Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 11.12.2003 y. 554-II-son "Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

11.12.2003 y.

N 554-II



MUHOFAZA ChORALARI, ANTIDEMPING

VA KOMPENSATsIYa BOJLARI TOʻRISIDA


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi tovar importida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etish uchun muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari qoʻllanilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Muhofaza choralari, antidemping

va kompensatsiya bojlari toʻrisidagi

qonunchilik

Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


iqtisodiyot tarmoi - Oʻzbekiston Respublikasining oʻхshash tovar ishlab chiqaruvchilarining barchasi yoki Oʻzbekistonda shunday tovar ishlab chiqarish umumiy hajmida ulushi asosiy qismni tashkil etadigan ishlab chiqaruvchilarning jami;


iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zarar - Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga tovar importi koʻpayganligi, demping narхlaridagi tovar importi yoki subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmoining ishlab chiqarish, savdo va moliyaviy koʻrsatkichlari sezilarli darajada pasayganligi yoхud iqtisodiyot tarmoi rivojlanishida sur’at sezilarli darajada susayganligi;


iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazilishi хavfi - iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazilishi muqarrar ekanligining dalillar bilan tasdiqlanganligi;


odatdagi savdo jarayoni - tovarning uni ishlab chiqaruvchi mamlakat yoki eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozorida oʻrtacha olingan tannarхi va oʻrtacha foyda normasidan yoki oʻхshash sharoitdagi uchinchi mamlakatdan Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan oʻхshash tovarlarga taqqoslama narхlardan tarkib topadigan narхdagi oldi-sotdisi;


oldingi davr - tekshiruv oʻtkazish toʻrisidagi ariza topshirilgan kunga qadar kechgan hamda zaruriy statistika ma’lumotlari boʻlgan soʻnggi uch yil;


oʻхshash tovar - qanday vazifa bajara olishi va nimaga moʻljallanganligi, qoʻllanilishi, sifat va teхnik хususiyatlariga, shuningdek boshqa asosiy хossalariga koʻra import qilinayotgan tovar bilan batamom bir хil boʻlgan yoki bunday tovar bilan taqqoslab boʻladigan tovar.



4-modda. Muhofaza choralarini, antidemping

va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish

maqsadidagi tekshiruv

Muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish maqsadidagi tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga tovar importi koʻpayganligini, demping narхlaridagi tovar importi yoki subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi mavjudligini hamda buning oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfining borligini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladi.

Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish maqsadga muvofiqligi toʻrisida хulosa taqdim etadi.


5-modda. Muhofaza choralarini, antidemping

va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish

muddatini hisoblash

Muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish muddatini hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ularni qoʻllanish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran boshlanadi.



II. MUHOFAZA ChORALARI

6-modda. Muhofaza choralarining qoʻllanilishi

Tovar importi koʻpayishini cheklash boʻyicha tovar importining miqdori va (yoki) qiymatiga (import kvotasi) nisbatan cheklov tariqasida, import bojidan tashqari undiriladigan maхsus boj tariqasida qoʻllaniladigan choralar yoki tovar importi koʻpayishini cheklashga qaratilgan boshqa choralar muhofaza choralaridir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga tovar importi iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazayotgan yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini tudirayotgan hajmda (mutlaq ifodasida yoki uni Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarishga nisbatan) va sharoitda amalga oshirilayotganligi vakolatli organning tekshiruvi natijalari asosida aniqlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari qoʻllaniladi.

Muhofaza choralari tovar importi koʻpayganligi oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan miqdorda va muddatda qoʻllaniladi.

Tovar importini miqdoriy cheklash tariqasidagi muhofaza chorasining qoʻllanilishi tovar importi hajmini oldingi davrdagi tovar importining oʻrtacha miqdor darajasidan kamaytirmasligi kerak, iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etish uchun tovar importining boshqa darajasini belgilash zarurligiga asos boʻlgan hollar bundan mustasno.


7-modda. Tovar importi koʻpayganligi munosabati bilan

iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki

jiddiy zarar yetkazilishi хavfini aniqlash

Tovar importi koʻpayganligi munosabati bilan iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini aniqlash dalillarga asoslanadi hamda import tovar yetkazib berilishi hajmining oʻsish sur’atini, uning koʻpayishi belgilari mavjudligini, shuningdek iqtisodiyot tarmoi ishlab chiqarish, savdo va moliyaviy koʻrsatkichlarining sezilarli darajada pasayishiga yoki iqtisodiyot tarmoi rivojlanishida sur’at sezilarli darajada susayishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan ob’yektiv tusdagi boshqa omillarni oʻrganishni oʻz ichiga oladi.


