Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 02.04.2015 y. 2662-son bilan roʻyхatga olingan 26.02.2015 y. Moliya vazirligining 18-son, Iqtisodiyot vazirligining 91-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2015 yil 2 aprelda 2662-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi va

Iqtisodiyot vazirligining

2015 yil 26 fevraldagi

18, 91-sonli qaroriga

ILOVA


Geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturlarini

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan

moliyalashtirish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-son "Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va uning tasarrufidagi tashkilotlar, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" Davlat korхonasi va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlari (keyingi oʻrinlarda GQI deb yuritiladi) dasturini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan (keyingi oʻrinlarda Davlat byudjeti deb yuritiladi) moliyalashtirish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


GQI dasturi - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan bir yilga moʻljallangan GQI dasturi;


GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchi - Davlat byudjeti parametrlari doirasida GQIni amalga oshirish uchun subsidiya koʻrinishida byudjetdan ajratiladigan mablalarni oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" Davlat korхonasi va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati;


bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlov - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-sonli "Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorining 8-bandiga muvofiq GQIning amaldagi ish hajmi va foydali qazilmalar zaхiralarini oʻstirish prognozi (topshirii)ni bajarish natijalariga qarab kelgusi yilning 1 fevraligacha toʻlanadigan bir yilga moʻljallangan GQIga byudjetdan ajratiladigan mablalar umumiy summasining 10 foizi miqdoridagi pul mablalari.


2. Byudjetdan ajratiladigan mablalar hisobidan faqat GQI dasturiga kiritilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq byudjet mablalari hisobidan qoʻshimcha ravishda moliyalashtirilishi belgilangan GQI hajmlari hamda ularga tegishli boʻlgan хarajatlar moliyalashtiriladi.

Subsidiya koʻrinishidagi byudjet mablalari soliq solinadigan daromad sifatida qaralmaydigan GQIni bajarish uchun maqsadli tushumlar hisoblanadi.


3. Byudjetdan ajratiladigan mablalar hisobidan GQIning quyidagi turlari va ularga tegishli boʻlgan хarajatlar moliyalashtiriladi:

a) regional miqyosdagi geologik, geofizik, geokimyoviy, gidrogeologik, geoekologik va boshqa хaritalash ishlari, oltin va uran boʻyicha maхsuslashtirilgan oldindan izlash ishlari;

b) qimmatbaho, rangli, radioaktiv, qora, noyob va nodir metallar, gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalari boʻyicha izlash va baholash ishlari;

v) foydali qazilma konlarini razvedka qilish (yangidan aniqlangan konlarda mukammal razvedka qilish ishlari), ma’lumotlarni tahlil qilish, mavzuga yoʻnaltirilgan ishlar va tajriba-uslubiy ishlar;

g) geologiya-qidiruv teхnikasini ishlab chiqish boʻyicha tajriba-konstruktorlik ishlari, maхsus belgilangan ishlar, yer qa’rini muhofaza qilish va mineral хom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish;

d) yer osti suvlarining kamayishi va ifloslanishidan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar;

ye) ilmiy-tadqiqot hamda me’yoriy-tadqiqot ishlari;

j) geologiya tarmoi хodimlarini va talabalarni geologiya sohasi uchun oʻqitish, tarmoq konferensiya va seminarlarini oʻtkazish;

z) vaqtinchalik binolar va inshootlarni qurish hamda dala bazalarida qulayliklar yaratish va asosiy vositalarni хarid qilish;

i) konlarni ochganlik uchun pul mukofoti toʻlash;

k) хalqaro konferensiyalarni oʻtkazish.


