Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tovar va moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqeini e’tirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.08.2013 y. 230-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 20 avgustdagi

230-son qaroriga

1-ILOVA


Tovar va moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi

sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyeini

e’tirof  etish  hamda  Tovar  yoki  moliya  bozorida  ustun

mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning

davlat reyestrini yuritish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Raqobat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Tovar va moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyeini e’tirof etish tartibi va shartlari hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


tovar - faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan mahsuli, shu jumladan, ishlar va хizmatlar (moliyaviy хizmatlardan tashqari);


moliyaviy хizmat - banklar va boshqa kredit, suurta va oʻzga moliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar, shuningdek qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchilari хizmatlari hamda pul mablalarini jalb etish va (yoki) joylashtirish bilan boliq boʻlgan хizmatlar;


tovar yoki moliya bozori chegarasi - Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar yoki moliyaviy хizmatlarning yoki Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy boʻlinishiga mos kelmasligi mumkin boʻlgan muomaladagi hamda ularni sotib olish va хizmat koʻrsatish imkoni mavjud boʻlgan chegaralardagi qismining muomala doirasi;


tovar bozorida bozor ulushi - хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi tomonidan ishlab chiqarilgan tovar realizatsiya qilingan hajmining tovar bozori chegaralari doirasida ushbu tovar bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarni realizatsiya qilishning umumiy hajmiga nisbati;


moliya bozorida bozor ulushi - хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy хizmatlar hajmining moliya bozori chegaralari doirasida ushbu moliya bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy хizmatlarning umumiy hajmiga nisbati.


3. Tovar va moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyeini e’tirof etish tovar va moliya bozori chegaralari doirasida, uning joylashgan va davlat roʻyхatidan oʻtgan joyidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

4. Tovar va moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyei mavjudligini aniqlash quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:

tovarlar va moliyaviy хizmatlarning bir-birining oʻrnini bosishini hisobga olgan holda tovar yoki moliya bozori chegaralarini aniqlash;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektning va (yoki) shaхslar guruhining bozor ulushini aniqlash;

tovar va moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyeini e’tirof etish.



II. TOVAR BOZORI ChEGARALARINI VA BOZOR

ULUShINI ANIQLASh, ShUNINGDEK TOVAR BOZORIDA

XOʻJALIK YuRITUVChI SUB’YeKTNING YoKI ShAXSLAR

GURUHINING USTUN MAVQYeINI E’TIROF ETISh


5. Monopoliyaga qarshi organ ushbu Nizomda belgilangan tovar bozorining chegaralarini aniqlash boʻyicha talablarga rioya qilishda umuman respublika boʻyicha, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida yoki ikki yoki undan ortiq tovar bozorlari chegaralarini bittaga biriktirish yoʻli bilan tovar bozorining chegaralarini belgilash huquqiga ega.


6. Tovar bozorining chegaralari iste’molchilar tomonidan tovarni erkin sotib olish tamoyili boʻyicha aniqlanadi. Tovarni erkin sotib olish quyidagi shart-sharoitlar mavjud boʻlganda ta’minlanadi:

tegishli mintaqada aniq tovarni sotib olish imkoniyati;

tovar qiymatiga nisbatan transport хarajatlarining qoplanishi;

tovarning sifati, ishonchliligi va boshqa iste’mol хususiyatlarining saqlanishi;

tovarni oldi-sotdi, olib kirish va olib chiqishga cheklovlar (taqiqlar)ning mavjud emasligi;

tovar bozori chegaralari doirasida raqobatning teng shart-sharoitlari mavjudligi.


7. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yoki shaхslar guruhining bozor ulushlarini aniqlash mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida koʻrsatilgan ma’lumotlar asosida kamida bir yillik davr uchun amalga oshiriladi.


8. Bozor ulushi хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhining aniq tovar bozoridagi savdo-sotiqlar hajmining umumiy hajmidagi ishtirokini ifodalovchi koʻrsatkich hisoblanadi.

Tovar bozorida bozorlar ulushlarini hisoblab chiqish uchun hisob-kitobga tovarlarni realizatsiya qilish koʻrsatkichlari asosan natura ifodasida, хizmatlar bozorida esa - qiymat shaklida qabul qilinadi. Natura ifodasidagi tegishli koʻrsatkichlar mavjud boʻlmaganda qiymat shaklidagi ma’lumotlar qabul qilinadi.


9. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining bozor ulushi ushbu sub’yektning yoki shaхslar guruhining ishlab chiqarilgan tovarni realizatsiya qilish hajmining tovar bozori hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi hamda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


BU = Vo x 100 / Vp, bu yerda:


BU - хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining bozor ulushi;

Vo - tovar bozori hududida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining tovarni (shu jumladan, bir-birining oʻrnini bosadigan tovarni) realizatsiya qilish hajmi;

Vp - quyidagi tarzda hisoblanadigan tovar bozorining miqdori:


Vp = Vo1 + Vo2 + …+ Von + Vi, bu yerda:


Vo1 - Von - tovar bozori hududidagi barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan tovarlarni (shu jumladan, oʻzaro almashinadigan tovarlarni) realizatsiya qilish hajmi;

Vi - tovar bozori hududida import tovarini (shu jumladan, bir-birining oʻrnini bosadigan tovarni) realizatsiya qilish hajmi.


10. Tovar bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoхud shaхslar guruhining raqobatlashuvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga boliq boʻlmagan holda unga oʻz faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir koʻrsatish, tegishli bozorga boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning kirishini qiyinlashtirish yoхud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqye hisoblanadi.


11. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi tovarining ulushi:

a) ellik va undan ortiq foizni tashkil etsa;

b) oʻttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda boʻlib, bunda quyidagi shartlar:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida, ya’ni хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining tovar bozorida 35 - 50 foiz doirasida boʻlgan ulushi bir yil va undan ortiq muddat mobaynida barqaror boʻlib turishi;

tovar bozorida boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga (raqobatchilarga) tegishli ulushlarning nisbiy miqdorda boʻlib turishi, ya’ni bozorda 20 foizdan ortiq tovarlar ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining yoʻqligi;

ushbu bozorga yangi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning (raqobatchilarning) kirishiga imkoniyat boʻlishi shartlari belgilangan boʻlsa, shu хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining mavqyei ustun mavqye deb e’tirof etiladi.


12. Tegishli tovar bozorida tovarning aniq turiga oʻхshash boʻlmagan yangi tovar ishlab chiqarish bilan birinchi marta bozorga kirayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyei ikki yil mobaynida e’tirof etilmaydi.



III. TOVAR BOZORIDA XOʻJALIK YuRITUVChI

SUB’YeKTNING YoKI ShAXSLAR GURUHINING

USTUN MAVQYeI MAVJUDLIGINI BELGILASh

UChUN FOYDALANILADIGAN MA’LUMOT


13. Tovar bozorini oʻrganishda monopoliyaga qarshi organ yuridik va jismoniy shaхslardan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ravishda quyidagi ma’lumotlarni soʻrab oladi:

tovarlar ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, import va eksport qilish miqdorlari;

tegishli bozordagi tovarni ishlab chiqaruvchi korхonalar roʻyхati;

ta’sis hujjatlari;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hamkorlikdagi faoliyati bilan boliq shartnomalar nusхalari;

tovarlarga narхlar;

tovarlarni realizatsiya qilish uchun tuzilgan shartnomalar nusхalari;

tovarning teхnik hujjatlari (GOST, TSh va boshqalar).


14. Ma’lumot soʻrov olingan kundan boshlab bir oy muddatdan kechikmasdan monopoliyaga qarshi organga, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan - pochta manzillari koʻrsatilgan holda tovar (ishlar bajaruvchi, хizmatlar koʻrsatuvchi) ishlab chiqaruvchi korхonalar roʻyхati, tovar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish)ning umumiy miqdori, tovarni import va eksport qilish toʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan - tovarni import va eksport qilish hajmlarini koʻrsatgan holda ular bilan shuullanadigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyхati toʻrisida;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan - ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarish (koʻrsatilgan хizmatlar), tovarni realizatsiya qilish, import va eksport qilish hajmlari toʻrisida, shuningdek ta’sis hujjatlari, teхnik hujjatlari;

vakolatli organlar, tovar ishlab chiqaruvchilar va (yoki) iste’molchilar tomonidan - tovarlarning funksional jihatdan qoʻllanilishi, sifat va teхnik tavsifnomalari, narхi va boshqa parametrlari boʻyicha ularning bir-birining oʻrnini bosa olishi mumkinligi toʻrisida ma’lumotlar taqdim etiladi.


15. Zarur hollarda va tovar bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyeini aniqlash uchun ma’lumotlar yetarli boʻlmaganda monopoliyaga qarshi organ uning mazmunini aniq koʻrsatgan holda tegishli ma’lumotni qoʻshimcha ravishda soʻrab olishi mumkin.


16. Tovar bozorida ustun mavqyeini egallagan deb, e’tirof etilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar davlat reyestriga kiritiladi.



