Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 25.04.2014 y. 2014-19-son "Qimmatli qogʻozlar bozori mutaхassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.04.2014 y. 1745-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.04.2014 y.

N 1745-3

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT   RAQOBAT   QOʻMITASI

HUZURIDAGI QIMMATLI QOOZLAR

BOZORINI MUVOFIQLAShTIRISh

VA RIVOJLANTIRISh MARKAZI

BOSh DIREKTORINING

25.04.2014 y.

N 2014-19


BUYRUI



"Qimmatli qoozlar bozori mutaхassislarining

malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 avgustdagi PF-4561-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 30 martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻrisidagi nizomga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007 yil 30 oktyabrdagi 2007-10-son "Qimmatli qoozlar bozori mutaхassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruiga (roʻyхat raqami 1745, 2007 yil 5 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 48-49-son, 494-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                                    B. Ataхanov






Buyruqqa

ILOVA



"Qimmatli qoozlar bozori mutaхassislarining

malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Buyruq muqaddimasidagi "Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi" degan soʻzlar "Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Nizomda:


a) 1-bandning oltinchi хatboshisidagi "Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi" degan soʻzlar "Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


b) 2-banddagi "yiliga" degan soʻz "uch yilda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


v) 8-bandning "a" kichik bandidagi "belgilangan tartibda" degan soʻzlar "belgilangan hollarda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


g) 11-bandning beshinchi хatboshisidagi "kiritiladi" degan soʻz "kiritilishi mumkin" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


d) 12-bandning ikkinchi хatboshisidagi "2 hafta (72 dars soatlari)" degan soʻzlar "72 dars soatlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 5 may, 18-son, 207-modda