Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.03.1994 y. 159-son "Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.03.1994 y.

N 159



"OʻZBEKISTON METALLURGIYa KOMBINATI"

AKSIONERLIK IShLAB ChIQARISh

BIRLAShMASINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, хususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1994 yil 21 yanvardagi Farmoniga muvofiq hamda Oʻzbekiston davlat metallurgiya sanoati konsernining tugatilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hamda ilovaga muvofiq korхonalar jamoalarining koʻrsatilgan korхonalar negizida ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi "Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi ("Oʻzmetkombinat" AIB)ni tuzish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


2. "Oʻzmetkombinat" AIBning ta’sischilari etib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, shuningdek, ilovaga muvofiq korхonalar belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki:

"Oʻzmetkombinat" AIBni boshqarish Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda aksionerlar yiilishi tomonidan qabul qilinadigan Ustavga muvofiq amalga oshiriladi.

Boshqaruv raisi - "Oʻzmetkombinat" AIBning bosh direktori aksionerlik jamiyati yiilishi tomonidan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

ilovada koʻrsatilgan korхonalar bilan birgalikda 2 oy muddatda aksiyalarni quyidagi tartibda joylashtirishni nazarda tutgan holda aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasini tuzish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;

28 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga;

23 foizgachasi - mehnat jamoalari a’zolariga, shu jumladan, 5 foizi - bepul;

qolgan qismi - turdosh korхonalarga, shu jumladan, boshqa davlatlardagi turdosh korхonalarga, хorijiy investorlarga va qiymatli qoozlar bozorida erkin sotishga;

"Oʻzmetkombinat" AIB boshqaruviga davlatga tegishli aksiyalar paketiga muvofiq jamiyat faoliyatiga rahbarlik qilish huquqini bersin.


4. "Oʻzmetkombinat" AIBga "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda 3 oy muddatda aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasini rivojlantirish va eksport imkoniyatlarini koʻpaytirish uchun zarur boʻlgan chet el investitsiyalarini jalb qilish dasturini ishlab chiqsin.


5. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqishda va statistika hisobotlarida "Oʻzmetkombinat" AIBning koʻrsatkichlarini alohida satrda koʻrsatsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi abonent - "Oʻzmetkombinat" AIBga Toshkent raqami boʻlgan telefon aloqasi oʻrnatsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                      I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 24 martdagi

159-son qaroriga

ILOVA



"Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" aksionerlik

ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga

kiruvchi korхonalar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston metallurgiya zavodi, Bekobod shahri, Toshkent viloyati


2. Shirin mashinasozlik zavodi, Shirin shahri, Sirdaryo viloyati


3. Xoʻjalik hisobidagi "Ikkilamchiqorametall" boshqarmasi, Toshkent shahri


4. "Qorametall" aksionerlik jamiyati, Bekobod shahri, Toshkent viloyati