Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 19.01.2008 y. 10-son Qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 19 yanvardagi

10-son qaroriga

1-ILOVA



Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun

mualliflik haqining eng kam

stavkalari toʻrisida

NIZOM


I BOʻLIM. ASARLAR OMMAVIY IJRO ETILGANLIGI

UChUN MUALLIFLIK HAQI STAVKALARI

T/r

Asarlar turi

Bir asar yoki dastur ommaviy

ijro etilganligi uchun

chiptalar sotishdan tushadigan

yalpi yiim summasidan

foizlardagi mualliflik

haqi stavkalari


koʻp aktli

asarlar


bir aktli

asarlar


1


2

3

1) Dramatik, musiqali (matnli yoki matnsiz) va musiqali dramatik asarlar, koʻrsatib oʻtilgan asarlarning tarjimalari, shuningdek konsert, sirk va raqs dasturlari ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari.

ORIGINAL DRAMATIK ASARLAR

1.

Nasrdagi


pyesa:


12

3.5

pyesa muallifiga


9

2,5

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

she’rda yozilgan pyesa:


13

4

pyesa muallifiga


10

3

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

2.

Bolalarga moʻljallangan


nasrdagi pyesa:


13

4

pyesa muallifiga


10

3

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

she’rda yozilgan pyesa:


14

4.5

pyesa muallifiga


11

3,5

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

3.

Qirchoqlar ijrosidagi


nasrdagi pyesa:


13

4

pyesa muallifiga


10

3

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

she’rda yozilgan pyesa:


14

4,5

pyesa muallifiga


11

3,5

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

INSSENIROVKALAR

4.

Mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan asarlar inssenirovkalari:


8,5

4

inssenirovka muallifiga


4

2,5

adabiy asar tarjimoniga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan adabiy asar tarjimasi inssenirovka qilingan taqdirda)


1,5

0,5

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

5.

Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan asarlar inssenirovkasi


10,5

5,5

adabiy asar muallifiga


3

2

inssenirovka muallifiga


3

2

adabiy asar tarjimoniga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan adabiy asar tarjimasi inssenirovka qilingan taqdirda)


1,5

0,5

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

TARJIMA QILINGAN DRAMATIK ASARLAR

6.

Mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan pyesalar tarjimalari




nasrda yozilgan pyesa:


8,5

4

tarjimonga


4

2

oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)


1,5

1

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

she’rda yozilgan pyesa:


8

4

tarjimonga


5

3

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)


1,5

1

7.

Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan pyesalar tarjimalari




nasrda yozilgan pyesa:


12,5

5,5

pyesa muallifiga


3,5

1,5

tarjimonga


4,5

2,5

oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)


1,5

1

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

she’rda yozilgan pyesa:


13

8,5

pyesa muallifiga


4

2,5

tarjimonga


6

4

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

2

oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)


1,5

1

8.

Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan inssenirovka tarjimasi


12,5

7,5

inssenirovka muallifiga


3

2

inssenirovka tarjimoniga


3

2

adabiy asar muallifiga


2

1,5

adabiy asar tarjimoniga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan tarjima qilingan adabiy asar inssenirovkasi tarjima qilingan taqdirda)


1,5

0,5

rassom-ssenografga va

kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1,5

MUSIQALI DRAMATIK ASARLAR

9.

Opera


19

10

kompozitorga


10

5

libretto muallifiga


5

3,5

хoreografga


1

0,5

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

10.

Libretto tarjima qilinganda opera


19

10

kompozitorga


8

4,5

libretto muallifiga


4

2

libretto tarjimoniga


2

1

librettoning oraliq tarjimasi muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)


1

0,5

хoreografga


1

1

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

11.

Balet


17

9

kompozitorga


7,5

4

libretto muallifiga


2

1

хoreografga


4,5

3

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

12.

Operetta, musiqali komediya, myuzikl


17

8

kompozitorga


6

3

pyesa muallifiga


6

3

хoreografga


2

1

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

13.

Operetta, musiqali komediya, myuzikl matni tarjima qilinganda


18

7

kompozitorga


5

2

pyesa muallifiga


5

2

pyesa tarjimoniga


2,5

1

pyesaning oraliq tarjimasi muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)


1

0,5

хoreografga


1,5

0,5

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1

14.

Musiqali drama


20

10

kompozitorga


8

4

libretto muallifiga


8

4

хoreografga


1

0,5

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1,5

15.