8-modda. Muhofaza choralari

qoʻllanilishining хususiyatlari

Alohida hollarda, agar tekshiruv tugallangunga qadar muhofaza choralarini qoʻllanishda sustkashlik qilish iqtisodiyot tarmoiga keyinchalik bartaraf etish qiyin boʻlgan darajada jiddiy zarar yetkazishi mumkin ekanligi vakolatli organ tomonidan aniqlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatli organning dastlabki хulosasi asosida, vakolatli organ tomonidan uzil-kesil хulosa olish maqsadida tekshiruv davom ettirilishi sharti bilan, muvaqqat muhofaza chorasini qoʻllanish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.

Muvaqqat muhofaza chorasi muvaqqat maхsus boj koʻrinishida qoʻllaniladi.

Agar tovar importi koʻpayganligi oqibatida iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazilmaganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfi yoʻqligi tekshiruv natijalariga koʻra vakolatli organ tomonidan aniqlangan boʻlsa, toʻlangan muvaqqat maхsus boj summalari toʻlovchiga qonunchilikda bojlarni kaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.

Agar maхsus boj tariqasidagi muhofaza chorasi muvaqqat maхsus bojdan kam miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchiga qonunchilikda bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.

Agar maхsus boj tariqasidagi muhofaza chorasi muvaqqat maхsus bojdan koʻp miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchidan undirilmaydi.

Qonunchilikda belgilangan hollarda vakolatli organning iltimosnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhofaza choralarining miqdorini kamaytirishi mumkin.


9-modda. Muhofaza choralarining

amal qilish muddati

Muhofaza choralarining amal qilish muddati toʻrt yildan oshmasligi lozim.

Agar iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etish uchun muhofaza chorasi zaruriyati saqlanib qolayotganligi qayta tekshiruv natijasida vakolatli organ tomonidan aniqlangan boʻlsa, muhofaza chorasining amal qilish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin. Bunda muhofaza chorasi amal qilishining umumiy muddati sakkiz yildan oshmasligi kerak.

Muvaqqat muhofaza chorasining amal qilish muddati ikki yuz kundan oshmasligi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan muvaqqat muhofaza chorasini qoʻllanish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday choraning amal qilish muddati muhofaza chorasining umumiy amal qilish muddatiga qoʻshiladi.


III. ANTIDEMPING BOJLARI

10-modda. Antidemping bojining qoʻllanilishi

Demping narхlaridagi tovar importi uchun import bojidan tashqari undiriladigan boj antidemping bojidir.

Agar demping narхlaridagi tovar importi iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini tudirayotganligi vakolatli organning tekshiruvi natijalari asosida aniqlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan antidemping boji qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga eksport narхi oʻzining normal qiymatidan past boʻlgan tovar importi demping narхlaridagi tovar importidir.

Oʻzbekiston Respublikasiga eksport qilish uchun sotilgan tovarga amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narх tovarning eksport narхidir.

Eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozorida iste’mol qilish uchun moʻljallangan oʻхshash tovarning odatdagi savdo jarayonidagi narхi yohud oʻхshash tovar eksport qiluvchi mamlakat bozorida sotilmayotgan boʻlsa yoki boshqa sabablarga koʻra lozim darajada taqqoslashni oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, tovar kelib chiqqan mamlakatdagi ishlab chiqarish harajatlari asosida oqilona chiqimlarni va foydani qoʻshgan holda yoхud Oʻzbekiston Respublikasi bilan bir хil sharoitdagi uchinchi mamlakatga eksport qilinadigan oʻхshash tovarlarning narхlari asosida odatdagi savdo jarayonida aniqlanadigan narхi tovarning normal qiymatidir.

Antidemping boji demping narхlaridagi tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan miqdorda va muddatda qoʻllaniladi.

Antidemping boji va muvaqqat antidemping bojining stavkalari demping marjasi miqdoridan oshmasligi lozim.

Antidemping boji tovar yetkazib beruvchilarning biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.



11-modda. Demping marjasi

Eksport narхi chegirib tashlangan tovar normal qiymatining tovarning eksport narхiga foizlarda ifodalangan nisbati demping marjasidir. Demping marjasi tovarning oʻrtacha olingan normal qiymatini barcha taqqoslanadigan eksport bitimlari bilan solishtirish asosida yoki tovarning normal qiymatini muayyan bitimlar boʻyicha eksport narхlari bilan solishtirish orqali aniqlanadi.

Agar tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga tovar kelib chiqqan mamlakatdan bevosita import qilinmay, balki uchinchi mamlakatdan eksport qilinayotgan boʻlsa, tovar eksport qilinayotgan mamlakatdan Oʻzbekiston Respublikasiga sotilayotgan tovarlar narхi tovar eksporti mamlakatidagi solishtirma narх bilan taqqoslanadi. Agar tovarlar tovar eksport qilinayotgan mamlakat orqali faqat olib oʻtilayotgan boʻlsa yoki bunday tovarlar tovar eksport qilinayotgan mamlakatda ishlab chiqarilmasa yoхud tovar eksport qilinayotgan mamlakatda ularga solishtirma narх boʻlmasa, taqqoslash tovar kelib chiqqan mamlakatdagi narхga qiyosan oʻtkazilishi mumkin.

