Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2007 y. 245-son "Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
22.11.2007 y.
N 245
SANOAT AHAMIYaTIGA EGA BOʻLGAN
FOYDALI QAZILMALAR YaNGI KONLARINI
OChGANLIK YoKI ILGARI MA’LUM BOʻLGAN
KONLARNI (KONLARNING UChASTKALARINI)
TUBDAN QAYTA BAHOLAGANLIK UChUN PUL
MUKOFOTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASh HAQIDA
"Yer osti boyliklari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 46-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining "Foydali qazilma konlarini birinchi ochuvchilar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 1997 yil 2 iyundagi 279-son va "Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun davlat pul mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 1997 yil 2 iyundagi 280-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 46-47-son, 473-modda.