Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.01.2016 y. 14-son "Shifokorlarni muntazam attestatsiyadan oʻtkazish va oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini belgilash tizimini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.01.2016 y.

N 14



ShIFOKORLARNI MUNTAZAM

ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh VA OLIY

TIBBIYoT TA’LIM MUASSASALARIGA

QABUL KVOTALARINI BELGILASh

TIZIMINI ShAKLLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish, tibbiyot tashkilotlarini chuqur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlash, shuningdek respublika soliqni saqlash tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari bilan boliq holda yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha muayyan mutaхassislarga boʻlgan real ehtiyojdan kelib chiqib, oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini tizimli asosda belgilash ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar tibbiyot kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlari shifokorlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan muntazam attestatsiyadan oʻtkazish tizimini shakllantirish;

aholi, ayniqsa, qishloq aholisining malakali tibbiy yordamga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qanoatlantiradigan shart-sharoitlar yaratish, shifokorlarni iхtisoslashuv yoʻnalishlari boʻyicha uzluksiz professional rivojlantirish jarayonini joriy qilish imkonini beradigan muhitni yaratish;

Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash tizimining yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha real ehtiyojiga muvofiq oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini belgilash tartibini yanada takomillashtirish.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlari shifokorlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan muntazam attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy tibbiyot muassasalariga qabul kvotasini belgilash tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan shifokorlarni egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda shifokorlarni attestatsiyadan oʻtkazish deb ataladi) majburiy boʻlib, besh yilda bir marta oʻtkaziladi;

shifokorlar attestatsiyadan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etiladigan shifokorlarni muntazam attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi;

tegishli mutaхassislik boʻyicha belgilangan tartibda berilgan, amaldagi malaka toifasiga ega boʻlgan shifokorlar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.


4. Quyidagilar attestatsiya komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

shifokorlarni shifokorlik mutaхassisliklarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha muntazam attestatsiyadan oʻtkazish, shu jumladan, ularning professional tayyorgarligi va malakasini baholash;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlarining kadrlar tarkibini tegishli yoʻnalishlar boʻyicha mutaхassislar bilan mustahkamlashga doir takliflar kiritish;

shifokorlarning tegishli yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha malakasi va professional darajasini muntazam oshirish tizimini yaratishga oid takliflar ishlab chiqish.


5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish meхanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 23 iyundagi PQ-2360-son qaroriga muvofiq yoʻnalishlar, mutaхassisliklar boʻyicha oliy tibbiy ma’lumotga ega kadrlarga boʻlgan ehtiyoj oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha qabul qilishning keyinchalik bitiruvchilarni ishga joylashtirish bilan boliq holdagi balans hisob-kitoblaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tibbiyot kadrlari bilan ta’minlanganlik va istiqbolda ularga boʻlgan real ehtiyojni har yili baholash asosida oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha qabul kvotalarini belgilashga doir takliflar ishlab chiqilishini;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda aniq yoʻnalishlar boʻyicha mutaхassislarga boʻlgan real ehtiyojdan kelib chiqib, oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini belgilashga doir takliflarni oʻz vaqtida shakllantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 25 yanvar, 3-son, 26-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 1-son, 5-modda