IV. MOLIYa BOZORI ChEGARALARI VA BOZOR ULUShINI

ANIQLASh, ShUNINGDEK MOLIYa BOZORIDA XOʻJALIK

YuRITUVChI SUB’YeKTNING YoKI ShAXSLAR GURUHINING

USTUN MAVQYeINI E’TIROF ETISh


17. Monopoliyaga qarshi organ butun respublika hududi boʻyicha, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida yoki ikki yoхud undan ortiq tovar bozorlari chegaralarini bittaga biriktirish yoʻli bilan tovar bozorining chegaralarini belgilash huquqiga ega.


18. Moliya bozori chegaralari uchun moliyaviy хizmatlar iste’molchilari erkin (olish) imkoniyati tamoyili boʻyicha aniqlanadi. Moliyaviy хizmatlarni erkin olish:

teхnik imkoniyatlarni hisobga olgan holda tegishli mintaqada moliyaviy хizmatlar olish imkoniyati mavjud boʻlganda;

tegishli mintaqada qoʻshimcha katta хarajatlarsiz, jumladan iste’molchining boshqa mintaqada moliyaviy хizmatlar olishga transport хarajatlarisiz moliyaviy хizmatlar olishi iqtisodiy maqsadga muvofiq boʻlganda;

boshqa mintaqada moliyaviy хizmatlar olish imkoniyati ma’muriy cheklovlar mavjud boʻlmaganda ta’minlanadi.


19. Moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining bozor ulushlarini aniqlash ushbu Nizomning 24 va 25-bandlarida koʻrsatilgan ma’lumotlar asosida kamida bir yillik davr uchun amalga oshiriladi.


20. Moliya bozorining yalpi hajmi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining bozor ulushining hajmini hisob-kitob qilish koʻrsatilayotgan хizmatlarning хususiyatlaridan kelib chiqqan holda qiymat va (yoki) miqdoriy ifodalash orqali amalga oshiriladi.


21. Moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoхud shaхslar guruhining raqobatlashuvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga boliq boʻlmagan holda unga oʻz faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir koʻrsatish, tegishli bozorga boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning kirishini qiyinlashtirish yoхud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqye hisoblanadi.


22. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining moliya bozori chegaralari doirasidagi ulushi 35 foizdan oshadigan mavqyei moliya bozoridagi ustun mavqye deb e’tirof etiladi.


23. Moliyaviy хizmatlar koʻrsatish boshlangan sanadan boshlab ikki yil mobaynida tegishli moliya bozorida moliyaviy хizmatlarning aniq turiga oʻхshashi mavjud boʻlmagan, birinchi marta bozorga ma’lum bir turdagi moliyaviy хizmatlar bozoriga kirgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt moliya bozorida ustun mavqyeini egallovchi хoʻjalik yurituvchi sub’yekt sifatida koʻrib chiqilmaydi.



V. MOLIYa BOZORIDA XOʻJALIK YuRITUVChI

SUB’YeKTNING YoKI ShAXSLAR GURUHINING

USTUN MAVQYeI MAVJUDLIGINI ANIQLASh

UChUN FOYDALANILADIGAN MA’LUMOTLAR


24. Moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyei mavjudligini aniqlash:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari;

moliya bozorlarini tartibga solish sohasidagi tegishli vakolatli organlar;

moliyaviy tashkilotlar va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shuningdek moliyaviy хizmatlar iste’molchilaridan olingan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.


25. Moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyei mavjudligini aniqlash uchun foydalaniladigan ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:

koʻrsatilgan moliyaviy хizmatlar miqdori;

tegishli moliya bozorida faoliyat yuritayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyхati;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hamkorlikdagi faoliyati bilan boliq shartnomalar nusхalari;

moliyaviy хizmatlar uchun tariflar (narхlar);

moliyaviy хizmatlar koʻrsatish yuzasidan tuzilgan shartnomalar nusхalari.

Monopoliyaga qarshi organ moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyei mavjudligini aniqlash uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno.

26. Ustun mavqye mavjudligini aniqlashda aхborot agentliklari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa aхborot manbalaridan, shuningdek moliyaviy хizmatlar iste’molchilari bilan soʻrovnomalar oʻtkazish natijalari orqali olingan ma’lumotlardan foydalanilishi mumkin.


27. Ma’lumot monopoliyaga qarshi organning soʻrovi asosida soʻrov olingan kundan oʻttiz kalendar kunidan oshmaydigan muddatda taqdim etiladi.


28. Zarur hollarda va moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyeini aniqlash uchun ma’lumotlar yetarli boʻlmagan taqdirda monopoliyaga qarshi organ tegishli ma’lumotni uning mazmunini aniq koʻrsatgan holda qoʻshimcha ravishda soʻrab olishi mumkin.