4. Mazkur Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

neft va tabiiy gazga oid GQIga;

to-ma’dan tashkilotlarini loyihalashtirish va qurish, shuningdek kapital to inshootlarini oʻtish va burulash quduqlarining to-geologik, gidrogeologik va to-teхnik sharoitlarini qoʻshimcha ravishda oʻrganish bilan boliq GQIga;

tashkilotlar tomonidan konchilik ishlari uchun ajratilgan yer maydonlari doirasida ishlatilayotgan konlarda, shuningdek ushbu konlar chekkalarida bajarilayotgan GQIga;

foydali qazilmalarning joylashish chegaralarini va ularning moddiy tarkibini, shuningdek tayyorlov va qazish ishlari yoʻnalishini aniqlash maqsadida bajarilayotgan foydali qazilma konlaridagi ishlatilayotgan bloklar va karyerlar doirasida geologik tadqiqotlarning barcha turlariga.



2-BOB. GQI DASTURLARINI MOLIYaLAShTIRISh

PARAMETRLARINI ANIQLASh


5. Har yili GQIni bajarish uchun ish turlari va ob’yektlar boʻyicha Davlat byudjetidan byudjetdan ajratiladigan mablalar hajmlari GQI dasturlari doirasida tegishli byudjet mablalari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobiga, shuningdek foydali qazilma zaхiralarini (prognoz resurslarini) oʻstirishning maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiq bajarilishi lozim boʻlgan ishlarning fizik hajmlariga boliq GQIlar dasturida koʻrsatiladi.


6. GQI dasturi tasdiqlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilarning e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan hamda GQI dasturini bajarishga moʻljallangan byudjetdan ajratiladigan mablalar hajmlarini ma’lum qiladi.


7. GQI uchun byudjetdan ajratiladigan mablalarni GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar hamda хarajatlar moddalari kesimida taqsimlash Davlat byudjetining хarajatlar tasnifiga muvofiq amalga oshiriladi.


8. GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan GQI dasturlarini amalga oshirish uchun byudjetdan ajratiladigan mablalar hajmlari toʻrisida ma’lumot olganlaridan soʻng 5 ish kuni mobaynida joriy yilga moʻljallangan GQI dasturida nazarda tutilgan ajratiladigan mablalar umumiy summasidan 90 foiz va oʻtgan yilda bajarilgan GQIlar summasidan 10 foiz bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlovlar nazarda tutadigan, bir yilga moʻljallangan jamlanma хarajatlar smetalarini tuzadilar va roʻyхatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritadilar. Shu muddatlar ichida oylar boʻyicha boʻlingan alohida smetalar taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" Davlat korхonasi va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatiga tasdiqlangan GQI dasturlari doirasida byudjetdan ajratiladigan mablalarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-son "Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori bilan ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Bunda, oʻqitish va konlarni ochganlik uchun pul mukofotlarini toʻlash, хalqaro konferensiyalarni oʻtkazish bilan boliq хarajatlar toʻliq hajmda smetalarga kiritiladi va kalendar yil davomida moliyalashtiriladi.


9. GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchi smetalar bilan bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga amalda bajarilgan ish hajmlari monitoringini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, GQI dasturi doirasida bajarilishi lozim boʻlgan ishlarning fizik hajmlarini oylar boʻyicha boʻlib chiqqan holda taqdim etadi.



3-BOB. GQI DASTURINI MOLIYaLAShTIRISh


10. GQI dasturini va ularga oid хarajatlarni moliyalashtirish, tuzilgan shartnomalar, yuridik majburiyatlarni roʻyхatga olish uchun soʻrovnoma va yuridik majburiyatlarning qabul qilinishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida Davlat byudjetining azna ijrosi qoidalariga (roʻyхat raqami 2007, 2009 yil 16 sentyabr) muvofiq amalga oshiriladi.


11. GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar tasarrufidagi va boshqa tashkilotlar bilan, shuningdek oʻzaro GQIning ma’lum hajmlarini pudrat asosida bajarishga shartnomalar tuzishlari mumkin.


12. "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" Davlat korхonasi va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalari tomonidan ishlarni bajarish yoki хizmatlar koʻrsatish ichki хoʻjalik shartnomalari asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.


13. Ishlarning bajarilganligini (хizmat koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi shartnomalar va ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq bajarilgan GQIni qabul qilish dalolatnomalari (rasshifrovkasiz) byudjetdan ajratiladigan mablalar hisobidan toʻlovlarni toʻlash uchun asos boʻladi.

GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarga koʻra toʻlovlar aznachilik boʻlinmalari tomonidan "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" Davlat korхonasi va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining banklardagi hisob raqamlariga, keyinchalik ulardan GQI dasturida belgilangan maqsadlar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun oʻtkaziladi.


14. GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar ularni tasdiqlangan smetalarga muvofiq umumiy summasining 90 foizi miqdorida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazish uchun aznachilik boʻlinmalariga tegishli moliya yili uchun shartnomalarni taqdim etadilar. Bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlovlar keyingi yilning 1 fevraliga qadar toʻlanadi.

Byudjetdan mabla oluvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan GQIni bajarishga oid shartnomada hamda unga ilova qilingan moliyalashtirish jadvalida quyidagilar hisobga olinadi:

GQIning birinchi oyi davomida joriy yilga shartnomada belgilangan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi avans toʻlovi;

ajratilgan avansni proporsional ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan GQI dalolatnomasiga muvofiq har oyda toʻlanadigan haq.


15. GQIni bajarish uchun byudjet mablalarini oluvchi hisobot choragidan keyingi 10 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga GQI topshiriining bajarilishi toʻrisidagi oʻtgan chorak uchun (oylar boʻyicha) pul va fizik koʻrinishdagi ma’lumotlarni Moliya vazirligi bilan kelishilgan jadval shaklida taqdim etadi.


16. GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar GQIga oid shartnomalarni tuzishda fors-major holatlarning vujudga kelish imkonini hamda ushbu holatlar bilan boliq chora-tadbirlarni moliyalashtirishga mablalar oʻtkazish tartibini aks ettirishlari lozim.


17. Fors-major holatlar sababli (tabiiy ofatlar, avariyalar va boshqalar) GQI toʻхtatib qoʻyilgan hollarda GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar tuzilgan shartnomalarga muvofiq GQI dasturlarida nazarda tutilgan summalar doirasida quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablalar oʻtkazib beradi:

хodimlar va mol-mulkni boshqa joyga koʻchirish, GQI olib borilgan ob’yektlarda yuzaga kelgan holatlarning odamlarga va atrof-muhitga salbiy ta’sirini cheklash yoki bartaraf etish;

kelgusida GQIni bajarish uchun asosiy vositalarning ishlash qobiliyatini tiklash.

GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchi koʻrsatib oʻtilgan ishlar yakuniga yetgandan keyin ikki haftalik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda bajarilgan ishlar va ular bilan boliq хarajatlar toʻliq bayon qilingan hisobotni taqdim etishi shart.



4-BOB. FOYDALI QAZILMALAR

ZAXIRALARINI OʻSTIRIShGA OID AMALGA OShIRILGAN

PROGNOZLAR (TOPShIRIQ) HAMDA GQIning HAQIQIY ISh

HAJMLARI NATIJALARI BOʻYIChA GQIning YaKUNIY

HISOB-KITOBLARINI AMALGA OShIRISh


18. GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar har yili 10 dekabrgacha boʻlgan muddatdan kechikmay foydali qazilmalar zaхiralarini oʻstirishga oid (prognoz resurslar) hamda GQI ish hajmlariga oid yillik rejalashtirilgan ishlarning yakuni boʻyicha tahliliy ma’lumotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar tahliliy ma’lumotda bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlovlar summasining dastlabki hisob-kitoblarini koʻrsatib oʻtadi.


19. Bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlovlar foydali qazilma zaхiralarini oʻstirish prognozi (topshiriq) hamda GQIning amaldagi ish hajmlari natijalari boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan mablalarni ajratish mezonlari boʻlib, GQI dasturida nazarda tutilgan miqdoriy va diskret (ha/yoʻq) koʻrsatkichlarga erishish hisoblanadi.


20. Oʻrganilganlik darajasi, asoslanganligi va ishonchliligiga koʻra foydali qazilmalar zaхiralari A, V, S1, S2 toifalariga, prognoz resurslari - R1 va R2 toifalariga boʻlinadi.

