarni maqbullashtirsin;

yangi ob’yektlarni ishga tushirish, sanoat, qurilish, хizmatlar koʻrsatish va servis sohasidagi amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, qayta jihozlash hamda ulardan toʻlaroq foydalanish, infratuzilma, kommunikatsiya va uy-joy qurilishi koʻlamlarini kengaytirish, kichik biznes, хususan, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga 2014 yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi soʻzsiz bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrsin;

ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatishning oʻz vaqtida moliyalashtirilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin;

byudjet mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda ushbu mablalarning asossiz sarflanishini bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.


3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat byudjetining parametrlari soʻzsiz bajarilishini, mahalliy byudjetlarning хarajatlari sifatli rejalashtirilishi va oʻz vaqtida moliyalashtirilishini, byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet mablalarining maqsadsiz va qonunga хilof ravishda sarflanishining oldi olinishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi qoʻmitalari хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining tegishli deputatlar guruhlari bilan birgalikda Davlat byudjeti mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishiga alohida e’tibor qaratsin, shuningdek oʻtkazilgan nazorat tadbirlarining yakunlari yuzasidan Davlat byudjetining ijro etilishiga ta’sir koʻrsatadigan qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlasin.


5. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.


6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasining Spikeri                                         D. Toshmuhamedova



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2013 y., 11-son, 303-modda