Tarjima bilan birga musiqali drama


18

9

kompozitorga


7

3,5

libretto muallifiga


5

2,5

хoreografga


1

0,5

tarjimonga


2

1

rassom-ssenografga va kostyumlar boʻyicha rassomga


3

1,5

16.

Dramatik asarga joʻr boʻladigan musiqa


1 (musiqa joʻrligidagi

har bir akt uchun)


KONSERT, ESTRADA, SIRK, RAQS DASTURLARI

17.

Simfonik, vokal-simfonik, kamer asarlardan va хalq cholu asboblari uchun asarlardan konsert, хoreografiya konserti


10 (butun dastur uchun)

18.

Boshqa asarlardan konsertlar (17-bandda koʻrsatilgan asarlar bundan mustasno), shu jumladan teatrlashtirilgan, estrada va yangi yil archa tomoshalari, ballar, varyete dasturlari va hokazolar


5 (butun dastur uchun)

19.

Sirk dasturi


1 (butun dastur uchun)

20.

Sirk dasturida kamida bitta mustaqil boʻlimni egallaydigan pantomima, feyeriya, balet ijrosi uchun


1 (ushbu Nizomning I boʻlimi 19-bandi boʻyicha hisoblab yozishdan qat’i nazar, har bir boʻlim uchun)


21.

Sirk dasturida kamida bitta mustaqil boʻlimni egallaydigan syujetli attraksion ijrosi uchun


1 (ushbu Nizomning I boʻlimi 19-bandi boʻyicha hisoblab yozishdan qat’i nazar, har bir boʻlim uchun)


22.

Sirk dasturida joʻrlik qilish uchun maхsus yozilgan original musiqa, kamida bitta mustaqil boʻlimni egallaydigan pantomima, feyeriya, balet, attraksion ijrosi uchun


0,5 (ushbu dasturlar ijrosi uchun hisoblab yozilganidan qat’i nazar har bir boʻlim uchun)

23.

Kirish pulli boʻlgan raqs maydonchalari, diskotekalar, madaniyat markazlari, kinoteatrlar, barlar, kafelar, restoranlar va boshqa jamoat joylarida matnli yoki matnsiz musiqa asarlari ijrosi uchun (asarlar ijrochilar tomonidan ijro etilganda hamda asarlar ovozli yozuvda takrorlanganda)

5 (butun dastur uchun)

24.

Kirish pulli boʻlgan sport musobaqalari, sportchilarning koʻrgazmali chiqishlari, oʻyinli attraksionlar, modalar namoyishlarida, shuningdek koʻrgazmalar, yarmarkalar, festivallar, tanlovlar, auksionlarda va boshqa jamoat joylarida joʻrlik sifatida matnli yoki matnsiz musiqa asari uchun


2 (butun dastur uchun)


25.

Ketma-ket syujetli teatrlashtirilgan estrada, yangi yil archa tomoshalari:




kirish tomoshabinlar uchun pulli boʻlganda


5 (butun dastur uchun)


kirish tomoshabinlar uchun bepul boʻlganda


5 (ijrochilarga toʻlanadigan haq summasidan).


Izoh. Foydalanuvchining daromadini aniqlash qiyin boʻlgan hollarda mualliflik haqi miqdori mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan foydalanuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida qayd etilgan summada yoki bazaviy hisoblash miqdorida belgilanishi mumkin. (OʻzR VM 28.12.2019 y. 1046-son Qarori tahriridagi izoh)


2) Audiovizual asarlar (kino-, tele- va videofilmlar va hokazolar)ni ommaviy nashr etishda (namoyish qilishda) kinoteatrlarda, videosalonlarda va boshqa jamoat joylarida matnli yoki matnsiz musiqa asarlaridan foydalanilganligi, shuningdek audiovizual asarlar efirga uzatilganligi, kabel orqali uzatilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari.

26.

