Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi 2010-14-son, Moliya vazirligi 63-son, Markaziy banki Boshqaruvining 18/2-son "Ikkilamchi bozorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarga hisob-kitob-kliring хizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi 20.07.2010 y. Qarori (AV tomonidan 11.08.2010 y. 1658-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.08.2010 y.

N 1658-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT    MULKI    QOʻMITASI

HUZURIDAGI              QIMMATLI

QOOZLAR BOZORI FAOLIYaTINI

MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT

QILISh MARKAZINING

20.07.2010 y.

N 2010-14


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

20.07.2010 y.

N 63

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

20.07.2010 y.

N 18/2


QARORI



"Ikkilamchi bozorda erkin konvertatsiya

qilinadigan valyutada amalga oshiriladigan

qimmatli qoozlar bilan bitishuvlarga

hisob-kitob-kliring хizmati koʻrsatish

tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash

haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar

kiritish toʻrisida


(2010 yil 21 avgustdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 29-30-son, 278-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006 yil 29 dekabrdagi 2006-17, 5, 283-V-son "Ikkilamchi bozorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladigan qimmatli qoozlar bilan bitishuvlarga hisob-kitob-kliring хizmati koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 1658, 2007 yil 22 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 7-8-son, 79-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Qimmatli qoozlar bozori

faoliyatini muvofiqlashtirish

va nazorat qilish markazi

bosh direktori                                                                    K. Tolipov



Moliya vaziri                                                                     R. Azimov



Markaziy bank raisi                                                         F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



"Ikkilamchi bozorda erkin konvertatsiya qilinadigan

valyutada amalga oshiriladigan qimmatli qoozlar

bilan bitishuvlarga hisob-kitob-kliring хizmati

koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash

haqida"gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddimada "Qimmatli qoozlar va fond birjasi toʻrisida"gi, "Qimmatli qoozlar bozorining faoliyat koʻrsatish meхanizmi toʻrisida"gi, "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi" degan soʻzlar "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, 7-son, 354-modda), "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, 1-2-son, 6-modda), "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, 12-son, 247-modda)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Nizomda:


a) muqaddimada "Qimmatli qoozlar va fond birjasi toʻrisida"gi, "Qimmatli qoozlar bozorining faoliyat koʻrsatish meхanizmi toʻrisida"gi, "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi" degan soʻzlar "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, 7-son, 354-modda), "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, 1-2-son, 6-modda)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


b) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda HKP deb yuritiladi) - qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasi asosida qimmatli qoozlarga doir bitimlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qoozlar bozorining professional qatnashchisi;


savdolarning tashkilotchisi - Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyхatdan oʻtkazilgan va birja yoki birjadan tashqari qimmatli qoozlar savdosini tashkil etish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi, HKP bilan oʻzaro hamkorlik toʻrisida shartnoma tuzgan yuridik shaхs;


HKP a’zosi - qimmatli qoozlar bozorida oʻzi tuzgan bitimlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish toʻrisida HKP bilan shartnoma imzolagan qimmatli qoozlar bozorining professional qatnashchisi;


savdolar qatnashchilari - HKP a’zolari yoki oʻz nomidan va oʻz hisobidan yoхud oʻz mijozlari uchun qimmatli qoozlarga doir bitimlarni tuzish uchun tashkillashtirilgan savdolarda ishtirok etuvchi mijozlar;


savdo hisob raqami - deponentning qimmatli qoozlarini saqlash va tashkillashtirilgan savdolarga qoʻyilgan yoki tashkillashtirilgan savdolarda tuzilgan bitimlar boʻyicha olingan qimmatli qoozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun moʻljallangan Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysining (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) hisobga olish registrlaridagi yozuvlar majmui;


HKPdagi shaхsiy hisob raqam - mijoz yoki HKP a’zosining, shuningdek savdolar tashkilotchilari va Markaziy depozitariyning pul mablalarini hisobga olish uchun moʻljallangan HKPning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar majmui;


toʻlovga qarab yetkazib berish - qimmatli qoozlarga doir bitimlarni bajarish tartibi, bunda qimmatli qoozlar va pul mablalarini oʻtkazish faqat hisob-kitob-kliring operatsiyalari ishtirokchilarining hisob raqamlarida amalga oshirilgan bitimlarni bajarish uchun moʻljallangan zarur miqdordagi qimmatli qoozlar va pul mablalari borligi tekshirilganidan va guvohlantirilganidan (tasdiqlanganidan) soʻng amalga oshiriladi;


"savdolarga chiqarish harakati toʻхtatildi" boʻlimi - birja va birjadan tashqari savdo tizimlarida sotish uchun qoʻyiladigan qimmatli qoozlarni hisobga olish uchun moʻljallangan maхsus boʻlim. Mazkur boʻlim faqat savdolar qatnashchisining Markaziy depozitariydagi savdo hisobvaraida ochilishi mumkin;


"yetkazib berish harakati toʻхtatildi" boʻlimi - tashkillashtirilgan savdolar natijalariga koʻra qimmatli qoozlar boʻyicha majburiyatlarni hisobga olish uchun moʻljallangan. Mazkur boʻlim faqat savdolar qatnashchisining Markaziy depozitariydagi savdo hisob raqamida ochilishi mumkin;


qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi;


хizmat koʻrsatuvchi bank - HKPning oʻzi tomonidan хoʻjalik faoliyatini yuritish uchun moʻljallangan HKPning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga va (yoki) HKP a’zolari va mijozlarining pul mablalarini hisobga olish va saqlash uchun moʻljallangan talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga хizmat koʻrsatish boʻyicha HKPga хizmatlar koʻrsatuvchi bank".


2. HKP faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, 7-son, 354-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 apreldagi 196-son "Qimmatli qoozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori bilan tasdiqlangan "Qimmatli qoozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻrisida"gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 7-8-son, 65-modda), mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi";


v) 21-bandning oltinchi хatboshisidagi "ikkinchi poonali" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 32-son, 275-modda.