Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2007 y. PF-3884-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita хorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2000 yil 28 apreldagi PF-2598-sonli Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

07.06.2007 y.

N PF-3884


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "NEFT VA GAZ

KONLARINI RAZVEDKA QILISh HAMDA

ULARNI QAZIB ChIQARIShGA BEVOSITA

XORIJIY SARMOYaLARNI JALB ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA" 2000 YIL

28 APRELDAGI PF-2598-SONLI FARMONIGA

OʻZGARTISh KIRITISh TOʻRISIDA



Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita хorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 28 apreldagi PF-2598-sonli Farmoni 9-bandining uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi хizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 23-son, 233-modda.