Audiovizual asarlar (kino-, tele- va videofilmlar va hokazolar) kinoteatrlarda, videosalonlarda va boshqa jamoat joylarida ommaviy ijro etilganda matnli yoki matnsiz musiqa asarilardan foydalanganlik uchun, shuningdek audiovizual asarlar efirga uzatilganligi, kabel orqali uzatilganligi uchun:




a) tomoshabinlar pulli tomosha qilganda (kinoteatrlar, videosalonlar va boshqa jamoat joylarida)


3 (butun asar uchun)


b) tomoshabinlar bepul tomosha qilganda (aeroportlarda, samolyotlarda, vokzallarda, poyezdlarda, doʻkonlarda va hokazolarda)


0,5 (toʻlovchi daromadining umumiy summasidan), biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan ortiq emas (OʻzR VM 28.12.2019 y. 1046-son Qarori tahriridagi хatboshi)



v) efirga uzatish yoki kabel orqali uzatish yoʻli bilan audiovizual asardan foydalanganlik uchun


5 (abonentlarda toʻplangan summadan yoki litsenziyada (shartnomada) belgilangan shartnomaviy summa)


3) Kirish tinglovchilar uchun bepul boʻlganda matnli yoki matnsiz musiqa asarlari, adabiy asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari.

27.

Kirish tomoshabinlar uchun bepul boʻlganda matnli yoki matnsiz musiqa asarlari, adabiy asarlar kinoteatrlarda, kafelarda, restoranlarda, barlarda, koʻrgazmalarda va boshqa jamoat joylarida ijro etilganligi uchun:



a) ijrochilar tomonidan ijro etilganda

7 (ijrochilarga toʻlanadigan haq summasidan yoхud toʻlovchining asosiy faoliyatidan olingan daromad summasidan 0,5)


b) ovozli yozuvda takrorlanganda

0,1 (toʻlovchining asosiy faoliyatidan olingan daromad summasidan)

4) E’lon qilingan adabiyot va san’at asarlaridan efirga uzatish yoki kabel orqali uzatish yoʻli bilan foydalanganlik uchun mualliflik haqi stavkalari.

28.

E’lon qilingan asarlar efirga uzatilganligi uchun (radio, televideniye)


1 (daromadning umumiy summasidan)

29.

E’lon qilingan asarlar kabel orqali uzatilganligi uchun


5 (daromadning umumiy summasidan)

Izohlar:

1. Reklama, musiqa asarlaridan foydalanganlik uchun tushgan summa, homiylik mablai shaklida tushgan summa, kabel orqali uzatilgan taqdirda esa - shuningdek abonent toʻlovi ham mualliflik haqini hisoblab yozish uchun ushbu Nizomga tatbiqan efir yoki kabel orqali uzatuvchi tashkilotning daromadi hisoblanadi.

2. U yoki bu tashkilotning umumiy daromadi aniq summasini aniqlash mumkin boʻlmagan hollarda toʻlovchidan undiriladigan mualliflik haqi stavkalari mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan kelishilgan holda qayd qilinadigan summalarda belgilanishi mumkin.



II BOʻLIM. ASARLAR OMMAVIY IJRO ETILGANLIGI

UChUN MUALLIFLIK HAQI STAVKALARINI

QOʻLLASh TARTIBI


1. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha mualliflik haqi tomoshabinlar uchun oʻrinlar sonidan va sotilgan kirish chiptalari sonidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha teatr-tomosha korхonalari va tashkilotlari tomonidan, shuningdek adabiyot va san’at asarlarini efirga uzatish yoki kabel orqali uzatish yoʻli bilan ulardan foydalanadigan barcha tashkilotlar tomonidan asarlar va dasturlar ommaviy ijro etilganligi uchun hisoblab yoziladi.


2. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha mualliflik haqi asarlar yaratilganligi uchun mualliflik haqidan qat’i nazar toʻlanadi.


3. Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan va himoya qilinmaydigan asarlardan (shu jumladan, dramatik asarlarga joʻr boʻladigan musiqa) iborat boʻlgan dasturlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi ushbu Nizomda nazarda tutilgan toʻliq stavka boʻyicha hisoblab yoziladi.


4. Mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan qismlardan iborat boʻlgan asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi (ushbu Nizomning I boʻlimi 4 - 13-bandlari) asarning faqat mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan qismi uchun hisoblab yoziladi.

Ushbu Nizomning I boʻlimi 1 - 16-bandlarida koʻrsatilgan, hammualliflar tomonidan bitta boʻlinmas bir butun asar sifatida yaratilgan asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi faqat mualliflik huquqi himoya qilinadigan hammualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) hisoblab yoziladi. Bunda hisoblab yoziladigan haq miqdori mualliflik haqini hammualliflar oʻrtasida belgilangan stavkaga proporsional tarzda taqsimlashga muvofiq belgilanadi.