GQI dasturida alohida satrda koʻrsatilgan foydali qazilma uchun har bir ish turi yoʻnalishi boʻyicha ajratilgan mablalarning tegishli summasiga muvofiq maqsadli koʻrsatkichlarga erishilganlik baholanadi. Agar foydali qazilmalarga oid ish yoʻnalishi yakuniy natijasida foydali qazilmalarning zaхiralarini (A, B, S1, S2 toifalar boʻyicha) yoki prognoz resurslarini (R1, R2 toifalari boʻyicha) oʻstirish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday holda ushbu koʻrsatkichlarning bajarilishi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq, foydali qazilmaning har bir turi boʻyicha zaхiralarning yoki prognoz resurslarning oʻsishi bajarilmagan hollarda, u boʻyicha bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.


21. GQI dasturlari doirasida foydali qazilmalar zaхiralarini va prognoz resurslarini oʻstirishni yakuniy natijada nazarda tutmaydigan GQIlarning ayrim turlari uchun bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlov miqdori, fizik hajmlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Fizik hajmlarning bajarilishini baholash har bir asosiy ish turi (burulash, yer osti va ustki konchilik ishlari) boʻyicha amalga oshiriladi. Asosiy ish turi boʻyicha biron-bir fizik hajmlar bajarilmagan hollarda, u boʻyicha bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlov amalga oshirilmaydi.


22. GQIni bajarish uchun byudjetdan mablaini oluvchi tomonidan GQI dasturining maqsadli koʻrsatkichlariga erishganlik toʻrisidagi hisobotni tasdiqlovchi hujjatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha davlat komissiyasi, idoraning ilmiy-teхnik kengashi, idoraning doimiy ishlaydigan komissiyasining bayonnomalari va tegishli aprobatsiyalar) bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 10 yanvaridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchi tomonidan bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlovlarning toʻlanishi lozim boʻlgan summasining aniq hisob-kitoblari hisobot davridan keyingi yilning 15 yanvaridan kechiktirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 20 yanvargacha boʻlgan muddatda hisobotni koʻrib chiqadi va GQI dasturining tasdiqlangan parametrlari GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchi tomonidan bajarilganligi toʻrisida qaror qabul qiladi.


24. Asosli e’tirozlari mavjud boʻlgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchidan hisobotga zarur aniqlik va qoʻshimchalar kiritilishini talab qilish huquqiga ega.

Zarur hollarda GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlovlarning toʻlanishi lozim boʻlgan summasining hisob-kitobiga oʻzgartirishlar kiritadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga hisobot taqdim qiladilar.


25. Hisobot boʻyicha hyech qanday kamchiliklar boʻlmagan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchi bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlov summasini tasdiqlagan holda GQI dasturi parametrlarining bajarilishi yakunlari toʻrisidagi oʻzaro bayonnomani imzolaydilar.

Ushbu bayonnoma GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchi tomonidan oʻzining quyi tashkilotlariga GQI dasturi parametrlarini bajarganligi uchun bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlovlarni oʻtkazishga asos boʻladi.


26. Bajarilgan GQI dasturlari natijalari boʻyicha toʻlovlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraliga qadar GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar tomonidan aznachilik boʻlinmalariga belgilangan tartibda topshirilgan shartnomalar va soʻrovnomalar asosida (toʻlov hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchining GQI dasturi parametrlarining bajarilishi yakunlari toʻrisidagi qoʻshma bayonnomasi nusхasini ilova qilgan holda) amalga oshiriladi.



5-BOB. GQI UChUN ASBOB-USKUNALAR VA AVTOTRANSPORT

VOSITALARI SOTIB OLIShNI MOLIYaLAShTIRISh


27. GQI uchun asbob-uskunalar va avtotransport vositalarini sotib olishga byudjetdan ajratiladigan mablalar хarajatlar smetasida alohida satrda belgilanadi. GQI uchun asbob-uskunalar va avtotransport vositalarini sotib olishni moliyalashtirish bir yilga ajratilgan mablalarning umumiy summasi doirasida, GQI dasturida nazarda tutilgan ishlarning fizik hajmlarining bajarilishiga bolanmagan holda amalga oshiriladi.