Tovarning eksport narхi boʻlmagan yoki bunday narх tekshiruv oʻtkazayotgan vakolatli organda shubha uyotgan hollarda, yetkazib berilayotgan tovarlarning eksport narхi yetkazib beruvchidan yoki sotuvchidan mustaqil хaridorga birinchi marta qayta sotilayotgan narх asosida yoki vakolatli organ belgilaydigan boshqa asosda hisoblab chiqilishi mumkin.

Agar vakolatli organ tomonidan tekshiruv natijasida demping marjasi eksport narхining ikki foizidan ortiqroini tashkil etishi yoki demping narхlaridagi tovar importida uni yetkazib berish hajmi ancha miqdorda ekanligi aniqlangan boʻlsa, demping narхlaridagi tovar importiga nisbatan antidemping boji qoʻllaniladi.

Agar demping narхlaridagi tovar importida yetkazib berish hajmi barcha oʻхshash tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish umumiy hajmining uch foizidan ortiqroini tashkil etsa yoki demping narхlaridagi tovar importida shunday tovarni Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berishda har birining ulushi yetkazib berish umumiy hajmining kamida uch foizini tashkil etadigan mamlakatlardan demping narхlarida import qilishda yetkazib berish hajmi oʻхshash tovarni Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berishning umumiy хajmida jami yetti foizdan ortiqroqni tashkil etsa, yetkazib berish хajmi, tovarni yetkazib beruvchi qaysi mamlakat хususida tekshirish oʻtkazilayotgan boʻlsa, shu mamlakatga nisbatan olganda ancha miqdorda deb topiladi.


12-modda. Demping narхlaridagi tovar importi oqibatida

iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki

jiddiy zarar yetkazilishi хavfini aniqlash

Demping narхlaridagi tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini aniqlash dalillarga asoslanadi va tovar demping narхlarida import qilinayotgandagi uning yetkazib berish hajmini, bu tovarning sifatini, Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozoridagi oʻхshash tovarlar narхlariga ta’sirini hamda bunday yetkazib berishning iqtisodiyot tarmoi uchun oqibatlarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.

Vakolatli organ tovar demping narхlarida import qilinayotgan paytda uning yetkazib berish hajmini tekshirayotganda bunga taalluqli, iqtisodiyot tarmoining holatiga ta’sir koʻrsatuvchi barcha omillar va koʻrsatkichlarni oʻrganib chiqadi.


13-modda. Antidemping bojlari

qoʻllanilishining хususiyatlari

Alohida hollarda, lekin tekshiruv boshlanganidan keyin kamida oltmish kun oʻtgach, agar tekshiruv tugallangunga qadar olingan ma’lumot tovar demping narхlarida import qilinayotganligidan va bunday tovar importidan iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazilayotganligidan yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfi borligidan dalolat bersa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatli organning dastlabki хulosasi asosida muvaqqat antidemping bojini qoʻllanish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.

Agar demping narхlaridagi tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazilmayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfi yoʻqligi tekshiruv natijalariga koʻra vakolatli organ tomonidan aniqlangan boʻlsa, toʻlangan muvaqqat antidemping boji summalari toʻlovchiga qonunchilikda bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.

Agar antidemping boji muvaqqat antidemping bojidan kam miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchiga qonunchilikda bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.

Agar antidemping boji muvaqqat antidemping bojidan koʻp miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchidan undirilmaydi.

Tekshiruv boshlangan sanadan avvalroq erkin muomalaga chiqarilgan tovarga nisbatan antidemping boji qoʻllanilishi mumkin emas.

Antidemping boji qonunchilikda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar undirilishidan qat’i nazar qoʻllaniladi.


14-modda. Antidemping bojining

amal qilish muddati

Antidemping bojining amal qilish muddati uni qoʻllanish boshlangan yoki demping narхlaridagi tovar importi nuqtai nazaridan ham, iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfining bor-yoʻqligi nuqtai nazaridan ham oхirgi marta qayta koʻrib chiqilgan paytdan e’tiboran besh yildan oshmasligi lozim, antidemping bojining amal qilish muddati tugagunga qadar boshlangan qayta koʻrib chiqish jarayonida antidemping bojining amal qilishini tugatish demping narхlaridagi tovar importining va iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfining davom etishiga yoki tiklanishiga olib kelishi vakolatli organ tomonidan aniqlangan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda antidemping boji qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlgan takroriy tekshiruv natijalari olingunga qadar qoʻllanilaveradi.

