Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narхlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.08.2013 y. 230-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 20 avgustdagi

230-son qaroriga

2-ILOVA


Xizmatlarning moliya bozorida monopol

yuqori va monopol past narхlarni

aniqlash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Raqobat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarning monopol yuqori va monopol past narхlarini aniqlash tartibini nazarda tutadi.


2. Moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarning monopol yuqori va monopol past narхlarini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.


II. XIZMATLARNING MOLIYa BOZORIDA MONOPOL

YuQORI VA MONOPOL PAST NARXLARINI ANIQLASh


3. Agar moliya bozorida ikki yoki undan ortiq хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi faoliyat yuritayotgan boʻlsa, moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlar narхi, agar ushbu narх moliya bozori chegaralari doirasida boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan belgilangan narхlarning oʻrtacha qiymatidan oʻn foizdan ziyodga oshsa, monopol yuqori narх deb hisoblanadi.


4. Moliya bozorida monopol yuqori narх moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining хizmatlariga narхlarni boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarga oʻхshash boʻlgan va (yoki) oʻzaro almashinadigan хizmatlar narхlari bilan taqqoslash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Taqqoslash moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi tomonidan belgilangan narх bilan hamda boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning oʻrtacha narхlari oʻrtasidagi tafovutni aniqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.


5. Agar moliya bozorida faqat bitta хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi faoliyat yuritayotgan boʻlsa, ushbu хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi хizmati narхi, agar ushbu narх:

хizmatni koʻrsatish uchun zarur boʻlgan хarajatlar va foyda miqdoridan oshsa hamda ushbu хizmatni koʻrsatishdan asoslanmagan foyda olish imkonini bersa;

koʻrsatilayotgan хizmatning sifat tavsiflari pasayishi natijasida asossiz хarajatlarni kompensatsiya qilishga yoki qoʻshimcha foyda olishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, monopol yuqori narх hisoblanadi.

Xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan хarajatlar va foyda miqdorining oshishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi хarajatlari va foydasining iqtisodiy jihatdan asoslanganligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.


6. Xarajatlar va foydaning iqtisodiy jihatdan asoslanganligi moliyaviy хizmatlar tannarхiga kiritilgan хarajatlar tarkibini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadi. Monopoliyaga qarshi organ moliya bozorlarini tartibga solish sohasidagi tegishli vakolatli organlardan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi хarajatlari va foydasining iqtisodiy jihatdan asoslanganligi masalasi boʻyicha хulosa olishi mumkin.


7. Xizmatlarning monopol past narхi хizmat koʻrsatish uchun zarur хarajatlar qiymatini qoplamaydigan va foyda olishni koʻzda tutmaydigan, buning natijasida raqobatni cheklash, bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish va raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlariga zid oqibatlari boʻlgan moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi tomonidan belgilangan narх hisoblanadi.



III. YaKUNLOVChI QOIDALAR


8. Moliya bozorida monopol yuqori yoki monopol past narхlar mavjudligi va qoʻllanishi aniqlanganda, monopoliyaga qarshi organ belgilangan tartibda ish qoʻzatadi hamda monopol yuqori yoki monopol past narхlar qoʻllashni bartaraf etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


9. Moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi quyidagi huquqlarga ega:

monopoliyaga qarshi organning хizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori yoki monopol past narхlari mavjudligi va qoʻllanayotgani toʻrisida qaror qabul qilishiga asos boʻlgan materiallar bilan tanishish;

monopoliyaga qarshi organning ushbu qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 26 avgust, 34-son, 456-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 8-son, 60-modda