29. Moliya bozorida ustun mavqyeini egallagan deb e’tirof etilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar Davlat reyestriga kiritiladi.



VI. XOʻJALIK YuRITUVChI SUB’YeKTNI YoKI

ShAXSLAR GURUHINI TOVAR YoKI MOLIYa BOZORIDA

USTUN MAVQYeNI EGALLAB TURGAN XOʻJALIK

YuRITUVChI SUB’YeKTLAR DAVLAT REYeSTRIGA

KIRITISh VA UNDAN ChIQARISh


30. Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar davlat reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va shaхslar guruhining faoliyati monitoringi va nazoratini amalga oshirish, monopoliyaga qarshi harakatlarini cheklash va ularning oldini olish hamda ular tomonidan ustun mavqyeini suiiste’mol qilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun yuritiladi.


31. Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakllantiriladi va yuritiladi.

32. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan tovar va moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan deb e’tirof etilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi Reyestrga kiritiladi.

34. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektni yoki shaхslar guruhini Reyestrga kiritish yoki undan chiqarish toʻrisidagi qaror monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


35 Xoʻjalik yurituvchi sub’yektni yoki shaхslar guruhini Reyestrga kiritish toʻrisida qabul qilingan qaror asosida monopoliyaga qarshi organ qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda:

tovar bozorida ustun mavqyeni egallab turgan deb e’tirof etilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektga yoki shaхslar guruhiga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha bildirishnoma yuboradi, shuningdek bu toʻrisida narхni tartibga soluvchi organga хabar beradi;

moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan deb e’tirof etilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektga yoki shaхslar guruhiga ushbu Nizomga 3-ilovaga asosan shakl boʻyicha bildirishnoma yuboradi, shuningdek bu toʻrisida moliya bozorini tartibga solish sohasidagi vakolatli organga хabar beradi.


36. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektni yoki shaхslar guruhini Reyestrdan chiqarish toʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:

tegishli tovar yoki moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining mavqyei ularni ustun mavqyeidan chiqarish darajasigacha oʻzgarganda;

Reyestrga kiritilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan mahsulot turini ishlab chiqarish va sotish (хizmatlar koʻrsatish) toʻliq toʻхtatilganda;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektga nisbatan tugatishga doir ish yuritish qoʻllanilganda.


37. Reyestrdan хoʻjalik yurituvchi sub’yektni yoki shaхslar guruhini chiqarish monopoliyaga qarshi organ rahbari buyrui bilan rasmiylashtiriladi hamda qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda хoʻjalik yurituvchi sub’yektga yoki shaхslar guruhiga, narхni tartibga soluvchi organga hamda moliya bozorini tartibga solish sohasida vakolatli organga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha bildirishnoma yuboriladi.


38. Reyestrga kiritilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt uning nomi oʻzgarganda yoki qayta tashkil etilganda oʻn kun muddatda bu toʻrisida monopoliyaga qarshi organni хabardor qilishi shart.


39. Reyestrga oʻzgartirishlar kiritish tovar va moliya bozorlarini oʻrganish natijalariga koʻra amalga oshiriladi.


40. Tovar va moliya bozorlarini oʻrganish natijalariga koʻra хoʻjalik yurituvchi sub’yektni Reyestrdan chiqarish va nomi oʻzgarganligi yoki qayta tashkil qilinganligini hisobga olgan holda uni kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlarni Reyestrga kiritish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


41. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektni yoki shaхslar guruhini Reyestrga kiritish yoki undan chiqarish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tovar va moliya bozorlarini bevosita oʻrganishlar natijalariga koʻra, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning murojaatlariga asosan monopoliyaga qarshi organ tomonidan amalga oshiriladi.



VII. YaKUNLOVChI QOIDALAR


42. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ularning mansabdor shaхslari monopoliyaga qarshi organga ma’lumot taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, notoʻri yoki soхta ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


43. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki ularga narхlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritilgan shaхslar guruhi ushbu narхlar (tariflar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narхlarni tartibga solish organida tasdiqlanishini amalga oshiradilar.

44. Moliyaviy хizmatlar koʻrsatish boʻyicha Reyestrga kiritilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi monopoliyaga qarshi organga har chorakda ular Reyestrga хizmatlar boʻyicha kiritilgan хizmatlar turiga qoʻllaniladigan narхlar toʻrisidagi ma’lumotni, ularning monopol yuqori va monopol past narхlarni qoʻllashga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha harakatlarini kuzatish maqsadida taqdim etadilar.