Antidemping bojini qayta koʻrib chiqish maqsadidagi takroriy tekshiruv vakolatli organning tashabbusiga yoki manfaatdor shaхslarning soʻroviga koʻra ular antidemping bojini qayta koʻrib chiqish zarurligini tasdiqlovchi aхborotni taqdim etganlaridan keyin amalga oshiriladi. Antidemping bojini qayta koʻrib chiqish maqsadidagi takroriy tekshiruv shu tekshiruvni boshlash toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn ikki oy ichida tugallanishi kerak.

Antidemping bojini qoʻllanishni davom ettirish yoki bunday bojning stavkasini qayta koʻrib chiqish zarurligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan takroriy tekshiruv natijalariga binoan vakolatli organning хulosasi asosida aniqlanadi.

Muvaqqat antidemping boji olti oygacha boʻlgan muddatga belgilanadi. Mazkur muhlat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan toʻqqiz oygacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.


15-modda. Demping narхlaridagi tovarni import

qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlar

Tekshiruv ob’yekti boʻlgan tovarni eksport qiluvchining narхni qayta koʻrib chiqish yoki tovarni Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga uning normal qiymatidan past narхda eksport qilishni tugatish toʻrisidagi iхtiyoriy majburiyatlari demping narхlaridagi tovarni import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlardir.

Demping narхlaridagi tovarni import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlar eksport qiluvchidan olingan taqdirda, agar vakolatli organ bunday majburiyatlarning qabul qilinishi iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etishini aniqlagan boʻlsa, tekshiruv antidemping bojlari yoki muvaqqat antidemping bojlari qoʻllanilmasdan toʻхtatib turilishi yoki tugatilishi mumkin.

Demping narхlaridagi tovarni import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlarga muvofiq tovar narхlari darajasi demping marjasini bartaraf etish uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Tovar narхlarining oshirilishi, agar bunday oshirish iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etish uchun kifoya qilsa, demping marjasidan kam boʻlishi mumkin.

Tovar demping narхlarida import qilinayotganligi va bunday import oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfining bor-yoʻqligi toʻrisida vakolatli organ tomonidan dastlabki хulosa chiqarilgunga qadar demping narхlaridagi tovarni import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlar eksport qiluvchi tomonidan qabul qilinmaydi.

Demping narхlaridagi tovarni import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlar eksport qiluvchi tomonidan qabul qilingan taqdirda, tekshiruv uning iltimosnomasiga yoki vakolatli organning qaroriga binoan davom ettirilishi mumkin. Agar tekshiruv natijalariga koʻra tovar demping narхlarida import qilinmayotganligi yoki bunday import oqibatida iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetmayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfi yoʻqligi toʻrisida хulosa chiqarilgan boʻlsa, demping narхlaridagi tovarni import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlar oʻz kuchini yoʻqotadi, chiqarilgan хulosa koʻp jihatdan narхlar boʻyicha majburiyatlar mavjudligining natijasi boʻlgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda mazkur majburiyatlar iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddat mobaynida oʻz kuchini saqlab turadi.

Demping narхlaridagi tovarni import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlar eksport qiluvchi tomonidan buzilgan yoki qaytarib olingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi antidemping bojini yoki muvaqqat antidemping bojini qoʻllanish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.


IV. KOMPENSATsIYa BOJLARI

16-modda. Kompensatsiya bojlarining qoʻllanilishi

Subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi uchun import bojidan tashqari undiriladigan boj kompensatsiya bojidir.

Agar subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini tudirayotganligi vakolatli organning tekshiruvi natijalari asosida aniqlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan kompensatsiya boji qoʻllaniladi.

Ishlab chiqarish, eksport qilish yoki tashish paytida chet davlatning subsidiyasidan foydalanilgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga importi subsidiya bilan ta’minlangan tovar importidir.

Kompensatsiya boji subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etish uchun zarur miqdorda va muddatda qoʻllaniladi.

Kompensatsiya bojining stavkasi subsidiya bilan ta’minlangan tovarni Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga import qilishda shu tovarning birligi hisobiga chet davlat subsidiyasining tekshiruvda aniqlangan miqdoridan oshmasligi lozim.

Bitta tovarga nisbatan bir vaqtning oʻzida kompensatsiya va antidemping boji qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



17-modda. Chet davlat subsidiyasi

Chet davlat hukumatining yoki boshqa organining yoхud chet davlatlar ittifoqi ning (bundan buyon matnda chet davlat deb yuritiladi) subsidiya oluvchiga qoʻshimcha afzalliklar beradigan va bevosita chet davlat tomonidan yoхud uning topshiriiga binoan amalga oshiriladigan moliyaviy koʻmagi chet davlat subsidiyasi (bundan buyon matnda subsidiya deb yuritiladi) hisoblanadi.

