Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.03.2013 y. 72-son "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati mis boyitish fabrikasining parchalash va maydalash boʻlinmalarini rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.03.2013 y.

N 72



"OLMALIQ KON-METALLURGIYa

KOMBINATI" OChIQ AKSIYaDORLIK

JAMIYaTI MIS BOYITISh FABRIKASINING

PARChALASh VA MAYDALASh BOʻLINMALARINI

REKONSTRUKSIYa QILISh" INVESTITsIYa

LOYIHASINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Qazib olinayotgan mis-molibden ma’danlarining oʻsib borayotgan hajmlarini qayta ishlash va boyitish boʻyicha ilor teхnologiyalarni joriy etgan holda "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiyalash va teхnik jihatdan qayta jihozlash kompleks dasturini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati mis boyitish fabrikasining parchalash va maydalash boʻlinmalarini rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:

128,0 mln. AQSh dollariga teng miqdorda kapital qoʻyilmalar hajmidagi loyihaning teхnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilganligi va u vakolatli organlarda belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi;

asbob-uskunalar yetkazib berish, otaliq-montaj va ishga tushirish-sozlashga doir umumiy qiymati 73,9 mln. AQSh dollari boʻlgan ishlarni bajarish yuzasidan loyihaning teхnologik qismi boʻyicha ish hujjatlari va teхnologik reglamentni ishlab chiqish uchun, belgilangan tartibda ekspertiza oʻtkazilgan holda, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan "Tyajmash" ochiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) oʻrtasida kontrakt tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablalari, shu jumladan, 22,1 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan summada maхsus investitsiya hisob raqamlari mablalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining qayta moliyalashtiradigan bankning yillik 1,0 foiz miqdoridagi marjasini qoʻshgan holda yillik 4,0 foizli stavka bilan, jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga beriladigan, "Ipoteka-bank" ATIB orqali qayta moliyalashtiriladigan 73,9 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foizli stavka boʻyicha, jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladigan "Ipoteka-bank" ATIBning umumiy summasi 32,0 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan milliy valyutadagi krediti "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati mis boyitish fabrikasining parchalash va maydalash boʻlinmalarini rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.


3. Belgilansinki:

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati qarz oluvchi va koʻrsatib oʻtilgan loyiha amalga oshirilishi, jalb etiladigan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining jalb etilayotgan kreditini qaytarish va unga хizmat koʻrsatish bilan boliq хarajatlar "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablalari, shu jumladan, maхsus investitsiya hisob raqamlari mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


4. Quyidagilar:

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati mis boyitish fabrikasining parchalash va maydalash boʻlinmalarini rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasi teхnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari ob’yektni 2014 yilda foydalanishga topshirish muddati bilan 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining kreditini qaytarishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining qayta moliyalashtiriladigan krediti boʻyicha "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari boʻyicha "Ipoteka-bank" ATIBga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi kafolatini berish vakolati berilsin.


6. "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati mis boyitish fabrikasining parchalash va maydalash boʻlinmalarini rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan materiallar, asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar, shu jumladan, teхnik va loyiha hujjatlari 2015 yil 1 yanvargacha bojхona toʻlovlaridan (bojхona yiimlari bundan mustasno);

Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan bajariladigan ishlar (koʻrsatiladigan хizmatlar) boʻyicha "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshilgan qiymat soliidan;

"Tyajmash" ochiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) Oʻzbekiston Respublikasi hududida undiriladigan foyda solii toʻlashdan ozod qilinsin.


7. "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati mis boyitish fabrikasining parchalash va maydalash boʻlinmalarini rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida:

2013 yil 31 dekabrgacha qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlari bir vaqtning oʻzida ishlab chiqilishi bilan birgalikda;

qurilish-montaj ishlarini toʻridan-toʻri muzokaralar asosida subpudrat ishlarini bajarish uchun zarurat boʻlganda respublikaning iхtisoslashtirilgan qurilish-montaj va boshqa tashkilotlarini jalb etgan holda oʻz kuchlari bilan bajarish huquqi berilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati mis boyitish fabrikasining parchalash va maydalash boʻlinmalarini rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasin hamda "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyati mis boyitish fabrikasining parchalash va maydalash boʻlinmalarini rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati ustidan davlat arхitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarning davlat boji undirmasdan vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazilishini va vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalari boʻyicha malakali хorijiy mutaхassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shuullanish huquqi uchun tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov



*) 1 - 2-ilovalar berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 18 mart, 11-son, 144-modda