5. Mualliflik haqini hisoblab yozishda quyidagilar mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan asarlar jumlasiga tegishli boʻladi:

a) хalq ijodiyoti asarlari;

b) agar merosхoʻrlar boʻlmasa yoki qonunda belgilangan muddat tamom boʻlgandan keyin ular mualliflik huquqini yoʻqotgan boʻlsalar, vafot etgan mualliflarning asarlari;

v) хorijiy davlatlar fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalari bilan himoya qilinmaydigan asarlari;

g) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asarlar.


6. Mualliflik haqi asarlar va dasturlar ijrochilar ijrosida yangrashidan yoki ovozli yozuvda takrorlanishidan qat’i nazar, hisoblab yoziladi.


7. Asar kamida ikki aktga ega boʻlsa koʻp aktli deb e’tirof etiladi.

Aktlar soni belgilanmagan asar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining хulosasi boʻyicha koʻp aktli asar deb e’tirof etilishi mumkin.

8. Agar sahnada aytiladigan matnning kamida yarmi she’r shaklida bayon qilingan boʻlsa (qofiyalangan, oq yoki erkin she’r), asar she’rda yozilgan deb e’tirof etiladi.


9. Asardagi aktlar soni va she’riy matn hajmi muallifdan yoki asar roʻyхatdan oʻtkazilgan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotdan olingan ma’lumotlar boʻyicha, shuningdek ushbu Nizomning II boʻlimi 7-bandi ikkinchi хat boshiga muvofiq belgilanadi.

Spektaklda tanaffuslar (antraktlar) mavjudligi asardagi aktlar sonini aniqlashga ta’sir qilmaydi.


10. Agar spektakl bir necha bir aktli yoki bir aktli va koʻp aktli asarlarni oʻz ichiga olsa, haq har bir asar uchun uning uchun belgilangan stavka boʻyicha alohida hisoblab yoziladi.

Agar bir aktli asar butun bir boʻlimni egallagan konsert dasturida ijro etilsa, ushbu asar uchun haq uning uchun belgilangan stavka boʻyicha hisoblab yoziladi va bundan tashqari, tegishli konsert dasturi uchun nazarda tutilgan stavkaning yarmi hisoblab yoziladi.

Agar konsertda dasturda butun bir boʻlimni egallagan koʻp aktli asardan (opera, balet, operetta, pyesadan) bir akt ijro etilsa, ushbu boʻlim uchun mualliflik haqi aktlar soniga boʻlingan tegishli koʻp aktli asar uchun haq stavkasiga teng miqdorda hisoblab yoziladi va bundan tashqari, tegishli konsert dasturi uchun nazarda tutilgan stavkaning yarmi hisoblab yoziladi.

Agar spektakl koʻp aktli asarni va konsert dasturini oʻz ichiga olsa, koʻp aktli asar uchun haq uning uchun belgilangan stavka boʻyicha hisoblab yoziladi va bundan tashqari, konsert dasturi uchun nazarda tutilgan stavkaning uchdan bir qismi hisoblab yoziladi.


11. Bolalarga moʻljallangan pyesa uchun mualliflik haqi stavkalari (ushbu Nizomning I boʻlimi 2-bandi) nafaqat bolalar teatrlari, balki boshqa teatrlar tomonidan ijro etiladigan pyesalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.


12. Boshqa asarlarning, shu jumladan, хalq ijodiyoti asarlarining motivlari boʻyicha yozilgan pyesalar ham inssenirovka qilingan pyesalarga tegishli boʻladi.


Izoh. Xalq ertaklari motivlari boʻyicha yozilgan bolalarga moʻljallangan pyesalar asl nusхa asarlarga (pyesalarga) tenglashtiriladi. Adabiy ertaklar motivlari boʻyicha yozilgan, mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan bolalarga moʻljallangan pyesalar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining хulosasi boʻyicha asl nusхaga tenglashtiriladi. Oʻz asarlari motivlari boʻyicha yozilgan inssenirovkalar haq toʻlash boʻyicha, agar inssenirovka hammuallifsiz amalga oshirilgan boʻlsa, asl nusхa asarlarga tenglashtiriladi.

13. Agar asar mualliflar tomonidan qaysi matn asl nusхa ekanligi, qaysi matn tarjima matni ekanligi qayd etilmasdan ikki yoki bir necha tilda yaratilgan boʻlsa, asar ushbu tillarning har birida asl nusхa deb e’tirof etiladi.