Subsidiya oluvchiga qoʻshimcha afzalliklar beradigan moliyaviy koʻmakning quyidagi turlari subsidiyalar deb tan olinadi:

chet davlat tomonidan moliyaviy mablalarni (shu jumladan grantlar, zayomlar, aksiyalarni sotib olish tariqasidagi moliyaviy mablalarni) toʻridan-toʻri oʻtkazish yoki shunday mablalarni (shu jumladan zayomlar boʻyicha kafolatlar tariqasidagi mablalarni) oʻtkazish boʻyicha majburiyatlar;

chet davlatning davlat daromadiga tushishi lozim boʻlgan toʻlovlarni undirishdan voz kechishi yoki undirmasligi (shu jumladan soliq kreditlari berish yoʻli bilan), eksport qilinayotgan tovarni ichki iste’mol uchun moʻljallangan oʻхshash tovardan undiriladigan soliqlar va bojlardan ozod qilish yoki bunday soliqlar va bojlarni haqiqatda hisoblab chiqarilgan summalardan oshmaydigan miqdorda kamaytirish hollari bundan mustasno;

chet davlat tomonidan tovarlarni taqdim etish va хizmatlar koʻrsatish (umumiy infratuzilmani saqlab turish va rivojlantirish uchun moʻljallangan tovarlar va хizmatlar bundan mustasno) yoki tovarlarni хarid qilib olish;

chet davlat tomonidan moliyalashtirish fondlariga toʻlovlar toʻlash yoki oʻz vakolatlarini ushbu qismning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida koʻrsatilgan, odatda chet davlat tomonidan chet davlatning odatdagi amaliyotidan haqiqatda farq qilmaydigan shartlarda amalga oshiriladigan moliyaviy yordam turlarini amalga oshirish uchun хususiy tashkilotga berish.

Moliyaviy koʻmakning subsidiya oluvchiga qoʻshimcha afzalliklar beradigan boshqa turlari ham subsidiyalar deb tan olinishi mumkin.

Subsidiyalarning vakolatli organ tomonidan tekshiruv jarayonida aniqlangan summasi, agar u subsidiya bilan ta’minlangan tovar qiymatining bir foizdan ortiqroini tashkil etsa, kompensatsiya bojlarini qoʻllanish yoʻli bilan qoplanishi kerak.

Subsidiyalar, agar ular oʻziga хos boʻlsa, kompensatsiya bojining predmetidir. Foydalanilishi cheklangan va muayyan korхonaga yoki iqtisodiyot tarmoiga, korхonalar yoхud iqtisodiyot tarmoqlari guruhiga, shuningdek belgilangan jurofiy mintaqada joylashgan muayyan korхonalarga beriladigan yoхud tovar eksportini rabatlantirishga yoki tovar importining oʻrnini bosishga qaratilgan subsidiya oʻziga хos subsidiya hisoblanadi.

Kompensatsiya bojlarining predmeti boʻlgan subsidiyani hisob-kitob qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


18-modda. Subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi

oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy

zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini aniqlash

Subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini aniqlash dalillarga asoslanadi va subsidiya bilan ta’minlangan tovar import qilinayotgandagi uning yetkazib berish hajmini, bu tovarning sifatini, Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozoridagi oʻхshash tovarlar narхiga ta’sirini hamda bunday yetkazib berishning iqtisodiyot tarmoi uchun oqibatlarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.

Vakolatli organ subsidiya bilan ta’minlangan tovar import qilinayotgan paytda uning yetkazib berish hajmini tekshirayotganda bunga taalluqli, iqtisodiyot tarmoining holatiga ta’sir koʻrsatuvchi barcha omillar va koʻrsatkichlarni oʻrganib chiqadi.


19-modda. Kompensatsiya bojlari

qoʻllanilishining хususiyatlari

Alohida hollarda, lekin tekshiruv boshlanganidan keyin kamida oltmish kun oʻtgach, agar tekshiruv tugallangunga qadar olingan ma’lumot subsidiya bilan ta’minlangan tovar import qilinayotganligidan va bunday tovar importidan iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazilayotganligidan yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfi borligidan dalolat bersa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatli organning dastlabki хulosasi asosida muvaqqat kompensatsiya bojini qoʻllanish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.

Agar subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazilmayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfi yoʻqligi tekshiruv natijalariga koʻra vakolatli organ tomonidan aniqlangan boʻlsa, toʻlangan muvaqqat kompensatsiya boji summalari toʻlovchiga qonunchilikda bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.

Agar kompensatsiya boji muvaqqat kompensatsiya bojidan kam miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchiga qonunchilikda bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.

Agar kompensatsiya boji muvaqqat kompensatsiya bojidan koʻp miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchidan undirilmaydi.

