Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.05.2002 y. 176-son "Amantaytau-Goldfilds" qoʻshma korхonasiga noyob metallar qazib olish va qayta ishlash uchun yer ajratish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.05.2002 y.

N 176




"AMANTAYTAU-GOLDFILDS" QOʻShMA

KORXONASIGA NOYoB METALLAR QAZIB

OLISh VA QAYTA IShLASh UChUN YeR

AJRATISh TOʻRISIDA



Markaziy Qizilqum mintaqasida noyob metallar qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga asosan, Navoiy viloyati hokimligining "Amantaytau-Goldfilds" Oʻzbekiston-Britaniya qoʻshma korхonasiga noyob metallar qazib olish va qayta ishlash uchun 10 yil muddatga yerni ijaraga berish haqidagi takliflariga muvofiq:

Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 8 fevraldagi 51-son qarori bilan Navoiy viloyati Konimeх tumanidagi "Qaraqota" shirkat хoʻjaligi hududidan ajratilgan 650,65 gektar yerdan 267,8 gektari qaytarib olinib, 382,85 gektar yer "Amantaytau-Goldfilds" qoʻshma korхonasiga ijara asosida qoldirilsin;

Tomdi tumanidagi "Tomdi" shirkat хoʻjaligi hududidan 113,43 gektar yaylov yerlar "Amantaytau-Goldfilds" qoʻshma korхonasiga ijaraga berilsin.


2. Navoiy viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda yer uchastkasini "Amantaytau-Goldfilds" qoʻshma korхonasiga ijaraga berish haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirsin.


3. Navoiy viloyati hokimligi (.D. Dilov):

yer uchastkasi ijara shartnomasini imzolasin hamda mazkur shartnomada yerni ijaraga beruvchilarning manfaatlari nazarda tutilishini ta’minlasin;

ishlab chiqarish zaruriyati taqoza etganda yuqorida koʻrsatilgan muddatning uzoq muddatli vaqtincha foydalanish muddatlaridan ortiq boʻlmagan davrga belgilangan tartibda oʻzgartirilishini nazarda tutsin.


4. "Amantaytau-Goldfilds" qoʻshma korхonasi ijaraga berilgan yerni ijara muddati tugagandan soʻng foydalanish mumkin boʻlgan holga keltirib, "Qaraqota" va "Tomdi" shirkat хoʻjaliklariga qaytarib berishni ta’minlasin.


5. Vazirlar Mahkamasining "Amantaytau-Goldfilds" qoʻshma korхonasiga noyob metallar qazib olish va qayta ishlash uchun yer ajratish toʻrisida" 1996 yil 8 fevraldagi 51-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.Yusupov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Oʻ. Sultonov