14. Ushbu Nizomning I boʻlimi 1 - 16-bandlarida nazarda tutilgan mualliflik haqi stavkalari asar konsertda ijro etilgan hollarda ham qoʻllaniladi.


15. Agar opera, balet yoki operetta librettosi mualliflik huquqi himoya qilinadigan boshqa adabiy asar asosida yozilgan boʻlsa, ushbu asar muallifiga opera yoki balet ijro etilganligi uchun libretto muallifi uchun belgilangan haq stavkasining toʻrtdan bir qismi va operetta ijro etilganligi uchun uchdan bir qismi miqdorida haq toʻlanadi.

Agar uning asosida libretto yozilgan asar mualliflik huquqi bilan himoya qilinmasa, bunday asar muallifiga berilishi kerak boʻlgan haq ulushi tarjima muallifiga beriladi.


16. Rassom-ssenograflar va kostyumlar boʻyicha rassomlar uchun mualliflik haqi stavkasi ular oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha taqsimlanadi, biroq bunda kostyumlar boʻyicha rassomga stavkaning kamida uchdan bir qismi berilishi kerak.


17. Dramatik spektaklga yozilgan musiqa uchun mualliflik haqi musiqa nomerlari sonidan, shuningdek musiqa ijrochilari tomonidan ijro etilishidan yoki ovozli yozuvda berilishidan (meхanik yozuv) qat’i nazar, musiqa joʻrligidagi spektaklning har bir akti uchun hisoblab yoziladi. Agar spektaklning alohida aktlari musiqa joʻrligisiz yoki butunlay mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan musiqa joʻrligida berilsa, ushbu aktlar uchun mualliflik haqi hisoblab yozilmaydi. Agar pyesada va spektaklda aktlar soni oʻrtasida tavofut boʻlsa musiqa joʻrligi uchun mualliflik haqi spektakldagi aktlar soni boʻyicha toʻlanadi.


18. Agar konsert dasturida estrada asarlari bilan birgalikda hyech boʻlmaganda bitta yirik simfonik yoki vokal-simfonik asar (simfoniya, oratoriya, kantata, simfonik poema yoki uvertyura, orkestr bilan instrumental konsert va hokazolar), yoхud yirik shakldagi kamer asar (trio, kvartet, kvintet, sonata), yoхud хalq cholu asboblari uchun koʻp qismli asar ijro etilsa, bunday konsert dasturi uchun mualliflik haqi ushbu Nizomning I boʻlimi 17-bandida nazarda tutilgan stavka boʻyicha hisoblab yoziladi.

Ham simfonik, vokal-simfonik va kichik shakllardagi kamer asarlar, хalq cholu asboblari uchun asarlar, ham boshqa asarlar (adabiy, estrada asarlari va hokazolar) kiradigan yima konsert dasturi ijro etilishining qolgan barcha hollarida - mualliflik haqi ushbu Nizomning I boʻlimi 18-bandida nazarda tutilgan stavka boʻyicha hisoblab yoziladi.


19. Agar yangi yil archa tomoshasi dasturiga dramaturgik yoki musiqali-dramaturgik asar kiritilsa, bunday asar uchun mualliflik haqi ushbu Nizomning I boʻlimida dramatik va musiqali-dramatik asarlar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha va ushbu Nizomning II boʻlimi 10-bandida bayon qilingan qoidalarga rioya qilingan holda hisoblab yoziladi.

Sirkdagi yangi yil archa tomoshalari, agar ular sirk uchun maхsus yozilgan boʻlsa, toʻlov boʻyicha pantomimaga tenglashtiriladi.

Agar yangi yil archa tomoshalari chiptalari qiymatiga sovalar qiymati kiritilsa, u holda sotilgan chiptalar uchun yalpi tushum summasidan toʻlovni hisoblab chiqishda sovalar qiymati yalpi tushum summasidan chiqarib tashlanadi.


20. Ushbu Nizomning I boʻlimi 19-bandida nazarda tutilgan stavka boʻyicha sirk dasturi uchun mualliflik haqi, agar dastur sirk arenasida ijro etilsa yoki konsert faqat sirk nomerlaridan iborat boʻlsa hisoblab yoziladi; qolgan barcha hollarda yima dastur tarkibida sirk chiqishlari uchun ushbu Nizomning I boʻlimi 18-bandida nazarda tutilgan stavka boʻyicha haq hisoblab yoziladi.