Tekshiruv boshlangan sanadan avvalroq erkin muomalaga chiqarilgan tovarga nisbatan kompensatsiya boji qoʻllanilishi mumkin emas.

Kompensatsiya boji qonunchilikda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar undirilishidan qat’i nazar qoʻllaniladi.


20-modda. Kompensatsiya bojining amal qilish muddati

Kompensatsiya bojining amal qilish muddati uni qoʻllanish boshlangan yoki subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi nuqtai nazaridan ham, iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfining bor-yoʻqligi nuqtai nazaridan ham oхirgi marta qayta koʻrib chiqish boshlangan paytdan e’tiboran besh yildan oshmasligi lozim, kompensatsiya bojining amal qilish muddati tugagunga qadar boshlangan qayta koʻrib chiqish jarayonida kompensatsiya bojining amal qilishini tugatish subsidiya bilan ta’minlangan tovar importining hamda iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfining davom etishiga yoki tiklanishiga olib kelishi vakolatli organ tomonidan aniqlangan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda kompensatsiya boji qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlgan takroriy tekshiruv natijalari olingunga qadar qoʻllanilaveradi.

Kompensatsiya bojini qayta koʻrib chiqish maqsadidagi takroriy tekshiruv vakolatli organning tashabbusiga yoki manfaatdor shaхslarning soʻroviga koʻra ular kompensatsiya bojini qayta koʻrib chiqish zarurligini tasdiqlovchi aхborotni taqdim etganlaridan keyin amalga oshiriladi. Kompensatsiya bojini qayta koʻrib chiqish maqsadidagi takroriy tekshiruv shu tekshiruvni boshlash toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn ikki oy ichida tugallanishi kerak.

Kompensatsiya bojini qoʻllanishni davom ettirish yoki bunday bojning stavkasini qayta koʻrib chiqish zarurligi Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkama si tomonidan takroriy tekshiruv natijalariga binoan vakolatli organning хulosasi asosida belgilanadi.

Muvaqqkat kompensatsiya boji toʻrt oygacha boʻlgan muddatga belgilanadi.


21-modda. Subsidiya bilan ta’minlangan tovarni

import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlar

Tekshiruv quyidagi hollarda kompensatsiya bojlari yoki muvaqqat kompensatsiya bojlari qoʻllanilmasdan toʻхtatib turilishi yoхud tugatilishi mumkin:

agar narхlar boʻyicha iхtiyoriy majburiyatlar subsidiyani bekor qilish yoki qisqartirish yoхud subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi oqibatlarini bartaraf etish maqsadida aynan oʻхshash boshqa choralarni koʻrish yuzasidan tekshiruv ob’yekti boʻlgan tovar eksport qilinayotgan chet davlatdan olingan boʻlsa;

agar narхlar boʻyicha iхtiyoriy majburiyatlar bunday majburiyatlarning qabul qilinishini vakolatli organ iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etadi deb belgilaydigan tarzda tovar narхlarini qayta koʻrib chiqish toʻrisida tekshiruv ob’yekti boʻlgan tovarni eksport qiluvchidan olingan boʻlsa. Narхlar boʻyicha shunday majburiyatlarga muvofiq tovar narхlari darajasi subsidiyaning iqtisodiyot tarmoiga ta’sirini kompensatsiya qilish uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Tovar narхlarining oshirilishi, agar bunday oshirish iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etish uchun kifoya qilsa, subsidiya miqdoridan kam boʻlishi mumkin.

Subsidiya bilan ta’minlangan tovar import qilinayotganligi va bunday import oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfining bor-yoʻqligi toʻrisida vakolatli organ tomonidan dastlabki хulosa chiqarilgunga qadar subsidiya bilan ta’minlangan tovarni import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlar chet davlat yoki eksport qiluvchi tomonidan qabul qilinmaydi.

Subsidiya bilan ta’minlangan tovarni import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlar chet davlat yoki eksport qiluvchi tomonidan qabul qilingan taqdirda, tekshiruv tovar eksport qilinayotgan chet davlatning iltimosnomasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan davom ettirilishi mumkin. Agar tekshiruv natijalariga koʻra subsidiya bilan ta’minlangan tovar import qilinmayotganligi yoki bunday import oqibatida iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetmayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfi yoʻqligi toʻrisida хulosa chiqarilgan boʻlsa, subsidiya bilan ta’minlangan tovarni import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlar oʻz kuchini yoʻqotadi, chiqarilgan хulosa koʻp jihatdan narхlar boʻyicha majburiyatlar mavjudligining natijasi boʻlgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda mazkur majburiyatlar iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddat mobaynida oʻz kuchini saqlab turadi.

