Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2015 y. 283-son “Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.10.2015 y.

N 283


SANOAT AHAMIYaTIGA EGA BOʻLGAN FOYDALI

QAZILMALAR YaNGI KONLARINI OChGANLIK YoKI

ILGARI MA’LUM BOʻLGAN KONLARNI (KONLARNING

UChASTKALARINI) TUBDAN QAYTA BAHOLAGANLIK

UChUN PUL MUKOFOTLARI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA


Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻlash manbalarini aniqlash, shuningdek respublikaning mineral-хom ashyo bazasini kengaytirish boʻyicha qidiruvchi geologlarning mehnatini rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 22 noyabrdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                   Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 6 oktyabrdagi

283-son qaroriga

ILOVA



Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar

yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum boʻlgan

konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta

baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"22. Foydali qazilmalarning yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum boʻlgan konlarni (kon uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida geologiya-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablalar doirasida Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga aniqlangan uglevodorod хom ashyosining yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum boʻlgan konlarni (kon uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari "Oʻzbekneftgaz" MXKning oʻz mablalari hisobiga toʻlanadi".


2. Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻrisidagi nizomga 1-ilovada:

"Rangli, nodir va asl metallar konlari" boʻlimining nomi chiqarib tashlansin;

46, 48, 55 va 59-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 12 oktyabr, 40-son, 519-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 10-son, 88-modda