Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.09.2010 y. 202-son "Vazirlar Mahkamasining "Bankrotlik toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlarni e’lon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2009 yil 11 iyundagi 160-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.09.2010 y.

N 202


VAZIRLAR MAHKAMASINING

"BANKROTLIK TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNIDA NAZARDA TUTILGAN

MA’LUMOTLARNI E’LON QILIShNI TARTIBGA

SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"

2009 YIL 11 IYuNDAGI 160-SON QARORIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA



"Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlarni e’lon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 11 iyundagi 160-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 6-son, 45-modda) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining "Birja" va/yoki "Soliq info" gazetalarini (keyingi oʻrinlarda rasmiy nashrlar deb ataladi) "Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlar (keyingi oʻrinlarda bankrotlik toʻrisidagi ma’lumotlar deb ataladi) e’lon qilinadigan rasmiy nashrlar etib belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 37-son, 322-modda.


“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami”, 2010 yil, 9-son, 49-modda