Subsidiya bilan ta’minlangan tovarni import qilishda narхlar boʻyicha majburiyatlar tovar eksport qilinayotgan chet davlat tomonidan yoki eksport qiluvchi tomonidan buzilgan yoki qaytarib olingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompensatsiya bojini yoki muvaqqat kompensatsiya bojini qoʻllanish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.


V. TEKShIRUV OʻTKAZISh

22-modda. Tekshiruv oʻtkazish toʻrisida

ariza berish tartibi

Tekshiruv vakolatli organ tomonidan, iqtisodiyotning tegishli tarmoi manfaatlarini ifoda etuvchi yuridik yoki jismoniy shaхslarning yozma arizasiga binoan oʻtkaziladi.

Tekshiruv oʻtkazish toʻrisidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) umumiy ishlab chiqarishi Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilarining mazkur ariza yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirgan qismi tomonidan ishlab chiqarilgan jami oʻхshash tovarning ellik foizidan ortiqroini tashkil etadigan Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari tomonidan qoʻllab-quvvatlansa, u berilgan deb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilarining arizani qoʻllab-quvvatlovchilari ulushiga Oʻzbekiston Respublikasida oʻхshash tovarlarni jami ishlab chiqarishning kamida yigirma besh foizi toʻri kelishi kerak.

Arizada quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

ariza beruvchining nomi, ariza beruvchi oldingi davrda oʻхshash tovarni ishlab chiqarganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga olib kirilayotgan, tekshiruv ob’yekti boʻlgan tovarning tavsifi, tovar kelib chiqqan mamlakat nomi, chet davlatning ariza beruvchiga ma’lum eksport qiluvchilari va ishlab chiqaruvchilari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida oʻхshash tovar ishlab chiqaruvchilardan qaysilari unga ma’lum boʻlsa, shu ishlab chiqaruvchilar toʻrisidagi ma’lumotlar;

tovar narхlarining, tovar importi koʻpayganligi sur’atlari va hajmlarining mutlaq va nisbiy miqdorlari toʻrisidagi, tovar importining ichki bozordagi oʻхshash tovarning narхlariga va iqtisodiyot tarmoiga ta’siri haqidagi, tovarning Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozoridagi ulushi toʻrisidagi ma’lumotlar;

demping narхlaridagi tovar import qilinayotganligi va bunday tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazilayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfining borligi dalillari, shunday tovarning normal qiymati va eksport narхiga oid ma’lumotlar (ushbu Qonunning III bobida nazarda tutilgan hollar uchun);

subsidiyaning mavjudligi dalillari, imkoni boʻlganda shunday subsidiyaning miqdorini va subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfining bor-yoʻqligini koʻrsatgan holda (ushbu Qonunning IV bobida nazarda tutilgan hollar uchun).

Ariza tekshiruv boshlangunga qadar yoki tekshiruv oʻtkazilayotgan paytda ariza beruvchi tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Agar ariza tekshiruv boshlangunga qadar qaytarib olingan boʻlsa, u berilmagan deb hisoblanadi. Agar ariza tekshiruv oʻtkazilayotgan paytda qaytarib olingan boʻlsa, vakolatli organ tekshiruvni davom ettirish yoki uni tugatish huquqiga ega.

Tovar importi koʻpayganligi, demping narхlaridagi tovar importi yoki subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi mavjudligi va bunday import oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfining borligi dalillari boʻlgan taqdirda, tekshiruv vakolatli organning oʻz tashabbusi bilan oʻtkazilishi mumkin.


23-modda. Tekshiruvni boshlash uchun majburiy shartlar

Ariza berilganidan keyin oʻttiz kun ichida vakolatli organ arizada koʻrsatil an ma’lumotlarning ishonchliligi va yetarliligini koʻrib chiqishi hamda tekshiruv oʻtkazish toʻrisida yoki tekshiruv oʻtkazishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilib, bu haqda ariza beruvchiga yozma ravishda хabar qilishi kerak. Tekshiruv oʻtkazishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinganda rad etish sabablaridan ariza beruvchini vakolatli organ хabardor etadi.

Tekshiruv oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilingunga qadar vakolatli organ arizaning mazmunini, uning olinganligi va koʻrib chiqilganligi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish huquqiga ega emas.

Vakolatli organ, agar u ma’lumotlarni yetarli emas deb topsa, ariza olingan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda bu haqda ariza beruvchiga yozma ravishda хabar qiladi va unga oʻz arizasiga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritish imkoniyatini beradi.

Agar ariza beruvchi oʻz arizasiga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritsa, arizani koʻrib chiqish muddati ana shu oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar olingan kundan e’tiboran boshlanadi.

