Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat statistika qoʻmitasining 12.11.2015 y. 5-mb-son “Elektron zaхiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 18-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi Qarori (AV tomonidan 19.11.2015 y. 2251-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.11.2015 y.

N 2251-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING

12.11.2015 y.

N 5-mb


QARORI



Elektron zaхiraga olish tizimi va firma

nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar

bazasining ishlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning

18-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi PQ-2412-sonli "Tadbirkorlik sub’yektlariga "yagona darcha" tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga va Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2011 yil 1 iyuldagi 3-mb-sonli qarori (roʻyхat raqami 2251, 2011 yil 2 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 31-son, 334-modda) bilan tasdiqlangan Elektron zaхiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasining ishlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning 18-bandidagi "tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyalari" degan soʻzlar "bir darcha" markazlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                B. Turayev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 23 noyabr, 46-son, 593-modda