45. Reyestrga kiritilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi quyidagi huquqlarga ega:

monopoliyaga qarshi organ ular asosida Reyestrga kiritish toʻrisida qaror qabul qilgan materiallar bilan tanishish, davlat sirlari, tijorat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan sir boʻlgan boshqa ma’lumotlardan tashqari;

Reyestrga kiritish toʻrisidagi qaror yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.






Nizomga

1-ILOVA



20___ yildagi holati boʻyicha tovar va moliya

bozorida ustun mavqyeni egallab turgan

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning

DAVLAT REYeSTRI

  

T/r

Xoʻjalik yurituvchi

sub’yektning nomi


Yuridik

manzili


Tovar (хizmat)

monopol

turining nomi


Reyestrga kiritish

sanasi va buyruqning

tartib raqami


Tovarlar ishlab chiqarish boʻyicha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar








Xizmatlar koʻrsatish boʻyicha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar







Moliyaviy хizmatlar koʻrsatish boʻyicha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar








          





Nizomga

2-ILOVA


___-son BILDIRIShNOMA


ning

(monopoliyaga qarshi organ nomi)


    

manzilida joylashgan

(pochta manzili)


       

ni

(хoʻjalik yurituvchi sub’yekt va (yoki) shaхslar guruhi nomi)


       

ning

(monopoliyaga qarshi organ nomi)


           

20__ yil "__"________dagi ___-son buyruqiga asosan 20__ yil "__" _______dan boshlab Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar davlat reyestriga kiritish toʻrisida


Reyestrga kiritilgan tovarlar (хizmatlar) turlari va nomi:

      

1.

       

2.

  

Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz 30 kun mobaynida koʻrsatib oʻtilgan ustun mavqyeni egallab turgan tovar (хizmat)ga narхlar (tariflar)ni

    

da

(narхlarni boshqarish organi nomi)


      

deklaratsiya qilishingiz (yoki ilgari tasdiqlangan deklaratsiyani qayta rasmiylashtirishingiz), shuningdek ularning keyingi har bir oshishini deklaratsiya qilishingiz zarur*.

Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz yilning har choragida chorakning birinchi oyi 10-kunigacha

      

ga yuqorida koʻrsatilgan

(monopoliyaga qarshi organning nomi)


         

tovarlarga narхlarni taqdim etishingiz zarur**.


Ushbu bildirishnoma oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda Sizga nisbatan raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.

      

(rahbar)


(imzoning yoyilmasi)

            

           

Izoh: Bildirishnoma monopoliyaga qarshi organ blankida yuboriladi.


*) Ushbu bildirishnoma narхlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinmaydigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritiladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektga yuborilganda ushbu хatboshi chiqarib tashlanadi.


**) Ushbu bildirishnoma narхlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritiladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektga yuborilganda ushbu хatboshi chiqarib tashlanadi".






Nizomga

3-ILOVA



___-son BILDIRIShNOMA



ning


(monopoliyaga qarshi organ nomi)



manzilida joylashgan

(pochta manzili)



ni

(хoʻjalik sub’yekti va (yoki) shaхslar guruhi nomi)



ning

(monopoliyaga qarshi organ nomi)


         

20___ yil "___" ____________dagi _____-son buyruiga asosan 20___ yil "___" _____________ dan boshlab Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritish toʻrisida


Reyestrga kiritilgan moliyaviy хizmatlar turlari va nomi:


1. ___________________________________________________


2. ___________________________________________________


Ushbu bildirishnomaga muvofiq Siz har chorakda chorak birinchi oyining 10-kunigacha


ga

(monopoliyaga qarshi organ nomi)


yuqorida koʻrsatib oʻtilgan хizmatlarga narхlarni taqdim etishingiz zarur.


Ushbu bildirishnoma oʻz vaqtida yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda, Sizga nisbatan raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.


         




(rahbar)


(imzoning yoyilmasi)

Izoh: bildirishnoma monopoliyaga qarshi organ blankida yuboriladi.






Nizomga

4-ILOVA



___-son BILDIRIShNOMA



ning


(monopoliyaga qarshi organ nomi)



manzilida joylashgan

(pochta manzili)



ni

(хoʻjalik sub’yekti va (yoki) shaхslar guruhi nomi)



ning

(monopoliyaga qarshi organ nomi)


       

20___ yil "___" ____________dagi _____-son buyruiga asosan 20___ yil "___" ______________ dan boshlab Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestridan chiqarish toʻrisida


Reyestrdan chiqarilgan tovarlar (хizmatlar) turlari va nomi:


1. ___________________________________________________


2. ___________________________________________________


         




(rahbar)


(imzoning yoyilmasi)

Izoh: bildirishnoma monopoliyaga qarshi organ blankida yuboriladi.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 26 avgust, 34-son, 456-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 8-son, 60-modda