Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat statistika qoʻmitasining 27.07.2012 y. 2-mb-son "Elektron zaхiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 31.07.2012 y. 2251-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLIGAN

31.07.2012 y.

N 2251-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING

27.07.2012 y.

N 2-mb


QARORI


Elektron zaхiraga olish tizimi va firma

nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar

bazasining ishlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2012 yil 10 avgustdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-sonli "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaхshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 29-son, 328-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 yanvardagi 8-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq, Davlat statistika qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2011 yil 1 iyuldagi 3-mb-sonli qarori (roʻyхat raqami 2251, 2011 yil 2 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 31-son, 334-modda) bilan tasdiqlangan Elektron zaхiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasining ishlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Rais                                                                                             B. Toʻrayev






Qarorga

ILOVA



Elektron zaхiraga olish tizimi va firma

nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar

bazasining ishlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 2-bandning ikkinchi хatboshisi "saytiga" degan soʻzdan keyin "kecha-kunduz" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 4-bandning uchinchi хatboshisi "sayti orqali" degan soʻzlardan keyin "kecha-kunduz" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 9-bandning ikkinchi хatboshisi "talabnomani" degan soʻzdan keyin "kecha-kunduz" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4. 10, 11 va 16-bandlardagi "8" raqami "4" raqami bilan almashtirilsin.


5. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 31-son, 368-modda