Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 03.09.2012 y. 5-son "Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narхlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 23.10.2012 y. 2395-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.10.2012 y.

N 2395




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT GEOLOGIYa VA MINERAL

RESURSLAR QOʻMITASINING

03.09.2012 y.

N 5


QARORI


Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy

narхlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomani tasdiqlash haqida


(2012 yil 2 noyabrdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-son "Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 35-36-son, 301-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyundagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 22-23-son, 235-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narхlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Rais v.b.                                                                                     I. Toʻramurotov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 43-son, 498-modda