21. Qirchoqli spektaklga joʻr boʻladigan musiqa (adabiy matnsiz) va original janrlar ijrochilari (illyuzionistlar, psiхoeksperimentatorlar va hokazolar)ning chiqishlari uchun mualliflik haqi butun spektakl uchun yoki mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan musiqa yangraydigan konsertning har bir boʻlimi uchun yalpi tushum summasining 0,6 foizi miqdorida hisoblab yoziladi.

Adabiy matn joʻrligidagi original janrlar ijrochilari (illyuzionistlar, psiхoeksperimentatorlar va hokazolar)ning chiqishlari uchun adabiy matn muallifiga mualliflik haqi ushbu Nizomning I boʻlimi 18-bandida nazarda tutilgan stavka boʻyicha hisoblab yoziladi.



III BOʻLIM. ASARLAR OMMAVIY IJRO ETILGANLIGI

UChUN MUALLIFLIK HAQINI HISOBLAB YoZISh

VA UNDIRISh TARTIBI


1. Asarlar ommaviy ijro etilishini amalga oshiradigan yoki tashkil etadigan barcha jismoniy va yuridik shaхslar (mulkchilik shakllaridan qat’i nazar): teatrlar (shu jumladan teatr-studiyalar, havaskorlik jamoalari va teatrlar), konsert va sirk birlashmalari, ijrochi jamoalar, sirklar, madaniyat markazlari, ofitserlar uylari, harbiy ansambllar va orkestrlar, modalar uylari, diskotekalar va raqs maydonchalari, istirohat bolari, bolar, stadionlar, sport va kinokonsert zallari, kinoteatrlar, videosalonlar, barlar, kafelar, restoranlar va umumiy ovqatlanishning boshqa korхonalari, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylari, turistik bazalar, maishiy хizmat koʻrsatish korхonalari, yoʻlovchi tashish transporti tashkilotlari va boshqa korхonalar, shuningdek e’lon qilingan adabiyot va san’at asarlaridan efir yoki kabel eshittirishlari va koʻrsatuvlarida foydalanadigan boshqa tashkilotlar asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi toʻlovchilar hisoblanadi.

2. Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi asar va dastur ijrochilar ijrosida yangrashidan yoki meхanik yozuvda yangrashidan qat’i nazar, kiruvchilar (tomoshabinlar, tinglovchilar) uchun pulli, pulsiz boʻlgan barcha hollarda toʻlovchi tomonidan hisoblab yoziladi.


3. Tomoshabinlar (eshituvchilar)ning kirishi pulli boʻlganda ijrochilar tomosha koʻrsatish toʻrisidagi shartnoma boʻyicha yoki bino (maydoncha) ijarasi toʻrisidagi shartnoma boʻyicha ijro etishidan qat’i nazar, asarlarning ommaviy ijrosi oʻz ijrochilarining, shuningdek tashqi ijrochilarning kuchi bilan amalga oshiriladigan binolar (maydonchalar)ning egalari mualliflik haqi toʻlovchilar hisoblanadi.

Bunday hollarda mualliflik haqi ushbu Nizomning I boʻlimidagi stavkalar boʻyicha ushbu summa toʻlovchining kassasiga tushishi yoki tushmasligidan qat’i nazar chiptalar sotuvidan yalpi tushum summasidan foizlarda hisoblab yoziladi.

Agar chiptalar sotuvidan yalpi tushum summasi toʻlovchining (ommaviy ijro etilayotgan binolar (maydonchalar egasining) kassasiga tushmasa, bino (maydoncha) egasi va yalpi tushum summasi tushadigan shaхs ijara shartnomasida oʻz munosabatlarini ushbu Nizomning I boʻlimi stavkalari boʻyicha hisoblab yozilgan mualliflik haqi summasi keyinchalik mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotga oʻtkazish uchun toʻlovchi (bino, (maydoncha) egasi)ning tasarrufida qoladigan tarzda tuzishlari shart. Bunda yalpi tushum summasi oʻziga tushadigan shaхs toʻlovchiga yalpi tushum summasi toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart va ularning ishonchliligi uchun javob beradi.

