Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2016 y. PQ-2499-son "Aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.02.2016 y.

N PQ-2499



AHOLINING HOJATMAND QATLAMLARIGA

TIBBIY-IJTIMOIY YoRDAM KOʻRSATISh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh BOʻYIChA

TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 fevraldagi PF-4782-sonli Farmoni ijrosini bajarish hamda nogironlar, yoliz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

markaziy apparat tuzilmasida - hududiy moliya bosh boshqarmasida boshqaruv хodimlari soni 3 nafardan iborat boʻlgan, muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va toʻlash monitoringini amalga oshirish shoʻ’basini;

Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boʻlimlari tuzilmasida - boshqaruv хodimlari soni 2-3 nafardan iborat boʻlgan, muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va toʻlash monitoringini amalga oshirish shoʻ’basini;

tumanlar (shaharlar) moliya boʻlimlari tuzilmasida - boshqaruv хodimlari soni 1 nafar, ishlab chiqarish хodimlarining soni fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish хodimiga biriktiriladigan fuqarolar sonidan kelib chiqib, oʻrnatilgan shtat normativlariga muvofiq muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va toʻlash monitoringini amalga oshirish shoʻ’balarini tashkil etsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidan oʻtkazilayotgan reabilitatsiya markazlari va boshqa tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish muassasalarining kadrlar tarkibini tibbiyot muassasalarini optimallashtirish natijasida boʻshayotgan tibbiyot хodimlari hisobidan mustahkamlash choralarini koʻrsin.


6. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 2 oktyabrdagi PQ-700-sonli qarorining 1 - 7-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 9 mart, 9-son, 86-modda