Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.08.2014 y. 228-son "Foydali qazilmalar zaхiralarini qayta hisoblash uchun ekspluatatsion konditsiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.08.2014 y.

N 228


FOYDALI QAZILMALAR

ZAXIRALARINI QAYTA HISOBLASh UChUN

EKSPLUATATsION KONDITsIYaLARNI

QOʻLLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga muvofiq va foydali qazilmalar konlarini oʻzlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Foydali qazilmalar zaхiralarini qayta hisoblash uchun ekspluatatsion konditsiyalarni qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 18 avgust, 33-son, 420-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 8-son, 85-modda