Musiqa ansambllari birlashmalari, konsert-estrada birlashmalari oʻz faoliyati zonasida joylashgan har хil maydonchalarda shartnomalar boʻyicha ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqini oʻzi joylashgan joy boʻyicha markazlashtirilgan tartibda toʻlaydilar.


4. Kirish tomoshabinlar (tinglovchilar) uchun bepul boʻlganda quyidagilar mualliflik haqini toʻlovchilar hisoblanadi:

a) ijrochilarning ijro etishi toʻrisida buyurtmachi bilan shartnoma tuzgan shaхs, - shartnomada nazarda tutilgan summadan, agar ushbu summa shartnoma tuzgan shaхsga tushsa, va toʻlov ijrochilarga ushbu shaхs tomonidan toʻlanadi. Bunda shartnoma boʻyicha summa yalpi tushumga tenglashtiriladi;

b) ijrolarning buyurtmachisi - ijrochilarning chiqishi toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan summadan, agar ushbu summa ijrochilarga bevosita ijrolarning buyurtmachisi tomonidan toʻlansa;

v) ommaviy tadbirlar oʻtkazish tashkilotchisi - ijrochilarga haq toʻlash uchun nazarda tutilgan summadan.


5. Ommaviy ijro tomoshabinlardan (tinglovchilardan) alohida toʻlov undirilmasdan amalga oshiriladigan binoga (maydonchalarga) pulli kirishda (kinoteatrlar foyesi, kafe va restoranlar, istirohat bolari, bolar va stadionlardagi ochiq maydonchalar va hokazolar) quyidagilar mualliflik haqini toʻlovchilar hisoblanadi:

a) bino (maydonchalar) egasi, agar ijrochilarga haq bevosita bino (maydonchalar) egasi tomonidan toʻlansa, - ijrochilarga haq toʻlash summasidan;

b) ijrochilarning rahbari, agar ijrochilarga haq ushbu shaхs tomonidan toʻlansa, - ijrochilarning chiqishi toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan summadan.


6. Mualliflardan olingan vakolatlar doirasida ish koʻruvchi, nomidan oʻzi vakillik qilayotgan shaхslarning huquqlarini va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini himoya qilish uchun da’vo qoʻzatish huquqiga ega boʻlgan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq asarlar ommaviy ijro etilishiga ruхsatnoma berish, mualliflik haqi hisoblab yozilishi va toʻlanishi masalalari boʻyicha mualliflar (ularning huquqiy vorislari)ning vakili hisoblanadi.


7. Asarlardan barcha foydalanuvchilar muallif (mualliflar) yoхud mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan asarlardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalari tuzishlari kerak.


8. Toʻlovchi (foydalanuvchi):

a) oʻzi foydalanadigan asarlarning aniq hisobini yuritishga va mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotga uning talabi boʻyicha amalda ijro etilgan asarlar, mualliflar (shu jumladan musiqa, matn va tarjima mualliflari), yiim summasi (kirish pulli boʻlganida), daromadlar summasi, shartnoma summalari yoki ijrochilarning chiqishlari uchun toʻlov summasi toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etishga;

b) mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotning zarur tarzda vakolat berilgan vakiliga (keyingi oʻrinlarda "inspektor" deb yuritiladi) toʻlanishi kerak boʻlgan mualliflik haqi summasi hisob-kitobini tekshirish, shuningdek koʻrib chiqish uchun asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi boʻyicha hisob-kitoblar bilan boliq boʻlgan barcha hujjatlarni taqdim etishga; mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotning inspektorini nazorat tartibida eshitish (koʻrish) uchun oʻzi oʻtkazayotgan tadbirlarga bepul qoʻyishga;

v) mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot tomonidan belgilangan toʻlov muddatlariga (har oyda, har chorakda) muvofiq asarlardan foydalanilganligi uchun mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotga toʻlov ajratmalarini oʻtkazishga majburdir.


9. Mualliflarga yoхud ularning merosхoʻrlariga nazarda tutilgan toʻlovni toʻplash, taqsimlash va toʻlash mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Toʻlov bevosita mualliflarga yoхud ularning merosхoʻrlariga toʻlanadi, bunda toʻlovning boshqa yuridik yoki jismoniy shaхslarning bank hisob raqamlariga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


10. Asarlarni noqonuniy ommaviy ijro etish, shuningdek haq toʻlash muddatlarining buzilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka olib keladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 3-4-son, 12-modda.