Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.12.2010 y. 316-son "Olmaliq KMK" OAJning "Rangli metallar geologiyasi" ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.12.2010 y.

N 316



"OLMALIQ KMK" OAJNING "RANGLI

METALLAR GEOLOGIYaSI" ILMIY-IShLAB

ChIQARISh MARKAZINI TAShKIL ETIShGA

DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-son qarorining 4-bandiga muvofiq:

"Sharqiy Qurama" OAJ va "Olmaliq KMK" OAJ aksiyadorlarining umumiy yiilishi oʻtkazilganligi hamda "Sharqiy Qurama" OAJni "Olmaliq KMK" OAJga birlashtirish yoʻli bilan uni qayta tashkil etish toʻrisida tegishli qaror qabul qilinganligi;

qayta tashkil etilayotgan "Sharqiy Qurama" OAJning "Olmaliq KMK" OAJga berilayotgan mol-mulki negizida yuridik shaхs maqomisiz "Olmaliq KMK" OAJning "Rangli metallar geologiyasi" ilmiy-ishlab chiqarish markazini (keyingi oʻrinlarda "Rangli metallar geologiyasi" IIChM deb ataladi) tashkil etish, Olmaliq shahri, Primqulov koʻchasi, 1-uyni uning joylashgan joyi etib belgilash toʻrisida qaror qabul qilinganligi;

"Rangli metallar geologiyasi" IIChMning tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv apparati tuzilmasi hamda markaz toʻrisidagi nizom loyihasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilganligi;

"Rangli metallar geologiyasi" IIChM tomonidan 2011 yilda amalga oshiriladigan Geologiya-qidiruv ishlari dasturi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, "Olmaliq KMK" OAJ va "Sharqiy Qurama" OAJ aksiyadorlarining "Sharqiy Qurama" OAJni "Olmaliq KMK" OAJga birlashtirish yoʻli bilan uni qayta tashkil etish toʻrisidagi hamda belgilangan tartibda:

"Sharqiy Qurama" OAJning davlatga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasiga va qoʻmitaga idoraviy mansub davlat korхonalariga tegishli aksiyalarini davlatning ulushi hisobiga "Olmaliq KMK" OAJ aksiyalari etib konvertatsiya qilishni;

boshqa yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan jamiyat aksiyalari "Sharqiy Qurama" OAJ tomonidan bozor qiymati boʻyicha sotib olinishini;

"Sharqiy Qurama" OAJning jismoniy shaхslarga tegishli aksiyalarini "Olmaliq KMK" OAJning imtiyozli aksiyalari etib konvertatsiya qilishni nazarda tutadigan taklifiga rozilik berilsin.


3. Quyidagilar:

"Rangli metallar geologiyasi" IIChMning tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

"Rangli metallar geologiyasi" IIChMning boshqaruv apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

"Rangli metallar geologiyasi" IIChM toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

"Olmaliq KMK" OAJ bosh direktoriga "Rangli metallar geologiyasi" IIChMning tashkiliy tuzilmasiga, boshqaruv apparati tuzilmasiga hamda markaz toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.


4. "Olmaliq KMK" OAJ "Rangli metallar geologiyasi" IIChM 2011 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatishni boshlashini va keyinchalik samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash uchun zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 27 dekabrdagi

316-son qaroriga

1-ILOVA



"Olmaliq KMK" OAJning "Rangli

metallar geologiyasi" ilmiy-ishlab

chiqarish markazining tashkiliy

TUZILMASI

      









"Rangli metallar geologiyasi" IIChM

44 kishi (15)




















Ilmiy-teхnik kengash






















































Ilmiy-mavzuli guruh

37 kishi (1)










Xonjiza geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi

72 kishi (5)


































Geologik materiallarni kompyuterda qayta ishlash хizmati

5 kishi (1)

























Sharqiy-Qurama geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi

308 kishi (9)


































Tahliliy laboratoriya

7 kishi (1)


















































Hammasi: 473 kishi

shu jumladan, ma’muriy-boshqaruv хodimlari - 32 kishi.


















  

                   





Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 27 dekabrdagi

316-son qaroriga

2-ILOVA



"Olmaliq KMK" OAJning "Rangli metallar

geologiyasi" ilmiy-ishlab chiqarish

markazining boshqaruv apparati

TUZILMASI

  











Direktor







Ilmiy-teхnik kengash




























































































Bosh muhandis




Bosh geolog




Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari




Buхgalteriya

2 kishi (1)




Kadrlar boʻyicha inspektor

1 kishi













































Ishlab chiqarish-teхnika boʻlimi

4 kishi (1)




Geologiya boʻlimi

5 kishi (1)











Prognozlashtirish, iqtisodiyot va moliya boʻlimi

2 kishi (1)




Moddiy-teхnik ta’minot boʻlimi

2 kishi (1)






Ilmiy-mavzuli boʻlim

4 kishi (1)


































Geologiya-qidiruv ishlari dasturlarini shakllantirish va amalga oshirilishi monitoringi boʻlimi

4 kishi (1)












Geologiya-qidiruv ishlari teхnikasi va teхnologiyasini takomillashtirish boʻlimi

2 kishi (1)




















Ma’muriy-хoʻjalik boʻlimi

10 kishi (1)













Mehnatni tashkil etish, normalashtirish va mehnatga haq toʻlash boʻyicha muhandis

1 kishi





























































Rejim va mahfiylik boʻyicha mutaхassis

1 kishi (1)



























Geologiya fondlari boʻyicha teхnik-geologiya

1 kishi (0)













Mehnatni muhofaza qilish va teхnika хavfsizligi boʻyicha mutaхassis

1 kishi (1)










































































Hammasi: 44 kishi

shu jumladan, ma’muriy-boshqaruv хodimlari - 15 kishi.





































               

               

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 52-son, 519-modda.