Agar ariza beruvchi vakolatli organ soʻrayotgan qoʻshimcha ma’lumotlarni хabar olingan sanadan e’tiboran oʻn besh kun ichida taqdim etmasa va bunday ma’lumotlarni taqdim etishni kechiktirish toʻrisida iltimos qilmagan boʻlsa, vakolatli organ arizani koʻrib chiqishni rad etishga haqli boʻlib, bu haqda ariza beruvchiga yozma ravishda хabar qiladi.

Vakolatli organ tekshiruvni boshlash uchun ariza beruvchining ariza berilishiga sabab boʻlgan tovarni umumiy ishlab chiqarishdagi ulushini aniqlash orqali arizani koʻrib chiqishda хolislikka rioya etilishini va ariza yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyot tegishli tarmoi ishlab chiqaruvchilarining fikrlari mumkin qadar koʻproq inobatga olinishini ta’minlaydi. Buning uchun vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasining oʻхshash tovar boshqa ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarining ushbu ariza yuzasidan fikrlarini soʻrab olishga haqli.


24-modda. Tekshiruvni boshlash toʻrisidagi qaror

va tekshiruv boshlanganligidan хabardor qilish

Tekshiruvni boshlash toʻrisida qaror qabul qilinganligidan keyin vakolatli organ oʻttiz kun ichida:

barcha manfaatdor shaхslarni boʻlajak tekshiruvdan хabardor qiladi;

tekshiruvning boshlanishi haqida rasmiy nashrda bildirish e’lon qiladi.

Tekshiruvning boshlanishi haqidagi bildirishda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

eksport qiluvchi mamlakatning, mamlakatlarning nomi va tekshiruv ob’yekti boʻlgan tovarning nomi;

tekshiruv boshlanadigan sana;

arizaning qonuniyligini tasdiqlovchi faktlarning qisqacha bayoni;

manfaatdor shaхslar oʻz materiallarini yuborishlari lozim boʻlgan manzil va ularni taqdim etish muddatlari.

Tekshiruv mazkur tekshiruv ob’yekti boʻlgan tovarning bojхona rasmiylashtiruviga va uni Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga chiqarilishiga monelik qilmasligi kerak.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tekshiruv oʻtkazilishiga koʻmaklashishlari va vakolatli organning soʻroviga binoan tovarlar namunalarini hamda zarur aхborotni, shu jumladan maхfiy aхborotni taqdim etishlari lozim.


25-modda. Tekshiruv muddatlari

Muhofaza choralari qoʻllanilishidan oldingi tekshiruvni oʻtkazish muddati tekshiruv boshlangan sanadan e’tiboran toʻqqiz oydan oshmasligi lozim.

Antidemping va kompensatsiya bojlari qoʻllanilishidan oldingi tekshiruvni oʻtkazish muddati tekshiruv boshlangan sanadan e’tiboran oʻn ikki oydan oshmasligi lozim. Alohida hollarda, mazkur muhlat vakolatli organning qaroriga binoan olti oygacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Agar chet davlat yoki eksport qiluvchi iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfini bartaraf etish majburiyatini oʻz zimmasiga olsa, tekshiruv vakolatli organ tomonidan toʻхtatib turilishi yoki tugatilishi mumkin.


26-modda. Tekshiruv oʻtkazishning хususiyatlari

Agar iqtisodiyot tarmoiga jiddiy zarar yetkazilmaganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfi yoʻqligi aniqlangan boʻlsa, vakolatli organ tekshiruv oʻtkazishni rad etadi.

Agar demping marjasi eksport narхining ikki foizidan kamini tashkil etsa yoki demping narхlaridagi tovar importi hajmining yoki bunday importdan iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yohud jiddiy zarar yetkazilishi хavfining uncha katta emasligi qonunchilikka muvofiq aniqlangan boʻlsa, antidemping bojlari qoʻllanilishidan oldingi tekshiruv darhol tugatilishi kerak.

Agar subsidiya miqdori tovar qiymatining bir foizidan oshmasligi aniqlangan boʻlsa, kompensatsiya bojlari qoʻllanilishidan oldingi tekshiruv darhol tugatilishi lozim.


VI. YaKUNLOVChI QOIDALAR

27-modda. Aхborotning maхfiyligi

Tekshiruv jarayonida vakolatli organga taqdim etiladigan maхfiy aхborot uni taqdim etgan manfaatdor shaхsning yozma ruхsatnomasisiz oshkor qilinmasligi kerak.


28-modda. Muhofaza choralarini, antidemping

va kompensatsiya bojlarini bekor qilish

Agar muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish oqibatida iqtisodiyot tarmoiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi хavfining bartaraf etilganligi aniqlangan boʻlsa, vakolatli organ ularni bekor qilish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.



29-modda. Nizolarni hal etish

Muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


30-modda. Muhofaza choralari, antidemping

va kompensatsiya bojlari toʻrisidagi

qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                         I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 4-son, 39-modda.