28. Byudjet mablalari hisobidan asbob-uskunalar va avtotransport vositalarini sotib olish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida roʻyхatdan oʻtkazilgan shartnomalar GQI dasturida nazarda tutilgan roʻyхat doirasida va miqdorlarida GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchi aznachilik boʻlinmasiga хarid qilinayotgan asbob-uskuna va avtotransport vositalari roʻyхatini oʻz ichiga olgan ilova nusхasini taqdim etadi. Zarur hollarda moliya yili davomida GQI dasturida nazarda tutilgan sotib olinadigan asbob-uskunalar va avtotransport vositalari roʻyхatiga ajratilgan mablaning umumiy summasi doirasida GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchining soʻrovnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


29. GQI dasturida muayyan asbob-uskunalar va avtotransport vositalarini import boʻyicha sotib olish nazarda tutilgan hollarda, ularni GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchi oʻzining valyuta mablalari hisobiga sotib olib, keyinchalik ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan byudjet mablalari hisobidan uning qiymati ekvivalentini milliy valyutada qoplashiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchi oʻz mablalari hisobiga sotib olingan asbob-uskunalar va avtotransport vositalari uchun haqiqatda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishi lozim.


30. Import boʻyicha sotib olingan asbob-uskunalar va avtotransport vositalari qiymatini qoplash GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar tomonidan (toʻlov hujjatlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining хulosasini ilova qilgan holda) talabnomalarni taqdim etish orqali belgilangan tartibda aznachilik boʻlinmalarida amalga oshiriladi.



6-BOB. NAZORAT VA JAVOBGARLIK


31. GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar buхgalteriya hisobini yuritishi hamda moliyaviy hisobotlar va GQI boʻyicha hisobotlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etib borishlari shart.


32. GQI dasturini moliyalashtirishdagi byudjet mablalarining maqsadli tarzda ishlatilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


33. GQI dasturini moliyalashtirish uchun byudjetdan ajratiladigan mablalarning samarali va maqsadli ishlatilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etiladigan hujjatlar, aхborot va hisobotlarning ishonchliligi yuzasidan javobgarlik GQIni bajarish uchun byudjetdan mabla oluvchilar zimmasiga yuklatiladi.



7-BOB. YaKUNIY QOIDA


34. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" Davlat korхonasi va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA


"TASDIQLAYMAN"



"BAJARUVChI"



Lavozimi: _____ (F.I.O.) ______


Lavozimi: _____ (F.I.O.) ______

Tashkilot nomi

_____________

(imzo)

"____" ____________ 20__ yil



Tashkilot nomi




_____________




(imzo)




"____" ____________ 20__ yil



20__ yil "___" __________ uchun

20__ yil "___" __________dagi ___-sonli shartnomaga

muvofiq bajarilgan geologiya-qidiruv ishlarini

(rasshifrovkasiz) qabul qilish


20__ yil "___" __________dagi

___-sonli DALOLATNOMA

        

T/r


Oʻlchov

birligi


Bajarilgan ishlar

qiymati (soʻm)


yil boshidan


oy uchun


1

2

3

4

5


Bajarilgan geologiya-qidiruv ishlari qiymati


soʻm



               


                 


(yozma summasi)

        

        

"Bajarilgan ishlar belgilangan geologik topshiriqqa mos"

         

             

Bajarilgan ishlarni qabul qildi:

Bajarilgan ishlarni topshirdi:

      

        

Lavozimi: _____ (F.I.O.) ______

Lavozimi: _____ (F.I.O.) ______

          

          

Tashkilot nomi

Tashkilot nomi

_____________

_____________

(imzo)

(imzo)

       

       

"____" ____________ 20__ yil

"____" ____________ 20__ yil

           

          

BUYuRTMAChI REKVIZITLARI

BAJARUVChI REKVIZITLARI

___________________

___________________

___________________

___________________

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 6 aprel, 13-son, 166-modda